HUJAIRA INJENERIYASI

HUJAIRA INJENERIYASI

HUJAIRA INJENERIYASI — ozuqali muhitda hujayra oʻstirish (hujayra kulturasi), duragayi va rekons-truksiyasiga asoslanib, yangi hujayra tipini yaratish usuli. Hujaira injeneriyasi yagona hujayra va toʻqimalarni maxsus sunʼiy ozuqali muhitda oʻstirish bilan bogʻ-liq. Oʻsimlik hujayra kulturasi murakkab tajriba yoʻli bilan tashkil qilingan biologik sistema — qayta differensiatsiyalangan somatik hujayra boʻlib, ayrim sharoitlarda oʻsimlikni qayta toʻliq tiklash qobiliyatiga ega. Hujaira injeneriyasi yordamida har xil turga (hatto har xil tiplarga) mansub genomlarni birlashtirish mumkin. Hujaira injeneriyasi biol., shuningdek, biotexnologiyada, mas, duragaylar yordamida tibbiyot va fanning boshqa sohalari hamda i. ch. da foydalaniladigan mono-klonal (bir xil xususiyatga ega) an-titelolar olishning koʻpgina nazariy muammolarini hal qilishda qoʻllanadi. Tor maʼnoda «Hujaira injeneriyasi» deganda pro-toplastlar (hujayra qobigʻi yoʻq oʻsimlik hujayrasi)ni qoʻshish tushuniladi. Hujaira injeneriyasida duragaylash uchun ota-ona jinsiy hujayralari (gametalar) emas, balki oʻsimlikning tana (soma-tik) hujayralari olinadi va t ukgo sharoiti (organizmdan tashqari) da qoʻshiladi. Buning uchun maxsus fermentlar yordamida hujayraning qattiq polisaxarid poʻstlogʻi ajratiladi va hosil boʻlgan «ochiq» hujayralar (protoplastlar) elektr maydoni taʼsi-rida yoki yopishtiruvchi yuqori mole-kulali polisaxaridlar yordamida biriktiriladi.

Ensiklopediya.uz
HUJAIRA INJENERIYASI