Homiladorlikning 4 haftaligida nimalar bo’ladi
Mavzu davomida
4 hafta
Implantatsiya vaqti! Ushbu haftada, endi blastotsista deb nomlangan embrion bachadonga yo’l topadi, va keyingi 36 hafta davomida u yerda yashash uchun qulay joy qidiradi. Implantatsiya odatda siz hayzni kutgan vaqt atrofida sodir bo’ladi, shuning uchun ko’pchilik ayollar 4 haftada ozgina qon ketganda ajablanmaydilar.
Ammo, faqatgina yengil qon ketish bo’lsa, odatdagi hayzdan emas, implantatsiyadan qon ketgan deyish mumkin. Ushbu bosqichda bachadon devori qon bilan to’yingan, shuning uchun har qanday buzilish yengil qon ketishiga olib keladi. Ba’zi ayollar, blastotsista joylashayotgan paytni chinakam his qila oladilar. Kim boladi, balki ular xaqdir?
Men hali ham hayajonlansam bo’ladimi?
Agar siz kutgan haftada hayz bo’lmasa, homilador bo’lganligingizdan shubhalanishingiz mumkin. O’zingizning hayzs sikllaringizni taqvim bilan kuzatib borish bu yaxshi fikr. Agar tanangiz – o’zini odatdagidan biroz boshqacha his qilsa, homiladorlikning dastlabki belgilarini sezishingiz mumkin. Agar o’zingizni odatdagidek his qilsangiz, tashvishlanmang. Siz rasman 4 haftalik homilador bo’lsangiz ham, sizning tanangiz hali ham homiladorlikning barcha o’zgarishlariga moslashmoqda.
4 haftalik homilador bo’lganingizda, homiladorlik qon yoki siydik tahlillari bilan tasdiqlanishi mumkin. Ikkala tahlil ham odam xorion gonadotropinini (XG) aniqlashga juda sezgir. Siz uyda siydikni tekshirib ko’rishingiz mumkin va buni amalga oshirish uchun eng yaxshi vaqt – ertalabdir. Ertalab XG konsentratsiyasi eng yuqori darajada bo’ladi.
4 haftada tanangizdagi jismoniy o’zgarishlar
Siz tos sohasi spazmlarini va «to’liqlik”ni his qilishingiz mumkin. Siz odatdagidan ko’ra ko’proq dam bo’lish yoki gaz ajralishini his qilishingiz mumkin.
Agar ko’p vaqt davomida ovqatlanmagan bo’lsangiz, ko’ngil aynish yoki ertalabki og’riqlarni boshdan kechirishingiz mumkin. Ba’zi oziq-ovqat mahsulotlarining hidi yoki ular haqida o’ylash ham, odatda siz ularni yoqtirsangiz ham, ko’ngil aynishiga olib kelishi mumkin. Qahva, baliq, qizil go’sht va hatto uy hayvonlari uchun emishlar ham ko’ngil aynishiga olib kelishi mumkin.
Sizning ko’kraklaringiz mayin bo’lishi mumkin va so’rg’ichlar yanada sezgir bo’lib qoladi. Sizning ko’kraklaringiz yanada to’liq va yumaloq ko’rinishi mumkin, ayniqsa ko’kragingiz kichik o’lchamda bo’lsa bu yaqqol bilinadi.
Hojatga tez-tez borishni xohlashingiz mumkin. Siz odatdagidek uzoq vaqt ushlab turolmaydiganga o’xshaysiz va siydik oz-oz ajraladi. Bularning barchasi sizda qon hajmining ko’payishi va to’liq bachadonning siydik pufagiga boʻlgan bosimi bilan bog’liq.
Implantatsion qon ketishdan kiyimingizda kichik dog’ bo’lishi mumkin.
4 haftada sizdagi hissiy o’zgarishlar
Sizda qo’rquv va hayajon hissi paydo bo’lishi mumkin. Hayzning kelishini kutish abadiylik kabi tuyulishi mumkin, tekshirish uchun tez-tez hammomga qatnaysiz.
Siz o’zingizni hayzni odatda kutganingizdek his qilishingiz mumkin. Faqat bir oz hissiyotliroq, oson asabiylashadigan va umuman injiqroq bo’lasiz.
Agar siz homilador bo’lishni xohlasangiz, ammo sizda homiladorlik testi salbiy bo’lsa, natijadan hafsalangiz pir bo’lishi mumkin. Eringiz yoki jismoniy sherigingiz bilan gaplashib ko’ring. Boshqa tomondan, agar siz homilador bo’lishni rejalashtirmagan bo’lsangiz, ammo homilador ekanligingizni bilib qolsangiz, bu stress sababchisi bo’lishi mumkin.
4 haftada farzandingizdagi o’zgarishlar
Bu hafta bolangiz o’lchami to’liq lola guli urug’i hajmiga to’g’ri keladi. Uni hali ham oddiy ko’z bilan ko’rish qiyin bo’ladi.
Homiladorlikning 4 haftasida ko’plab yangi hujayralarning shakllanishi va bo’linishi sodir bo’ladi. 3 ta alohida hujayralar qatlamlari shakllana boshlaydi:
•Tashqi qatlam (ektoderma), vaqt o’tishi bilan teri, ko’z, sochlar, asab tizimi, miya va hatto bola tishlarining emaliga aylanadi.
•O’rta qavat (mezoderma) ularning skeleti, mushaklar va buyraklar, to’qimalar va tomir (qon aylanish tizimi) tizimiga aylanadi.
•Ichki qavat (endoderma) vaqt o’tishi bilan ularning ichki a’zolariga aylanadi.
Hujayra ma’lum bir funksiyaga dasturlashtirilgandan keyin u boshqa hujayraga aylana olmaydi. Ularning har biri boshidanoq dasturlashtirilgan va nima qilish kerakligini va nima bo’lib yetilishni biladi.
4 hafta uchun maslahatlar
•Dorixona yoki supermarketdan bitta yoki ikkita homiladorlik testini xarid qiling. Eng qimmati har doim ham eng yaxshisi bo’lmaydi. Testni takrorlashingiz uchun bitta paketda 2 ta tayoqcha borligini tanlang. Soxta ijobiy natija olishning ilojisi yo’q, garchi juda erta bosqichlarda soxta salbiy natija olishingiz mumkin. Testni davom ettiring – agar u ijobiy bo’lsa, bu yaxshi sovg’a bo’ladi.
•Tug’ruqqacha davom etadigan shifokorga tashriflarning birinchisini amalga oshiring. Dastlab o’zingizning davolovchi shifokoringizga uchrashing, u sizni davolanishni davom ettirish uchun akusherga yuboradi.
•Haddan tashqari isib ketishdan saqlaning va sog’lom bo’lishga harakat qiling. Homiladorlikning dastlabki haftalaridagi isitma ba’zan bolaning shakllanishiga xavf tug’dirishi mumkin.
Foydali Maslahatlar, Salomatlik, Salomatlik sirlari
Homiladorlikning 4 haftaligida nimalar bo’ladi