“Hosil bayrami” tadbiri senariysi to’liq malumot oling
1-Boshlovchi: -Aziz bolajonlar,hurmatli mehmonlar!Bugun maktabimizda ajoyib bayram Mehrjon-Hosil bayramini nishonlayapmiz.Hammangizni mehnat bayrami bilan tabriklaymiz!
Bolalar: — Rahmat!
1 – Boshlovchi: — O’zbegim so’zin avval
Assalomdan boshlagay
Do’tlarga qilib ta’zim
Ehtiromdan boshlagay.
Ko’ksimdadir qo’llarim
Hamma: — Assalomu – alaykum!
Qo’shiq: O’zbekiston gulzor (Bolalar xor bo’lib ijro etishadi)
1 – Bola: Xush kelibsiz mehmonlar
Davramizga marhabo!
Keldi Mehrjon bayrami
Shodlik bo’lsin doimo!
2 – Bola: Keldi oltin kuz
Mevalar pishdi
Daraxtlar shoxi
Egilib tushdi.
3 – Bola: Oldik ko’p hosil
O’rik,olma,nok
Shakardek asal
Uzum qildi tok.
4 – Bola: Bizning polizda
Qovun,tarvuz ko’p
Yetildi yozda
So’yib yedik xo’p.
Raqs: “Sho’x bola” ( o’g’il bolalar ijrosida )
Muzika sadolari ostida davraga “Kuz” kirib keladi.
Kuz: — Assalomu-alaykum,aziz mehmonlar! Salom, shirintoy bolajonlar!
Hamma: — Assalomu – alaykum!
Kuz: — Men hammangizni qutlug’ ayyom,qo’yni-qo’nji liq to’lgan Hosil – Mehrjon bayrami bilan tabriklayman!
Hamma: — Rahmat!
5 – Bola: Salom, senga Mehrjon!
Birgadirsan qadrdon.
Xush kelding davramizga
Barchamiz quvnoq – shodon
1 – Boshlovchi: — Aziz Kuz fasli marhamat mana bu yerga o’tiring.Bolajonlarimiz sizni olqishlab raqsga tushib,qo’shiqlar kuylab beradilar.
2 – Boshlovchi: O’lkamizning husni,
Ochil paxtajon.
Sendan baxtimiz,
Kular har qachon.
Ko’klardan ochsin,
Biz uygan xirmon.
Bizlarga g’amxo’r,
Yurtboshi xar on
Ochil mehr-la,
Terib olaylik
Keng jahon bo’ylab,
Dovruq solaylik
1-Boshlovchi: Saxiy kuz dalalar kezib, qirlardan oshib, polizlardan o’tib, bizlarga qanday ne’matlar olib keldingiz?
Kuz: — Men sizlarga poliz ekinlaridan olib keldim, marhamat.
Boshlariga sabzi, karam, lavlagi, sholgom, kartoshka, piyoz taqqan bolalar yarim doira bo’lib turadilar.
Sabzi: Meni sabzi deydilar
Oshga solib yeydilar
Har narsaga men oziq,
Yer tagida oltin qoziq.
Karam: Ko’ylagim qavat-qavat,
Tugmalarim yo’q faqat
Meni yaxshi ko’rar quyon
Yeb qo’yar shu on
Lavlagi:Etim semiz moyi yo’q
Terim qalin yungi yo’q
Sharbati vitaminga boy
Terib oling shirintoy
Sholg’om: Men quyoshga o’xshayman
Polizlarda yashayman
Nomim sholg’om bilib qo’y
Ovqatga solib yeb to’y
Kartoshka: Men kartoshka, kartoshka
Masalliqman har bir oshga
Menchi, sho’rva joniman
Kuch-quvatning koniman
Piyoz: Ey o’rtoqjon,o’rtoqjon
Men o’zim rohatijon
Mensiz ovgat bo’lmaydi,
Oshga maza kirmaydi.
Hamma sabzavotlar birgalashib raqsga tushadilar.(Sabzavotlar uch qator bo’lib turib oladilar:
1 – Boshlovchi: Bizning polizimizda,
Hosilimiz juda ko’p
Ammo har kim kirolmas,
Qorovuldan o’tolmas.
U tartibni sevadi,
Har qatorni biladi.
Ketmon ko’targan Vali qorovul qo’lini peshonasiga qo’yib,uzoqqa tikiladi va poliz tomon keladi.O’z ekinlarining tagini yumshatadi,tekislab qarab qo’yadi:
Vali: — Juda qiyinmening ishim
Og’riydi belim,biqinim.
Endi ozroq dam olay,
Mana bu yerga yotaqolay.
(Vali qorovul biroz mizg’igani yotadi )
2 – Boshlovchi: Hozir Vali banddir juda
Ishlaydi u tunu – kunda
Uxlab qoldi charchab juda
Shu payt Xo’roz paydo bo’lib, ekinzor ichiga kirib ketadi.
Xo’roz: — Mana men xo’rozman – xo’roz,
Qu – qu – qu
Qanday yaxshi polizda,
Ovqat bo’lsa yonimda
( Xo’roz tarvuzni olib ketadi,so’ngra g’oz kirib keladi )
G’oz: — Mana men g’oz – g’ozvoy
Hech kim yo’qmi hoy – hoy?
Qanday yaxshi polizda
Ovqat bo’lsa yonimda
( G’oz piyozni olib ketadi,so’ngra echki kirib keladi.)
Echki: — Mana men echkijon,echki
Me,me,me
Qanday yaxshi polizda
Ovqat bo’lsa yonimda
( Echki sabzini olib ketadi,shu payt sakrab-sakrab quyon chiqib keladi.)
1 – Quyon: — Kelib qoldi omadim
Polizga tushib qoldim
Keling shalpang quloqlar
Sabzi, karam yeb qoling
( Yana bir quyoncha kelib qoladi )
2 – Quyon:- O’rtoqjon qaragin,polizda kata-katta sersuv karamlar o’sib yotibdi,kel maza qilib yeymiz.Ular bittadan karamni ushlab raqsga tushadilar,shu payt Vali qorovul uyg’onib qoladi.
Vali: — Ha endi qo’lga tushdilaringmi?Endi mendan qochib qutulolmaysizlar.Quyonlar tutqich bermay karamlarni olib qochib ketadilar.Vali jahli chiqib kelib toshga o’tiradi.
Vali: — Qani karam,qani tarvuzlar? Piyozlar yo’q,ko’katlar ko’rinmaydi.Sho’rim quridi endi nima qilaman?Polizda hech nima qolmabdi – ku?
Xo’roz bilan echki kirib keladi.
Xo’roz: — Qu-qu-qu! Xafa bo’lma,azizim Vali.Sen hushyor bo’la olmading.O’z ishingga bo’sh qarading.Endi bunday qilmagin.Biz sening oldinga bayramni birga o’tkazgani keldik.
Echki: — Ammo sen bilib qo’ygin
Bunday uxlab qolmagin
Qo’riqlashmi istaging?
Postingda hushyor turgin.
Vali: — Ko’p rahmat,unutmayman.Endi sizlar bilan oynayman.
1-Boshlovchi: — Voy qanday yaxshi bo’ldi,kelganlaringiz.Biz bolalar bilan “Hosil” bayramini nishonlayotgan edik.Marhamat mehmonimiz bo’linglar!
She’r “Kuz”
Kuz keldi bizlarga oltin kosada
Sharbat ola keldi,bol ola keldi.
Savat-savat qilib shirin mevalar,
Omborlar liq to’la don ola keldi.
Keng vodiylar bilan,dala bilan bir,
Paxta ola keldi,shon ola keldi.
Raqs: “Uch patir”
Davraga Dehqonbobo kirib keladi.Yelkasida qopi bilan.
Dehqonbobo: — Salom aziz jon bolalar
Tog’da o’sgan gul lolalar
Bayramingiz qutlug’ bo’lsin
Nasibangiz to’liq bo’lsin
Hosil bayram yoqar bizga
Bolalar, rahmat sizga
Mevalardan tatib ko’ring,
Bizga rahmat aytib qo’ying,
Mevalarga mehrim berib
Jo’natgayman sizga terib
Darmon bo’lsin,quvvat bo’lsin
Kuchga to’ling ulardan yeb.
1 – Boshlovchi: — Xush kelibsiz Dehqonbobo.Mehmonimiz bo’ling.
2 – Boshlovchi: — Dehqonbobomiz yetishtirgan mevalar o’zlari haqida so’zlab berishmoqchi.Keling aziz mehmonlar ularga quloq beraylikchi,nimalar deyishar ekan.
Non ushlab olgan bola chiqadi:
1 – Bola: — Meni g’alla don deydilar
Pishirsangiz non deydilar
Sizga totli ne’mat bo’lay
Bolalarga quvvat bo’lay
Bug’doy bo’ldim pishdim qarang
Omborlarga sig’dim arang.
2 – Bola: — Olma ko’tarib:
Men olmaman,olmaman
Vitaminga boy olmaman
Meni yegan polvon bo’lur
Tomirlari qonga to’lur.
3 – Bola: — Nok ko’tarib:
Dasturxonning bezagi
Mevalarning keragi
Nok deydilar nomimni
Tatib ko’ring ta’mimni
4 – Bola: — Anor ko’tarib:
Meni anor deydilar
Mazza qilib yeydilar
Yoqut misol har donam,
Xurmo mening dugonam.
5 – Bola: — Xurmo ko’tarib:
Mening nomim xurmodir,
Demang ozroq xomroqdir.
Meni to’yib yesangiz,
Bo’qoq kasal bo’lmaysiz.
6 – Bola: — Pista,bodom,mayiz ko’tarib:
Biz bodom,mayiz,pista
Bir chetdan oling asta
Bizdan to’lar dasturxon
Mehmonlar bo’lar shodon.
7 – Bola: — Pomidor,bodring ko’targan bola
Biz pomidor ,bodring
Palov oshga qo’shib yeng.
Qish g’amini yozda yeng
Xohlang qishda tuzlab yeng
8 – Bola: — Qovun ko’tarib:
Qovunman shirin-sharbat
Qovun yeb suv ichmang faqat.
Kesildim tilim-tilim
Sizlarga ochdim dilim
9 – Bola: — Tarvuz ko’tarib:
Ichim qizil,ustim ko’k,
Shirindurman,demang po’k.
Menga vatan keng dala
Yeb to’ysin hamma bola.
10 – Bola: Oq kiyimli qiz paxta ko’tarib chiqadi:
Paxtaoyman men o’zim,
Berilib tinglang so’zim.
O’zbekiston faxriman,
O’zim juda baxtliman.
Elimga ko’ylak bo’lay,
Oq dasturxon o’rgilay.
Rangim dilimday oqdir
Niyatim shunday pokdir.
Bolalar qo’lidagi mevalarni mehmonlarning oldiga qo’yishadi.
“Paxta” raqsi qizlar ijrosida
1 – Boshlovchi: Hurmatli mehmonlar,bayramimiz davom etadi.Dehqon bobomizning mehnati bilan yetishtirgan mevalarning suhbati sizga yoqdimi?
Hamma: — Ha
Kuz: — Bolajonlar,siz she’rlarni,qo’shiqlarni yaxshi aytar ekansizlar.Raqsga ham chiroyli tushar ekansizlar.Men miriqib tomosha qildim.Qani aytinglarchi,topishmoq aytsam topasizlarmi?
2- Boshlovchi: — Bizning bolajonlar juda topag’on.Ayting topishmog’ingizni.
Kuz: — Agar men sizga aytsam,
To’ni yashil beqasam
To’ni ustida oq yo’l
Hosili sersuv mo’l-ko’l
Yulduzchadek guli bor
Urug’I ichra qator
Chanqoqni bosar biling
1 – Bola: Aytaymi bu – bodiring
Kuz: — Voy birpasda topdingiz.Yana bitta topishmoq aytaman.
Rangidir to’q gunafsha
Qovurilar bir pasda
Tani silliq,uzunchoq
Ichi urug’li oppoq.
Lazzati o’ziga xos
Bir dona yedimpaqqos.
Dedimdehqonga jon-jon
2 – Bola: — Nomi esa baqlajon!
Kuz: — Bolajonlar judayam topag’on ekansizlar,meni xursand qildinglar.
1 – Boshlovchi: — Oltin Kuz,bizning bolalar raqs ijro etadilar.Marhamat tomosha qiling.
Kuz: — Voy qanday yaxshi.
“Bozor” raqsi (O’g’il bolalar ijrosida.)
Kuz: — Aziz bolajonlar! Sizlar bilan bayramni juda maroqli o’tkazdim.Men yana boshqa maktablarga borib,jajji do’stlarimni bayram bilan tabriklashim kerak.( Xayrlashib chiqib ketadi.)
2 – Boshlovchi: — Qani bolajonlar,yanakim she’r aytib beradi?
1 – Bola: Chak-chak yomg’ir tomchilab,
Yetib keldi kuz oyi
Bizga juda yoqadi,
Uning mayin shamoli.
2 – Bola: — Xazon uchar,xazon uchar,
Oltin barg yerga tushar
Shitirlaydi yerda yaproq
To’nin yechar barcha bog’.
“Yomg’ir” raqsi.( Qizlar ijrosida )
1 – Boshlovchi: — Dilimday baxtiyor O’zbekistonim.
Yashnagan paxtazor O’zbekistonim.
Ming yasha bo’lma xor O’zbekistonim
Qo’lda baxtnomang bor O’zbekistonim,
Hosil bayraming muborak O’zbekistonim!
2 – Boshlovchi: — Ishsevar qo’llari paxta ekadi.
Dovrug’in cheki yo’q,ko’kka yetadi.
Quvonchdan yuragim irg’ib tepadi
G’alaba kuyin chal O’zbekistonim,
Mo’l hosilga to’l O’zbekistonim!
Darsliklar
“Hosil bayrami” tadbiri senariysi