HOR
HOR, Al-Hor, Ghor — Gʻarbiy Osiyodagi tektonik botiq. Isroil, Suriya va Iordaniya hududlarida. Shim. da Bakao grabeni bilan jan. da al-Araba vodiysi oraligʻida joylashgan. Uzunligi (shim. dan janubga) 300 km ga yaqin, serbar joyi 25 km. Togʻlar (bal. 1000—1400 m) bilan oʻralgan berk havza. H. da Iordan daryosi, Hulo, Tabariya koʻllari va Oʻlik dengiz (Yer yuzidagi eng past joy, —395 m) joylashgan. Iklimi quruq va issiq. Chala choʻl oʻsimliklari oʻsadi.
Ensiklopediya.uz
HOR