HUBAL
HUBAL — qad. arab mifologiyasida quraysh qabilasining xudosi. Avlod-ajdodlar, oy yoki odmon xudosi, qabilaning homiysi hisoblangan. H. Kaʼ-baning bosh xudosi deb eʼtirof etilgan, u oʻng qoʻli oltindan, qolgan aʼzolari toshdan qilingan odam qiyofasidagi haykal shaklida tasvirlangan. Islom paydo boʻlganidan keyin mushriklar Hubalni Makkaning. bosh xudosi sifatida Allohga qarshi qoʻyishgan. Makka fathidan soʻng Hubal sanami Kaʼbadan chiqarilib, parchalab tashlangan.
Ensiklopediya.uz
HUBAL