IBN al-MUʼTAZZ
IBN al-MUʼTAZZ, Abulabbos Abdulloh ibn Muhammad (861.1.11 – Bagʻdod – 908.19.2) – arab shoiri, tilshunos. Abbosiy xalifalardan al-Muʼtazz ibn Mutavakkilning oʻgli. Ibn al-muʼtazz al.-M. oʻzining lirikasi bilan arab sheʼriyatini rivojlantiradi, adabiyotga oid risolalar yozadi. U al-Muʼtazid xalifaligiga bagʻishlab masnaviy uslubida asar yozgan. «Kitob ul-adab» («Xushfeʼllik xaqida kitob», «Fusul ut-tamosil fi taboshir is-surur» («Shodlik tongini muqoyasa qilish darajalari») kabi asarlari arab adabiyoti tarixini oʻrganishda muhim manba hisoblanadi. «Kitob ul-badiʼ» («Yangi uslub haqida kitob») asari Yaqin Sharqda sheʼriyat haqidagi fanga asos boʻldi.
Ensiklopediya.uz
IBN al-MUʼTAZZ