Homiladorlikning 5 haftaligida nimalar bo’ladi

Homiladorlikning 5 haftaligida nimalar bo’ladi

5  hafta: homilangiz kattaligi go’yoki anor donachasi kabi

Homiladorlikning  5 haftasiga o‘tganingizda siz organizmingizda nimadir yuz berayotganiga shubha qila boshlaysiz. Sizning hayzingiz o‘z muddatida kelmadi va hatto bir haftadan keyin ham yo‘q. Siz o‘zingizni odatdagidan mutlaqo boshqacha his qilishni boshlashingiz mumkin, ammo siz bu faqat xayol bo‘lishi ham mumkin deb o‘ylashingiz mumkin. Agar siz hali ham homiladorligingizni siydik sinovi bilan tasdiqlamagan bo‘lsangiz, bu narsa uchun 5 hafta belgilangan. Esingizda bo‘lsin, homiladorlikni aniqlash uchun eng yaxshi vaqt – homiladorlik gormoni (OXG) darajasi eng yuqori bo‘ladigan ertalabki birinchi siydik.

Ko‘p ayollar birinchi trimestr oxirigacha shifokorga tashrif buyurishmaydi. Agar siz hozir shifokoringizga yoki akusherga murojaat qilsangiz, ular bolangizning tug‘ilgan kunini aniqlay olishadi. Shu bilan bir qatorda, onlayn kalkulyatorlardan biriga murojaat qiling, ular so‘nggi hayz kuningizning birinchi kunini so‘rashadi va keyin tug‘ruq kuningizning taxminiy kunini aniqlaydi. Ortga hisoblash vaqti rasman boshlandi!

Homiladorlikning erta simptomlari ko‘ngil aynish va tez-tez yig‘lashni xoxlash kabi klassik ko‘rinishga ega bo‘lsa-da, aksariyat ayollar, bu homiladorlik holatini qandaydir tushunarsiz xis deb hisoblashadi. Hatto sizning eringiz sizni odatdagidan ko‘proq ta’sirchan va injiq bo‘lib borayotganingizni sezadi. Sizning ko‘rinishingizda hech qanday farq ko‘zga tashlanmasa ham, siz rasman homiladorlikning ikkinchi oyidasiz va sizning tug‘ishingizga 7 oy qoldi!

5 haftada tanangizdagi jismoniy o‘zgarishlar

Siz o‘zingizni o‘zgarishlarsiz, o‘tgan haftadagidek sezishingiz mumkin. Havotir olmang. Har bir ayol har xil va har birining o‘ziga xos homiladorlik tajribasi bo‘ladi.

Ertalab uyg‘onganingizda yoki ovqatlanganingizdan keyin uzoq vaqt o’tib ketsa ko‘nglingiz aynishi mumkin. Ba’zida qayt qilishingiz yoki o’zingizni qayt qiladigandek sezishingiz ham mumkin. Ushbu holat kun davomida takrorlanishi mumkin.

Siz o‘zingizni holsiz yoki kuchsiz his qilishingiz mumkin, shuning uchun ko‘proq o‘tirishingiz kerak. Agar sizda qonda qand miqdori kam bo‘lsa va ovqatlanganingizdan keyin ancha vaqt o‘tgan bo‘lsa, o’zingizni yanada kuchsizroq sezishingiz mumkin.

Siz hidni juda sezadigan bo‘lib qolishingiz mumkin va hatto oldin bilinmagan hidlar ham sizning burun teshiklaringizga chuqur ta’sir qilishi mumkin. Atir, oziq-ovqat, mashina tutuni yoki boshqa birovning tanasining hidi ko‘nglingiz aynishi boshlanishi uchun etarli bo‘lishi mumkin.

Siz bachadonda, xuddi hayz ko‘rish paytida bo‘lgani kabi, og‘irlik his qilishingiz mumkin. Bu kichik tos venalarining kengayishi va bachadon qon ta’minotining oshishi tufayli seziladi.

Homiladorlikning 5 haftasida yo‘ldosh va amniotik xalta hali ham shakllanish bosqichida bo‘ladi. Ular bolani himoya qilishga, uni ovqatlantirishga va uning rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan barcha narsani yaratishga yordam beradi. Bularning barchasi sizning bachadoningizda sodir bo‘ladi va siz his qiladigan to‘liqlik hissini tushuntirib beradi.

Ko‘kraklaringiz odatdagidan og‘irroq va sezgir bo‘lib qolishi mumkin. Siz yotganingizda odatdagidek qorningizda yotolmaysiz, chunki ko‘kraklaringiz juda mayin bo‘lib qolgan bo‘ladi.

5 haftada sizdagi hissiy o‘zgarishlar

Siz bu haftada yig‘lashni xoxlab qolasiz yoki hissiy havotirlarga moyil bo‘lib qolasiz. Siz bir vaqtning o‘zida turli xil his-tuyg‘ularni his qilishingiz mumkin. Hayajon, quvonch, tashvish, ayb. Agar homilador bo‘lishni rejalashtirgan bo‘lsangiz va homilador ekanligingizni bilsangiz, bu ajoyib hissiyotlar haftasi bo‘ladi.

Biroq, bu aksincha bo‘lishi ham mumkin, siz xursand bo‘lmasligingiz mumkin. Hamma ayollar ham homiladorligini bilsa xursand bo‘lmaydi va bu hafta siz uchun xafagarchilik haftasi bo‘lishi mumkin. Ko‘p ayollarga homiladorligini bilish juda qiyin bo‘ladi va unga ko‘nikish uchun biroz vaqt kerak bo‘lishi mumkin.

O‘zingizni ikki o‘t orasida sezishingiz mumkin: boshqa homilador ayollardan maslahat so‘rash kerakmi yoki yangiliklarni o‘zingizda saqlash kerakmi. Aksariyat ayollar bu vaqtni o‘zgacha deb bilishadi, chunki dunyodagi boshqa odamlar ularning homiladorligini bilishmaydi. Ushbu davrda homiladorligingizni, xuddi sizning kichik siringiz kabi oshkor qilmasligingiz mumkin.

Siz bolangiz va sog‘lig‘ingiz haqida tashvishlana boshlashingiz mumkin. Ushbu davr juda qiyin, chunki siz boshdan kechiradigan narsalarning ko‘pi sizga notanish bo‘lishi mumkin. Siz hatto sherigingiz qanday his qilishi yoki homiladorligingiz munosabatlaringizga qanday ta’sir qilishi haqida ham tashvishlanishingiz mumkin.

Ehtimol, siz oilangiz va do‘stlaringizga homilador ekanligingizni aytish kerakmi yoki yo‘qligini bilmaysiz. Homiladorlikning dastlabki 12 haftasi juda xavfli bo‘lishi mumkin va hamma homiladorlik ham bu davrdan o‘ta olmaydi. Er-xotinlarning farzand kutayotganlarini boshqalarga aytish yoki aytmaslik – bu shaxsiy qaror hisoblanadi. Ko‘pchilik, bola tushish xavfi 1% dan oshmaydigan 12 haftalikkacha kutishadi.n

5 hafta bolangizdagi o‘zgarishilar

Bu hafta sizning kichkina homilangiz anor donachasidek bo‘ladi va uni endi UTT (ultratovush tekshiruvi) da ko‘rish mumkin.

Homiladorlik paytida 10 ta taqiq

Bolaning boshi kattaga o‘xshaydi va dastlabki yurakchasi urishni va o‘zining kichkina tanasida qonni aylantirishni boshlagan bo‘ladi. Ba’zida 5 haftalikda siz ultratovush tekshiruvida yurak urishini ko‘rishingiz mumkin. Ushbu bosqichda vaginal UTT qorin UTT ga qaraganda ko‘proq ma’lumotlar beradi.

Hozir uning yuragi odatdagidek (4 kamerali) bo‘lmasada, ammo bolada mavjud bo‘lgan naychaga o‘xshash kanallar yurak ishini ideal darajada eplaydi.

Bolangizning bosh va orqa miyasi shakllanadi, ammo hali ochiq bo‘ladi. Ularning yopilishi uchun hali vaqt kerak.

5 hafta uchun maslahatlar

Har kuni vitaminlaringizni qabul qilishni unutmang. 5 haftada bolangizning nerv naychasi (bosh va orqa miya) ochiq bo‘ladi, ammo kelgusi haftaga qadar yopiladi.

Biron bir dorini qabul qilmang, agar bu juda zarur bo‘lmasa, va shifokoringiz yoki farmatsevtingiz uni qabul qilishga ruxsat bergan bo‘lmasa. Ba’zi dorilar embrional rivojlanishga zararli ta’sir ko‘rsatadi.

Iloji bo‘lsa dam olishga harakat qiling. Siz o‘zingizni juda charchagandek his qilishingiz mumkin va bu bilan kurashishning eng yaxshi usuli – bu uyqu va xotirjamlikdir.

Foydali Maslahatlar, Salomatlik, Salomatlik sirlari
Homiladorlikning 5 haftaligida nimalar bo’ladi