HUSAYNXON NIYOZIY

HUSAYNXON NIYOZIY

HUSAYNXON NIYOZIY (taxallusi; asl familiyasi Niyozov) (1895, Andi-jon — 1947.29.4, Magadan) — oʻqituv-chi, ratsionalizator, shoir. Eski maktab va madrasada tahsil olgan (1905 — 17). Fizikaga qiziqib, sirka, mis va rux plastinkalaridan galvanik bata-reyalar yasab, elektr qoʻngʻiroqlari va chiroqlarini ishga solgan. Galvanik elementlar tuzish va mushaklar yasab, olov bilan oʻynash havasi uning amaliy kimyo bilan ham shugʻullanishiga sababchi boʻlgan. 1916-y. dan Andijondagi maktablar va qisqa muddatli taʼlim-tarbiya kurslarida fizika va tabiiyot fanlaridan dars bergan (1917—23). 1923-y. oxirida Toshkentga koʻchib kelib, Markaziy tabiiyot lab. ning fizika kabineti rahbari (1924—35), muzofot ped. texnikumi (1925 — 26), oʻlka xotin-qizlar bilim yurti (1926 — 30), Narimonov nomidagi taʼlim va tarbiya texnikumi (1928) hamda sanoat pedagogika texnikumida (1930—32) fizika oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. Toshkent xotin-qizlar ped. texniku-mi, kechki taʼlim-tarbiya in-ti va Pokrovskiy nomidagi kechki ishchilar f-tining asos guruxlarida fizika va kimyo fanlaridan dars bergan (1932— 36). «Hikmat va kimyo darsli-gi» (1922), «Kimyo darsligi» (1926), «Fizikadan boshlangʻich musohabalar» (1927), «Kimyo» (1929), «Fizika ter-minlari» (1931) darslik va oʻquv qoʻllanmalari muallifi («Tuproq va oʻgʻit», «Fizika lugʻati» kitoblari qoʻlyozma holida boʻlib, eʼlon qilinmay qolgan).

Ensiklopediya.uz
HUSAYNXON NIYOZIY