HOSIL BAYRAMI
HOSIL BAYRAMI — q. x. xodimlarining anʼanaviy bayrami (Oʻzbekistonda 1972-y. gacha «Paxta bayrami» deb atalgan). Xoʻjaliklar, tumanlar, viloyatlar miqyosida oʻtkaziladi. Koʻpgina joylarda Hosil bayrami kech kuzda q. x. ekinlari hosili yigʻim-terimi tamomlanishiga qarab nishonlanadi. Bayram kunlari koʻrgazmalar, q. x. mahsulotlari yarmarkalari uyushtiriladi; badiiy va sport oʻyinlari, ot sporti musobaqalari, ommaviy sayillar oʻtkaziladi. Mehnat ilgʻorlariga mukofotlar topshiriladi. Hosil bayramida q. x. xodimlari bilan birga shahar aholisi, keng jamoatchilik ham ishtirok etadi.
Ensiklopediya.uz
HOSIL BAYRAMI