Humans hisobini to’ldirish bo’yicha qo’llanma to’liq malumot oling
5-noyabrdan boshlab uch kun davomida Humans o’zining barcha mijozlarini mobil aloqa xizmatlarini taqdim etishning pulli shartlariga o’tkazadi.
Aloqangiz o’chib qolmasligi uchun hisobingizni oldindan to’ldirib qo’ying. Balansni Humans sayti yoki mobil ilovasi orqali to’ldirish mumkin. Buning uchun:
HUMANS.uz ilovasining oxirgi versiyasini yuklab oling.
SIM-kartani o’rnating va uni akkauntingizga ulang. Agar siz yangi foydalanuvchi bo’lsangiz, o’zingizga akkaunt yarating.
Asosiy sahifada «Hisobni to’ldirish» tugmachasini bosing.
Telefon raqamingiz ekranda avtomatik ravishda paydo bo’ladi.
Hisobingizni to’ldirish uchun kerakli summani kiriting. Noyob xizmatlar paketingiz bo’yicha to’lov miqdorini aloqa konstruktorining sahifasida hisoblab chiqishingiz mumkin.
To’lash uchun karta turini tanlang.
Karta ma’lumotlarini kiriting va to’lovni amalga oshiring. Ushbu operatsiya uchun komissiya miqdori 0 foizni tashkil qiladi.
Sizga hisobingiz to’ldirilgani haqida SMS-xabar yuboriladi.
Boshqa mavzular
Humans hisobini to’ldirish bo’yicha qo’llanma