Homiladorlikning 7 haftaligida nimalar bo’ladi
Mavzu davomida
7 hafta: homilangiz kattaligi go’yoki loviya donachasidek
Siz birinchi trimestringizning yarmidan ko‘pini rasman o‘tkazdingiz. Siz o‘zingizni ajoyib his qilsangiz va homiladorga o‘xshamasangiz ham ajablanmang, ichingizda ko‘p narsa bo‘lyapti.
Kichkintoyingizning hajmini homiladorlikning dastlabki haftalarida narsalar bilan taqqoslash g‘alati tuyulishi mumkin, ammo bu normal holat. Bu sizning nuqtai nazaringiz va boshqalarning qarashlari o‘rtasidagi chalkashlikning oldini olishga yordam beradi, chunki bolani narsalar bilan ta’riflaganda hamma bir xil tasavvur qilishadi. Shunday qilib, homiladorlikning 7 haftasida, bolangiz makkajo‘xori doni yoki malina, uzum, mayda loviya yoki hatto chernika kattaligida bo‘ladi. Sizning bachadoningiz esa o‘rtacha kattalikdagi apelsin o‘lchamiga teng. Gap nima haqda ketayotganini tushunganingizga aminman.
Bolangiz homila paydo bo‘lgan davrdan 10 000 baravar katta, ammo siz hali ham u bachadoningizda kichik loviya singari sakrayotganidan xabardor emassiz. Bu ikkinchi trimestr o‘rtasida sodir bo‘ladi.
7 haftada tanangizdagi jismoniy o‘zgarishlar
7 haftada qabziyat sizning do‘stingiz bo‘lishi mumkin. Homiladorlik paytida yo‘g‘on ichak biroz sustlashishi mumkin, progesteron gormoni esa ich keltirish ta’sirini ko‘rsatadi. Bu sizga ko‘p miqdorda suyuqlik ichishga yordam beradi, chunki homiladorlik payti suyuqlik juda muhim.
Bundan tashqari, siz homiladorlikning barcha erta alomatlarini yanada kuchliroq his qilasiz. Ko‘ngil aynish, ba’zi mahsulotlarni ko‘tara olmaslik, qusish va hatto jig‘ildon qaynashi kun davomida sizga hamroh bo’lshi mumkin.
Ko‘p miqdorda ajraladigan so‘lak sizni tez-tez yutinishga majbur qiladi. Siz hatto so‘lakcha taqish kerakligini his qilishingiz mumkin. Og‘iz bo‘shlig‘i gigienasida ehtiyot bo‘ling, ammo tish cho‘tkangizni qanchalik chuqur kiritsangiz, qayt qilish refleksi shunchalik sezgir bo‘lishi mumkinligini ham inobtaga oling.
Husnbuzarlar toshganligi sababli siz o‘zingizni ikkinchi o‘smirlik davri boshlangandek his qilishingiz mumkin. Homiladorlik paytida bu hodisa faqat tanangizdagi gormonlar ta’sirida ro‘y beradi.
Siz o‘zingizni issiqlikka juda sezgir deb bilishingiz mumkin va kiyimingizni iloji boricha tezroq yechishni xohlashingiz mumkin. Bu sirkulyasiyalanayotgan qon hajmining o‘ta ko‘payishi va homiladorlikning dastlabki haftalarida tez-tez uchraydigan gormonal “sakrashlar”lar bilan bog‘liq.
O‘zingizda qorin paydo bo‘layotganini his qilishingiz mumkin, ammo homiladorlikning 12 haftasidan so‘nggina bachadoningiz tosdan ko‘tarila boshlaydi. Ba’zi ayollar birinchi trimestrda bir necha kilogrammga semirishadi, boshqalari vazn yo‘qotishadi, bu mutlaqo individualdir.
Siz har doim o’zingizni charchagday his qilishingiz mumkin va qancha ko‘p uxlasangiz hama yordam bermaydi. Ammo homiladorlikning dastlabki bosqichlarida bu keng tarqalgan simptom bo‘lib, 1-trimestr oxirida energiya darajasi normal darajaga qaytadi.
7 haftada sizdagi hissiy o‘zgarishlar
Ushbu haftada hissiy sohada katta o‘zgarishlar kutilmaydi. Siz hali ham homilador emasman va barcha simptomlar boshqa narsadan kelib chiqqan deb o‘ylashingiz mumkin.
Agar sizda homilador bo‘lishga harakat qilayotgan, ammo muvaffaqiyat qozona olmayotgan do‘stlaringiz bo‘lsa, ularga nisbatan o‘zingizni aybdor his qilishingiz mumkin. Ularning his-tuyg‘ulariga ehtiyot bo‘ling, lekin ichki his-tuyg‘ularingizga ham befarq bo‘lmang.
Ushbu haftada homilador bo’lganingizni anglashingiz mumkin. Siz qanday ota-ona bo‘lar ekanman deb xavotirga tushishingiz mumkin va kichkina bolani voyaga yetkazish fikri sizni juda qo‘rqitadi. Bu haqda ko‘p o‘ylamaslikka harakat qiling va o‘z qobiliyatingizga ishoning. Iloji bo‘lsa, onangiz bilan yoki bolali va ehtimol, shunday his-tuyg‘ularni boshdan o‘tkazgan boshqa ayollar bilan gaplashing.
7 haftada bolangizdagi o‘zgarishlar
Kichkintoyingizning suyaklari shakllana boshlaydi va ularning yuz xususiyatlari tanish bo‘lib boradi. Oilaviy burni shakllana boshlaydi, sizdan meros qilib oladigan lablarni aytmasak ham bo‘ladi. Boshining orqa qismi old tomonga nisbatan tezroq o‘sadi.
Yettinchi haftada ularning og‘izlari va tillari, oyoq-qo‘llari bilan birga shakllana boshlaydi. Hozirga qadar ular hali ham ko‘krak tomondan o’sib chiqayotgan eshkaklarga o‘xshaydi, ammo vaqt o‘tishi bilan ularning shakllari odamnikiga o‘xshash bo‘lib boradi.
Ushbu haftada rivojlanishning ko‘p qismi miyada yuz beradi, har daqiqada 100 ga yaqin yangi miya hujayralari shakllanadi. Agar siz ochlikni his qilsangiz, ajablanarli emas; bolaning bu o‘sishi oziq-ovqatdan yuqori energiya olish bilan birga kechadi.
Bolangizning jinsiy bezlari homiladorlikning 7 haftasida shakllana boshlaydi, ammo bolangizning o‘g‘il yoki qizligini UTTda aniqlash juda qiyin.
Bolangizning buyraklari qayerda bo‘lishi kerak bo‘lsa shu erda bo‘ladi, ammo ular hali ham bolangizning qonini filtrlashni boshlamagan. Tez orada ular siydik chiqarishni boshlaydilar, u amnion suyuqlikning katta hajmini hosil qiladi, va bola amnion suyuqlikda bola keyingi 7 oy davomida suzib yuradi.
7 hafta uchun maslahatlar
Stomatolog qabuliga yoziling. Og‘iz bo‘shlig‘i gigienasi va milk kasalligi muddatidan oldin tug‘ish va boshqa asoratlar bilan bog‘liq. Homiladorlik paytida og‘iz bo‘shlig‘ini qanday qilib sog‘lom saqlash haqida o‘z stomatologingiz bilan gaplashing. Homilador ekanligingizni ularga ayting, chunki homiladorlikning har qanday bosqichida rentgen nurlari xavfli bo‘lishi mumkin.
Ko‘proq zanjabil yeyishga harakat qiling. Ko‘pgina ayollar, zanjabilli pishiriqlar, zanjabil pivosi yoki zanjabilli konfetlar ko‘ngil aynishini yengillashishiga yordam berishini aytishadi. Engil salatlar ist’emol qiling, har bir ovqatlanish orasini uzoq cho‘zmang. Agar siz hozir choy yoki qahva icholmasangiz, tashvishlanmang. Ko‘p ayollar, bu homiladorlik paytida paydo bo‘ladigan ko‘plab jirkanishlarning birinchisi, deb aytishadi. O‘tli yoki yalpizli choyni sinab ko‘ring yoki muzli sovuq suv iching.
Tuzli ovqatlarni emang va o‘z omboringizni murabbo bilan to‘ldiring. Bu paytda ko‘p ayollar sho‘r, sirkali taomlarni eyishni xohlaydilar va ularni gazak sifatida yeganlarida, ular og‘ir ovqatlarga qaraganda oson hazm bo‘ladi. “B” vitaminlari ko‘p bo‘lgan va ozuqaviy qimmatli bo‘lgan yopilmalarni (konservalarni) qidirib toping.
Foydali Maslahatlar, Salomatlik, Salomatlik sirlari
Homiladorlikning 7 haftaligida nimalar bo’ladi