Homiladorlikning 8 haftaligida nimalar bo’ladi

Homiladorlikning 8 haftaligida nimalar bo’ladi

8 hafta: homilangiz kattaligi go’yoki gilosdek

Birinchi trimestr oxiriga atigi 4 hafta qoldi, bu uzoq muddatga o‘xshamasligi mumkin. Ammo bolaning shakllanish jarayonida unga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan toksinlar, viruslar yoki kimyoviy moddalar ta’sirini cheklab, ehtiyotkor bo‘lish juda muhimdir. Biroq, ushbu maslahatni noto‘g‘ri qabul qilmang, shunchaki bilib qo’ying va sog‘lom bo‘lishga e’tibor qarating.

Men qanday ko‘rinishdaman?

8 haftada siz hali ham homiladorga o‘xshamaysiz, lekin siz, albatta, homiladordek ko‘rinishni xohlaysiz. Bolaning bachadonda o‘sishi va mustahkamlanishiga yordam berish uchun homiladorlik gormonlari kechayu kunduz ishlaydi. Sizning ko‘kraklaringiz kattalashgan va og‘irlashgan bo‘lishi mumkin, va belingiz esa tezda yo‘qoladi. Siz tez-tez bosh aylanishini his qilishingiz mumkin. Siz bularning hammasini homiladorlikning dastlabki belgilariga kiritishingiz mumkin.

Sovutgichda nima bor?

Bu haftada, ehtimol, siz o‘zingizni hali ham yomon his qilasiz va biron bir muayyan ovqatni iste’mol qilmayman deb o‘ylaysiz. Ba’zi mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu bolani potensial zararli ovqatlardan himoya qilishning tabiiy usuli. Agar sizda ovqatga istak kuchaygan bo‘lsa, ular qanchalik g‘alati tuyulmasin, ulardan voz kechmang. Ba’zi ayollar, haqiqatdan ham, bo‘r, qum va hatto loy kabi nooziq-ovqat mahsulotlarni istaydilar. Biroq, ular chegaradan o‘tib ketganda, xohishingizga qaramay uni cheklash lozim.

Homilador ayollar uchun stressga qarshi usullar

Homiladorlikning 8 haftasida bo‘lganingizda, siz jismoniy yuklamalarga chidamlilik odatdagidek emasligini his qilishingiz mumkin. Siz hansirashingiz yoki juda tez charchashingiz mumkin. Mashqlar dasturini kam yuklamali va organizmga kamroq ta’sir ko‘rsatadiganlariga o‘zgartirish haqida o‘ylash vaqti keldi. Lekin har kuni harakat qilish va kun tartibingizga ba’zi mashqlarni kiritish hali ham muhim hisoblanadi. Homiladorlik davrida ortiqcha vazn qo‘shiladigan ayollarda murakkab tug‘ruq bo‘lishi va akusherlik asoratlari xavfi yuqori bo‘lishi mumkin.

8 haftada tanangizdagi jismoniy o‘zgarishlar

Taqqoslash nuqtai nazaridan, bu hafta sizning bachadoningiz greyfurt yoki katta apelsin o‘lchamiga ega bo‘ladi. Homila esa – kichik olxo‘ri o‘lchamidek bo‘ladi.

Ko‘ngil aynishi doimiy hamroh bo‘lishi mumkin. Ba’zi baholashlarga ko‘ra, homiladorlikning 1-trimestrida ayollarning 70-80% ko‘ngil aynish kuzatiladi. Ovqatlanish vaqtini o‘tkazib yubormaslik, tez-tez hazm qilish oson bo‘lgan ovqatlarni iste’mol qilish orqali qoningizdagi qand miqdorini tushirmaslikka harakat qiling. Foydali deb o‘ylasangiz ham, o‘zingiz yoqtirmagan narsalarni yeyishga o‘zingizni majburlamang.

Ushbu haftada siz o‘zingizni yanada og‘irroq yoki to‘lishgandek his qilishingiz mumkin. Siz to‘yib ovqatlangandan so‘ng yoki hojatga borishingiz kerak bo‘lganda, o‘zingizni yomon his qilishingiz mumkin. Ammo tashqi tomondan xali homiladorligingizni bildiradigan hech qanday belgilar yoq, qorningiz ham oldingidek tekis.

Belingiz odatdagidan biroz kattalashayotganini ko‘rishingiz mumkin. Hali homiladorlar uchun mo‘ljallangan kiyimlarni kiyishni boshlash vaqti kelmadi, lekin siz homiladorlikning 8 haftasida elastik belbog‘li shim va yubkalarga o‘tishingiz mumkin.

Bu haftada siz yanada charchaysiz, va yotib dam olishni xohlaysiz. Ba’zida o‘zingizni umuman uxlamagandek yoki to‘yib uxlamagandek his qilishingiz mumkin. Siz tunni orziqib kutishingiz mumkin. Peshindan keyingi dam olish juda foydali bo‘lishi mumkin, shuning uchun iloji boricha dam olishni yoki kunduzgi uyquni rejalashtirishga harakat qiling.

Siz 8 haftadan boshlab bel og‘rig‘ini his qilishingiz mumkin. Og‘riq homiladorlikkacha bo‘lgan og‘riqdek bo‘lmasligi mumkin. Hozirgi vaqtdagi bel og‘rig‘i odatda kattalashgan bachadonning umurtqa pog‘onasining pastki qismiga bo‘lgan bosimi natijasidir. Beldagi og‘riq homiladorlik paytida bir paydo bo‘lib, bir yo‘qoladi va gormon darajasining ko‘tarilishiga bog‘liq bo‘ladi.

8 haftada sizdagi hissiy o‘zgarishlar

Sizda homiladormanmi yoki bularning barchasi tasavvurimdami deb shubhalana boshlashingiz mumkin. Ehtimol siz hali ham shifokorga bormagan bo‘lishingiz mumkin, shuning uchun siz o‘z simptomlaringizga tayanasiz. Sabrli bo‘ling. 8 hafta hamma haftalar kabi muhim, farzandingiz esa homiladorlikning dastlabki bosqichidan boshlab birinchi 6 hafta ichida juda rivojlandi.

Siz o‘zingizni g‘amgin va asabiy his qilishingiz mumkin. Bundan tashqari, kayfiyatning o‘zgarib turishi va ba’zi odamlardan nafratlanish ham normal holdir.  Bu juda yoqimsiz his-tuyg‘ular, chunki siz nega o’zgarib qolganingizni hammaga tushuntirish kerak deb o‘ylaysiz. Agar siz hali ham siringizni oshkor qilishni istamasangiz, bu yanada qiyin bo‘ladi.

Siz bolani kichkina odam sifatida tasavvur qilishingiz, u kim bo‘ladi: o‘g‘il yoki qiz, hatto bolalar ismi haqida o’ylashingiz mumkin. Farzandingiz sizning hayotingizga qanday ta’sir qilishi haqida o‘ylash sizning barcha vaqtingizni olishi mumkin.

8 haftada farzandingizdagi o‘zgarishlar

Bu haftada farzandingizni rasmiy ravishda homila deb atash mumkin. Qolgan haftalarda u shunday deb ataladi va tug‘ilgandan keyin u “chaqaloq” deb atashadi. Shu bilan birga, bu vaqtda ba’zi juftliklar o‘z homilalari uchun laqab topishadi. Lekin ehtiyot bo‘ling, keyinchalik bunday laqablardan voz kechish juda qiyin bo‘lishi mumkin!

Kichkintoyingiz bu haftada taxminan 1,5 santimetr bo‘ladi va nihoyat o‘zining kichkina dumidan qutuladi. Ammo u baribir boshga o‘xshaydi, peshonasi katta va tanasi kichkina bo‘ladi. Xavotir olmang, keyingi bir necha hafta ichida u cho‘ziladi va kichkina bo‘lib ko‘ringan oyoqlari o‘sadi va normal shaklga kela boshlaydi.

Bu haftada bolangiz burunlarining uchida nuqta paydo bo‘ladi. Uning qo‘l va oyoq barmoqlari, lablari, qovoqlari va oyoqlari aniqlashadi. Hozirgi payt uning ko‘zlari yuzining ikki tomonida, bir-biridan uzoq joylashgan.

8 haftada bolangizning yuragida, havo oqimini tomog‘idan o‘pkasiga o‘tkazishga yordam beradigan klapanlar va naychalar hosil bo‘ladi. Eshkaklarga o‘xshash oyoqlari va qo‘llarida kichik tuzilmalar bo‘ladi, keyinchalik ulardan qo‘l va oyoq barmoqlari o‘sib chiqadi.

Bu haftada bolangiz biroz g‘ayrioddiy harakatlar qiladi, ular juda sekin bo‘lganligi uchun, siz ularni sezmaysiz. U hanuzgacha “C” shaklida, fasolga o‘xshash bo‘ladi, ammo bachadoningizda sakraydi va o‘ynab yuradi.

Kichkintoyingizning suyaklari 8 haftadan boshlab shakllana boshlaydi va bu bosqichda ular kichkina qo‘llarini tirsak va bilak bo‘g‘inlarida bukishi mumkin.

8 hafta uchun maslahatlar

Kattalashgan ko‘kraklaringizni ushlab turadigan, o‘zingiz uchun qulay bo‘lgan byustgalter sotib oling. Ushbu bosqichda homilador va emiziklilar uchun mo‘ljallangan byustgalterlarga hali erta, ammo mutaxassis bilan maslahatlashish lozim.

Marafon kunlaridan, ya’ni ertalabdan kechgacha yurish kerak bo‘lgan kunlardan qoching. Agar charchoqni his qilsangiz, jismoniy yuklanmalaringiz haqida ehtiyotkorlik bilan qaror qabul qiling va dam oling.

Homiladorlar uchun mo‘ljallangan, tug‘ruqqacha foydalanish mumkin bo‘lgan yostiq sotib olish haqida o‘ylab ko‘ring. Uzun to‘rtburchak yostiqlar kattalashayotgan qorinni qo‘llab-quvvatlash va homiladorlikning erta muddatlarida og‘riqni yengillashtirish uchun juda mos keladi.

Homiladorlik paytida kimdan tibbiy xizmat olishni xohlashingiz to‘g‘risida o‘ylab ko’ring. Bolasi tug‘ilgan do‘stlaringiz bilan suhbatlashing, nima qila olishingizni o‘qing va eringiz bilan uning istaklarini ham hisobga olish bo‘yicha o‘zaro qarorlar qabul qiling.

Foydali Maslahatlar, Salomatlik, Salomatlik sirlari
Homiladorlikning 8 haftaligida nimalar bo’ladi