Homiladorlikning 3 haftaligida nimalar bo’ladi

Homiladorlikning 3 haftaligida nimalar bo’ladi

3 hafta

Tabriklaymiz, siz o’zingizni rasman homilador deb hisoblashingiz mumkin. 3 haftalik homiladorlik degani, eringizning spermatozoidlaridan bittasi bitta tuxum hujayrani urug’lantirgan va siz hozir homiladorlikning dastlabki bosqichidasiz degani. Agar omadli tasodif bilan siz ikkita tuxum hujayra ajratgan bo’lsangiz va ikkalasi ham urug’langan bo’lsa, unda siz bir xil bo’lmagan (dizigot) egizaklarga homilador bo’lasiz. Ammo siz buni sezmaysiz, chunki bularning barchasi mikroskopik darajada sodir bo’ladi. Homiladorlikning 3 haftasida organizmingiz tomonidan homiladorlik gormonlari ishlab chiqaradigan biron bir effektni sezmaysiz.

Urug’lantirish

Tuxum hujayrani bitta spermatozoid bilan qo’shilish jarayoni taxminan 24 soat davom etadi. Faqat bitta spermatozoid tuxum markaziga etib boradi. Spermatozoid tuxum hujayraga etib borganidan so’ng, qolganlari u yerga tusha olmasligi uchun, tuxum hujayra himoya devorini qurishni boshlaydi. Oxir oqibat, qolgan spermatozoidlar «taslim bo’ladi». Agar bitta spermatozoid bitta tuxum hujarani urug’lantirsa va u bo’linsa, unda bir xil egizaklar tug’iladi. Urug’lantirilgan tuxum zigota deb ataladi va u tobora ko’proq hujayralarga bo’linishni boshlaydi.

Homiladorlik dari

Taxminan 3-kunga kelib, hujayralar allaqachon 12 tani tashkil etadi, boshida ular 2 ta bo’lgan edi. Bu bosqichda zigota hali fallopiy naychasida bo’ladi, bachadonga yo’l topishga harakat qiladi va bachadonda keying 37 hafta yashaydi. Kiprikchalar deb ataladigan kichkina, barmoq o’lchamidagi sochlarga o’xshash tuzilmalar fallopiy naychasi bo’ylab zigotani yo’naltiradi va u zigotani kerak bo’lmagan joyga joylashib qolishiga yo’l qo’ymaydi. Bachadonga etib borishi uchun urug’langan tuxum hujayraga 60 soat kerak bo’ladi, bu vaqtga kelib u 60 ta hujayradan iborat bo’ladi, va u hujayralarning hammasi oldindan belgilangan aniq vazifa va maxsus funksiyaga ega bo’ladi. Tashqi hujayralar yo’ldoshni, ichki hujayralar esa bolani hosil qiladi.

Fallopiy naychasidagi urug’lanishdan taxminan bir hafta o’tgach, tuxum hujayra bachadonning endometriysiga kiradi. Bu vaqtga kelib, hujayralar soni 100 ga etadi, ular blastotsistalar deb ataladi. Ushbu bosqichda xorion gonadotropini (XG) deb nomlanadigan homiladorlik gormoni ishlab chiqariladi, u homiladorlik testini o’tkazayotganda siydikda yoki qonda topiladi. Agar XG gormoni ishlab chiqarishni davom ettirish haqida signal bo’lmasa, unda bachadon endometriysi yaroqsiz holga keladi va u organizmdan tashqariga chiqarib tashlanadi.

3 haftada tanangizdagi jismoniy o’zgarishlar

Siz hali homilador bo’lganingizdan shubhalanmaysiz. Homilador bo’lish qilganingizga va kontratsepsiya vositalarini iste’mol qilishni to’xtatishga qaramay, siz 3 haftalik homilador ekanligingizni bir necha hafta o’tgach bilasiz.

Ba’zi ayollar homiladorlikni urug’lanish bo’lishi bilanoq aniqlay olishlari mumkinligiga ishonadilar. Ularning so’zlariga ko’ra, ular og’izlarida g’alati ta’m his qilishadi, go’yo biron bir narsa sodir boʻlgandek o’zlarini boshqacha his qilishadi. Homiladorlikning 3 haftasidagi gormonal o’zgarishlar ushbu simptomlar uchun javobgar boʻlmaydi, ammo biz ko’plab ayollar haq bo’lishi mumkinligini ham inkor eta olmaymiz.

Jismoniy faolligingiz haqida ko’p o’ylashingiz yoki turmush tarzingizni o’zgartirishingiz shart emas. Agar sizning tuxum hujayralaringizdan biri urug’langan bo’lsa, unda u qayerga borishi kerakligi va nima qilishi kerakligini biladi.

3 haftada sizdagi hissiy o’zgarishlar

Ehtimol, siz o’zingizni homiladorligingiz haqida ayta olishingiz uchun vaqtni tezroq o’tishini xohlayotganingiz uchun ozgina asabiy his etarsiz. Agar siz 3 haftalik homilador bo’lsangiz, o’zingizni tuting, bu sizning bolangiz rivojlanishidagi muhim bosqichlardan biridir. U buzilmasligi kerak.

3 haftada farzandingizdagi o’zgarishlar

Ehtimol, siz o’zingizni homiladorligingiz haqida ayta olishingiz uchun vaqtni tezroq o’tishini xohlayotganingiz uchun ozgina asabiy his etarsiz. Agar siz 3 haftalik homilador bo’lsangiz, o’zingizni tuting, bu sizning bolangiz rivojlanishidagi muhim bosqichlardan biridir. U buzilmasligi kerak.

3 haftada farzandingizdagi o’zgarishlar

Hozircha bolangiz juda va juda kichkina. U hali hujayralar to’plamidan iborat va odamsimon narsaga o’xshamaydi. Biroq, u bir kunda 24 soat davomida tez ko’payadi.

3 hafta uchun maslahatlar

• Agar siz tish shifokoriga tashrif buyurmoqchi bo’lsangiz, ularga homilador bo’lishingiz mumkinligi haqida ayting. Rentgen nurlari homiladorlikning datlabki bosqichlarida juda zararli.

• Atrofingizga e’tibor bering. Atrof muhitda homiladorlik paytida hujayralar ko’payishiga xalaqit beradigan pestitsidlar yoki zaharlar bo’lishi mumkin.

• Spirtli ichimliklarni iste’mol qilishdan yoki siz uchun maxsus buyurilmagan dori-darmonlarni qabul qilmaslikka harakat qiling.

• Tarkibida foliy kislotasi bo’lgan tug’ruqdan oldingi vitaminlarni qabul qilishni boshlashni yoddan chiqarmang.

Foydali Maslahatlar, Salomatlik, Salomatlik sirlari
Homiladorlikning 3 haftaligida nimalar bo’ladi