HUJJAT al-ISLOM
HUJJAT al-ISLOM (arab. – islom hujjati, islom dalili) — oʻrta asrlarda baʼzi yirik ilohiyotchilarga berilgan diniy unvon. Sunniylarda keyinchalik qoʻllanilmay ketgan, lekin shia ulamolari oʻrtasida rasmiy unvon sifatida baʼzi mamlakatlar (Eron, Iroq)da saqlanib kelmokda. Bu unvon oyatulloh unvonidan quyi mavqeda turadi. Unga ilk bor imom Gʻaz-zoliy sazovor boʻlgan. Safaviylar davrida Eronda Hujjat al-islom al-i. unvonini eng mashhur mujtahidlar olgan. Hujjat al-islom al-i. sohiblari odatda shialarning muqad-das shaharlari (Karbalo, Najaf va b.)da yashagan.
Ensiklopediya.uz
HUJJAT al-ISLOM