Husnbuzarlar va ulardan qutulish

Husnbuzarlar va ulardan qutulish

Husnbuzarlar va ulardan qutulish

Mundarija скрыть
Husnbuzarlar va ulardan qutulish
DO`STLARGA ULASHING:
Kosmetika kabinetiga murojaat qilishning iloji bo‘lmaga-nida yakkam-dukkam husnbuzarni har kim o‘zi ham yo‘qotishi mum­kin. Buning uchun yuzni va qo‘llarni yaxshilab yuvib tozalanadi, keyin yuzni bug‘li vannaga tutib, to teridagi husnbuzarlar yum-shaguncha sochiq bilan yopib, ushlab turiladi. Shundan so‘ng barmoq-lar uchiga toza bint o‘raladi-da, husnbuzarni barmoqlar uchi bilan avaylab sitib chiqariladi. Uyquga yotishdan oldin yuz terisini quyidagi eritmalardan biri bilan artib tozalanadi: 1) 50 g odekolon yoki spirtga 48 g borat kislota (5 protsentli) eritmasi, 2 g glitserin qo‘shiladi; 2) 40 g suvga 30 g odekolon, 2 oshqoshiq tirnoqgul, 1 g glitserin qo‘shiladi. Husnbuzar paydo bo‘lmasin desangiz ovqatni shoshmasdan, yaxshi chaynab, o‘z vaqtida (kuniga kamida 4 marta) yeyishga odatlanish kerak. Uyquga yotish oldidan to‘yib ovqat yeyish juda zararli. Husnbuzar ko‘p toshadgan kishilarga spirtli ichimlik, yangi pish-gan non, badhazm ovqat, tuxum, yog‘li go‘shtlar, qazi va xamir ovqatlardan voz kechib, yog‘siz go‘sht, qatiq, suzma, tvorog, sabza-vot, A vitamini, V guruhiga kiradigan vitaminlar, sabzi, drojje va qora non yeyish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, badan tarbiya va sport bilan shug‘ullanish, toza havo, oftob va suvdan to‘g‘ri foyda-lana bilish ham yaxshi natija beradi. Yirik xusnbuzar ko‘proq uchraydi. Balog‘atga yetish davrida, me’da-ichak kasalliklariga mubtalo bo‘lgan, ichki sekretsiya bezla ri noto‘g‘ri, modda almashinuvi buzilgan, umumiy kamqonlikka yo‘liqqan kishilarda, shuningdek zaharli moylar bilan ishlay-digan kishilarda yirik husnbuzarlar paydo bo‘ladi. Yallig‘langan yirik husnbuzarlarning yuza va chuqur xillari bor. Yuza husnbuzar yog‘ bezining yo‘llaridagina bo‘ladi, chuqur husnbuzar esa yog‘ bezini butunlay zararlaydi. Yallig‘lagan, yiring boylagan husnbuzar yorilgach, o‘rni yamoq bo‘lib qoladi. Modda almashinuvi buzilganda yog‘ni kamroq iste’mol qilish, A, V va S vitaminlaridan ko‘proq yeb turish kerak. Husnbuzar toshgan kishi ichini yaxshi yurishtirib turishi, organizmini mustahkamlashi, fizioterapevtik usullarda davolanishi, oftob, havo vannalari qabul qilishi, dengizda va boshqa suvlarda cho‘mi-lishi lozim. Bunday kishilarning yuziga qurituvchi va pust tash-latuvchi niqoblar tortish ham foydali. Yiring boylagan husnbu­zarlar paydo bo‘lsa, yuzni bir necha kun yuvmaslik, balki spirtli loson bilan, eng yaxshisi, 2 protsentli sintomitsinli, salitsil-li yoki kamforali spirt bilan artish lozim. Bunday vaqtda par-hezning ham katta ahamiyati bor. Yuziga husnbuzar toshgan kishi garmdori, qora murch, xantal, sirka kabi o‘tkir masalliqlardan va shirinliklardan mumkin qadar voz kechishi (shirin choy yoki kofe bu hisobga kirmaydi), oq non va kartoshkani kamroq iste’­mol qilishi, spirtli ichimliklarni mutlaqo ichmasligi kerak.

DO`STLARGA ULASHING:

Husnbuzar — tugunchalar ko‘rinishida toshmalar toshib, keyin ularda mayda-mayda moddalar hosil bo‘lishidan iborat teri ka-salligi. Aksariyat balog‘at yoshiga yetayotgan yigit-qizlarga chiqadi. Kishi 25—30 yoshga borganda ular kamayadi. Ayrim husnbuzarlar-ning o‘rnida qolgan iz ketmasligi mumkin.
Husnbuzar asosan ichki jinsiy bezlar faoliyati, me’da-ichak kasalliklarida (surunkali kalit), modda almashinuvining buzi-lishida, vitaminlar yetishmasligida, shirinlik, achchiq, yog‘li ovqatlarni ko‘plab iste’mol qiluvchi yoshlarda, shuningdek teri-si yog‘li yigit-qizlarda kuzatiladi. Husnbuzar asosan yuz, yelka ko‘krakda bo‘ladi. Chunki shu joylarda yog‘ ishlab chiqaradigan bezlar ko‘p joylashadi. Yuqoridagi sabablarga ko‘ra bu bezlar faoliti zo‘rayadi va teri yog‘lanib, teshiklari berkiladi. Teri ustida husn-buzarga xos tugunchalarning paydo bo‘lishi ana shunday tarzda kechadi.
ea1ebfe9e25070447830a1aa7c936fed
Husnbuzarlar turli shakllarda bo‘lishi mumkin: qora nuqta-lar, oq nuqtalar shaklidagi husnbuzarlar, mayda husnbuzarlar va yallig‘lagan, yiring boylagan yirik husnbuzarlar. Afsuski, ba’-zilar husnbuzarlarni sitishga odatlangan bo‘ladi. Bu noto‘g‘ri. Chunki sitganda husnbuzar yana ham kattalashadi, yallig‘laydi, hatto yiring boylaydi.
Yuqorida sanab o‘tilgan, ko‘proq uchraydigan husnbuzarlar us­tida to‘xtaylik.
Qora nuqta shaklidagi husnbuzarlar. odatda, burunga, pesho-naga va iyakka chiqadi. Ular har qanday yoshda, quruq va yog‘li terida uchraydi. Ko‘p hollarda shunday husnbuzarni kishining burun qanot-larida ko‘rish mumkin. Yog‘ bezlarining yog‘ chiqadigan teshiklari kengayib, ularga chang, kir, turli moddalar tushganida, ba’zan simob yoki vismut ko‘p qo‘shilgan krem yuzga surtilganda, shuning­dek soch bo‘yaydigan ba’zi dorilar ishlatilganida yuzga qora nuqta­lar tushadi.
Bunday husnbuzarlar paydo bo‘lmasligi uchun yuzga yumshatuvchi kremlar surish, terini chang, kirdan sakdash, vismutli, simobli kremlarni kamroq ishlatish kerak. Paydo bo‘lgan qora nuqtalarni ketkazish uchun terini vodorod peroksidi, sirka yoki limon suvi bilan artish lozim, bular qora nuqtalarni eritadi, rangsizlan-tiradi. Bug‘ vannalari (yuzni bug‘ga tutish) ham yaxshi natija beradi. Yog‘li teridagi qora nuqtalar quyidagicha ketkaziladi: mayda tuz qo‘shilgan sovun ko‘pigi yuzga mo‘l qilib suriladida, 2—3 minut qoldiriladi, keyin iliq suv, ketidan sovuq suv bilan yuviladi.
Quruq teridagi qora nuqtalarni yo‘qotish uchun teriga yog‘li krem, biror o‘simlik moyi surish yoki moyli niqob tortish, keyin qora nuqta bor joyni mayda tuz bilan salgina ishqalash, so‘ngra yuzni suvga yuvish kerak. Yuzning terisi oyiga 2—3 marta tozalanishi lozim. Oq husnbuzarlar. Yuzni silab ko‘rganda oq husnbuzarlar qo‘lga zich unnaydi. Ular mayda oq nuqtalar shaklida yoki tariq doni yirikligida, yakka-yakka yoxud to‘p-to‘p joylashgan bo‘ladi. Ko‘p miq-dordagi mayda oq husnbuzarlardan qutulish uchun terini pust tashlattirish kerak. Mayda husnbuzarlar. Bu husnbuzarlar yog‘ bezlarining yo‘llari-ni berkitib qo‘ygan shoxsimon modda va teri yog‘idan iborat sedanaday tiqinlardir. Bunday husnbuzar peshona, lunj, burun iyak, ko‘krak va orqaga ko‘proq tushadi. Yog‘li terida husnbuzar ko‘proq bo‘ladi. Husnbuzar toshishiga tuxumdonlar va qalqonsimon bezlar faoliyatining buzilishi, shuningdek hamma vaqt ich qoti-shi sabab bo‘ladi. Husnbuzar birinchi marta balog‘atga yetish davrida paydo bo‘la­di.
Husnbuzar toshgan terini parvarish qilish, ya’ni yog‘ bezlari yo‘llarini berkitib turgan tiqinlarni yo‘q qilish va ularning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Borat kislota, timol va karbol qo‘shilgan sovunlar yaxshi yordam beradi. Yuzga surilgan sovunni gubka bilan ishqalab ko‘pirtirish, ko‘pik yuzda bir-ikki minut turgach issiq, ketidan sovuq suv bilan yuvish kerak. Husn­buzar ko‘p toshgan bo‘lsa sovun surishni takrorlash lozim.
Kosmetika kabinetiga murojaat qilishning iloji bo‘lmaga-nida yakkam-dukkam husnbuzarni har kim o‘zi ham yo‘qotishi mum­kin. Buning uchun yuzni va qo‘llarni yaxshilab yuvib tozalanadi, keyin yuzni bug‘li vannaga tutib, to teridagi husnbuzarlar yum-shaguncha sochiq bilan yopib, ushlab turiladi. Shundan so‘ng barmoq-lar uchiga toza bint o‘raladi-da, husnbuzarni barmoqlar uchi bilan avaylab sitib chiqariladi. Uyquga yotishdan oldin yuz terisini quyidagi eritmalardan biri bilan artib tozalanadi: 1) 50 g odekolon yoki spirtga 48 g borat kislota (5 protsentli) eritmasi, 2 g glitserin qo‘shiladi; 2) 40 g suvga 30 g odekolon, 2 oshqoshiq tirnoqgul, 1 g glitserin qo‘shiladi. Husnbuzar paydo bo‘lmasin desangiz ovqatni shoshmasdan, yaxshi chaynab, o‘z vaqtida (kuniga kamida 4 marta) yeyishga odatlanish kerak. Uyquga yotish oldidan to‘yib ovqat yeyish juda zararli. Husnbuzar ko‘p toshadgan kishilarga spirtli ichimlik, yangi pish-gan non, badhazm ovqat, tuxum, yog‘li go‘shtlar, qazi va xamir ovqatlardan voz kechib, yog‘siz go‘sht, qatiq, suzma, tvorog, sabza-vot, A vitamini, V guruhiga kiradigan vitaminlar, sabzi, drojje va qora non yeyish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, badan tarbiya va sport bilan shug‘ullanish, toza havo, oftob va suvdan to‘g‘ri foyda-lana bilish ham yaxshi natija beradi.
Yirik xusnbuzar ko‘proq uchraydi. Balog‘atga yetish davrida, me’da-ichak kasalliklariga mubtalo bo‘lgan, ichki sekretsiya bezla ri noto‘g‘ri, modda almashinuvi buzilgan, umumiy kamqonlikka yo‘liqqan kishilarda, shuningdek zaharli moylar bilan ishlay-digan kishilarda yirik husnbuzarlar paydo bo‘ladi.
Yallig‘langan yirik husnbuzarlarning yuza va chuqur xillari bor. Yuza husnbuzar yog‘ bezining yo‘llaridagina bo‘ladi, chuqur husnbuzar esa yog‘ bezini butunlay zararlaydi. Yallig‘lagan, yiring boylagan husnbuzar yorilgach, o‘rni yamoq bo‘lib qoladi. Modda almashinuvi buzilganda yog‘ni kamroq iste’mol qilish, A, V va S vitaminlaridan ko‘proq yeb turish kerak. Husnbuzar toshgan kishi ichini yaxshi yurishtirib turishi, organizmini mustahkamlashi, fizioterapevtik usullarda davolanishi, oftob, havo vannalari qabul qilishi, dengizda va boshqa suvlarda cho‘mi-lishi lozim. Bunday kishilarning yuziga qurituvchi va pust tash-latuvchi niqoblar tortish ham foydali. Yiring boylagan husnbu­zarlar paydo bo‘lsa, yuzni bir necha kun yuvmaslik, balki spirtli loson bilan, eng yaxshisi, 2 protsentli sintomitsinli, salitsil-li yoki kamforali spirt bilan artish lozim. Bunday vaqtda par-hezning ham katta ahamiyati bor. Yuziga husnbuzar toshgan kishi garmdori, qora murch, xantal, sirka kabi o‘tkir masalliqlardan va shirinliklardan mumkin qadar voz kechishi (shirin choy yoki kofe bu hisobga kirmaydi), oq non va kartoshkani kamroq iste’­mol qilishi, spirtli ichimliklarni mutlaqo ichmasligi kerak.
Husnbuzar toshganida krem va pardoz uchun ishlatiladigan har xil moddalardan foydalanib bo‘lmaydi. Bunday paytda husnbuzar-larni qo‘l bilan sitish ham, o‘z holicha har xil muolajalar qilib ko‘rish ham yaramaydi. Aksincha, husnbuzar toshganda dermatolog vrach yoki kosmetologga uchrashib, ulardan kerakli maslahatlar olish va ular nazoratida davolanish zarur. Vrach maslahatlariga amal qilingandagina husnbuzar tezda yo‘qolib ketishi mumkin.
Manba: Xotin-Qizlar Ensiklopediyasi

Husnbuzarlar va ulardan qutulish