HUQUQBUZARLIK

HUQUQBUZARLIK

HUQUQBUZARLIKhuquq va muomala layoqatiga ega subyekt tomonidan sodir etiladigan, huquq normalari talablariga zid keluvchi hamda shaxsga, mulkka, davlatga va butun jamiyatga zarar keltiruvchi ijtimoiy xavfli qilmish. Oʻz xususiyatiga koʻra, Huquqbuzarlik jinoyat, nojoʻya harakat, intizomni buzish shaklida boʻladi. Koʻp hollarda Huquqbuzarlik qonunbuzarlik soʻzi bilan bir xilda ishlatiladi. Fuqaroviy Huquqbuzarlik (shaxsga, fuqaro yoki tashkilotning mulkiga ziyon yetkazish), maʼmuriy Huquqbuzarlik (mas, mayda bezorilyk, yoʻl harakati qoidasini buzish), intizomiy H. (nojoʻya harakat, mas, ishga kelmaslik, kech qolish) farqlanadi. Huquqbuzarlikning eng xav-fli koʻrinishi jinoyatdir. Huquqbuzarlik uchun qonunda tegishlicha fuqaroviy, maʼmuriy, intizomiy va jinoiy javobgarlik belgilangan.

Ensiklopediya.uz
HUQUQBUZARLIK