Homiladorlikning 6 haftaligida nimalar bo’ladi

Homiladorlikning 6 haftaligida nimalar bo’ladi

6 hafta: homilangiz kattaligi go’yoki loviya donachasidek

Homiladorlikning 6 haftasida bolaning o‘lchamini aniqlay olasiz. Bolani boshidan oyog‘igacha bo‘lgan uzunligini o‘lchab ko’rish mumkin, garchi bu noaniq bo‘lsa ham, va bnuning sababi 6 haftada bola hali ham yig’ilgan holatda bo‘lib, oxirida oyoqqa aylanadigan narsani yashirib yotadi. UTT yordamida bolani boshidan dumbasigacha o‘lchash standart amaliyot hisoblanadi. 6 haftada bolaning o‘rtacha o‘lchami 5-6 mm bo‘ladi. Uning kallasi tanasiga nisbatan juda katta, ammo yuz va jag‘ shakllanishi kerak bo‘lgan joyda allaqachon kichik ajinlar ko‘rinib turadi.

Tananing yon tomonidagi kichik ajinlar – bu kelajakdagi qo‘llar va oyoqlardir. Boshning har ikki tomonidagi kichik botiqliklar – kelajakdagi quloqlardir. Hatto bolaning yuz ko‘rinishi ham rivojlanishning juda erta bosqichida bo’ladi, ko‘zlari va burunlari esa endigina shakllanishni boshlagan bo‘ladi. Bolaning rivojlanishi jadal sur’atlar bilan rivojlanayotganiga qaramay, homilador ekanligingizni sizdan boshqa hech kim bilmaydi va sezmaydi.

6 haftada tanangizdagi jismoniy o‘zgarishlar

Ehtimol sizda o‘tgan haftadagidek simptomlar bo‘lishi mumkin, ammo ular yanada kuchayadi. Ko‘nglingiz yanada kuchli va ko‘p ayniydi, hidlarga nisbatan sezgirligingiz oshadi, ko‘p charchaysiz va o‘zingizni yomon his qilasiz. Sabr qiling va tabiat bilan kurashishga urinmang. Qizig‘i shundaki, siz o‘zingizni shunday his qilishingiz uchun o’ziga yarasha sabablar bor.

Siz ko‘pincha o‘zingizni yomon his qilasiz yoki doimo och qolgandek bo‘lasiz. Ba’zi ayollar bu erta bosqichda ko’p ovqat iste’mol qilishni boshlaydilar va ular odatda yoqtirmagan va hayoliga keltirmagan ovqatlarni ham xohlashadi. Go‘sht, baliq va dengiz mahsulotlari, mevalar, hatto muz ham sizning eng yaxshi ko’radigan maxsulotlaringizga aylanishi mumkin.

Ko‘krak va so‘rg‘ichlaringiz yanada sezuvchan bo‘lib qolishi mumkin. Ko‘kragingizda venalarning to‘planishidan ko‘k rang paydo bo‘lishi mumkin va sizning ko‘kraklaringiz hajm jihatidan tez o‘sishi mumkin. Ko‘kragingiz so‘rg‘ichlari qorayishi mumkin va bularning hammasi siz allaqachon qulay byustgalter taqishingiz kerakligini bildiradi.

Siz vaginal ajralma ko‘payganligini sezishingiz mumkin. Agar ular haddan tashqari ko‘p bo‘lsa, sizda qichishish yoki g‘alati hid paydo bo’lsa, bunday hollarda shifokoringiz bilan maslahatlashing. Homiladorlik paytida zamburug‘li infeksiyalar ko‘p uchraydi, chunki bu davrda gormonlar  o‘zaro musobaqa o‘ynaydi va natijada qin mikroflorasi va “pH” darajasi o‘zgaradi.

Siz tez-tez yutinishingiz kerakligini sezasiz. Ba’zi homilador ayollar ko‘p so‘lak ajratadilar va uni yo‘qotish uchun doimo yutinishga majbur bo‘lishadi. Bu normal holat hisoblanadi va keyingi haftalarda yo‘qoladi.

Ba’zi ayollar homiladorlikning 6 haftasidan boshlab bosh og‘rig‘idan shikoyat qiladilar. Dorilarni qabul qilishdan saqlaning va yotish, sog‘lom ovqatlanish, suyuqlik iste’mol qilishni ko‘paytirish yoki iliq dush qabul qilish kabi oddiy yondashuvlardan foydalanishga harakat qiling. Boshni massaj qilish ham bosh og‘rig‘ini engillashtirish uchun juda foydali bo‘lishi mumkin.

Agar siz oldin tuqqan bo‘lsangiz, kiyimingiz bel va ko‘krak qafasi bo‘ylab biroz torlashayotganini sezishingiz mumkin. Bu hali qorningizda yashiringan bolaning kattaligidan emas, balki umumiy semirish tufayli bo‘lishi mumkin.

6 haftada sizdagi hissiy o‘zgarishlar

Bu hafta ko‘p ayollar uchun tuyg‘ular nuqtai nazaridan hayajonli bo‘lishi mumkin. Homiladorlikni tan olish va ba’zi odatlardan voz kechish zarurligini anglash hissiyoti pasayadi. Chekish, spirtli ichimliklarni yoki giyohvand moddalarni iste’mol qilish – bu juda zararli va xavfli odatlardir, ayniqsa homiladorlik paytida. Qachonki farzandingiz o‘z rivojlanishining hal qiluvchi bosqichida ekan, ushbu odatlardan voz kechishingiz kerak.

Hojatxonadaligingizda hali ham xavotirlanishingiz mumkin. Sizning hayzingiz ikki haftaga kechikkan bo‘lsa-da va homilador ekanligingiz tasdiqlangan bo‘lsa ham, siz baribir homiladorlikning kechishi haqida, bolani yo’qotib qoyishingiz mumkinligi haqida tashvishlanishingiz mumkin. Bu tez-tez uchraydi, ayniqsa birinchi 12 hafta yoki birinchi trimestrda.

Ehtimol siz o‘z yangiliklaringizni boshqalar bilan baham ko‘rishga shoshayotgan bo‘lishingiz mumkin, ammo siz hali ham homilaning tushib qolishidan qo‘rqasiz. Homiladorligingizni qachon oshkor qilish haqida eringiz bilan maslahatlashib ko’ring.

6 haftada bolangizdagi o‘zgarishlar

Bu haftada sizning kichkintoyingiz kichkinagina itbaliqqa o‘xshaydi. Katta bosh, kichkina tana, va oyoqlar bo‘ladigan joyda kichkina shishlar. Havotir olmang; tana qismlarining shakllanishi sizni kuttirmaydi, chunki 6 haftada, xar kuni rivojlanishda katta o‘zgarishlar bo‘ladi. Hatto uxlayotganingizda ham.

Bolangizning yurak urishini vaginal UTTda ko‘rish mumkin va agar sanaydigan bo’lsangiz, yurak 1 daqiqada taxminan 140 marta uradi.

Ushbu kichik mavjudotda muhim ichki a’zolar shakllanadi. U kichkina bo‘lishiga qaramay, unda jigar, buyraklar va hatto o‘pkalari uchun ham joy yetarli bo‘ladi. Farzandingizni o‘stirish uchun juda ko‘p energiya sarflangani sababli sizning charchashingiz ajablanarli emas.

Bu hafta bolangizning jag‘i, iyagi va hatto yonoqlari shakllana boshlaydi. Avvaliga ular kichkina bo’ladi, ammo ular bu haftadan boshlab yanada kattalashadi.

6 hafta uchun maslahatlar

Sumkangizda har doim yeyishga narsa bo‘lsin. Homiladorlik paytida ko‘ngil aynishni yengish uchun quruq tuzlangan kreker, shirin pechene va suv bo‘lishi mumkin.

Agar mashinangiz bo‘lsa, mashinada qayt qilish uchun idish saqlang. Agar siz boshqalarning oldida o‘zingizni yomon his qilsangiz, xijolat bo‘lmaslikka harakat qiling. Hamma bu bosqichdan o‘tadi va bilingki, bu bosqich juda uzoq davom etmasligi kerak.

Ushbu haftada har qanday toksinlar, kimyoviy moddalar, dorilar, rentgen nurlari, alkogol yoki umuman xavfli harakatlardan saqlaning. 6 hafta – embrional o‘zgarishlar va rivojlanishlar uchun muhim davr.

Oltinchi haftada vazn yo‘qotgan bo‘lsangiz, tashvishlanmang. Ko‘ngil aynishi va qusish vazn yo‘qotishga olib kelishi mumkin, va kelgusi haftalarda sizda vazn olish va semirish uchun vaqt ko‘p bo‘ladi

Foydali Maslahatlar, Salomatlik, Salomatlik sirlari
Homiladorlikning 6 haftaligida nimalar bo’ladi