Homiladorlikning 20 haftaligida nimalar bo’ladi
Mavzu davomida
20 hafta: homilangiz kattaligi go’yoki mangodek
Tabriklayman, siz homiladorlikning yarmidan o‘tdingiz. Homiladorlik o‘rtacha 40 hafta davom etsa-da, har ikki tomonga 2 haftaga o‘zgarish normal deb hisoblanadi. Kichkintoy belgilangan sanasida tug‘iladi deb umid qilmaslikka harakat qiling va o‘sha kunga reja tuzmang. Taxminiy tug’ish muddati faqat qo‘llanma siafitda ishlatiladi. Agar sizda hayz tartibsiz bo‘lgan bo‘lsa yoki bolangizga qachon homilador bo‘lganingizga ishonchingiz komil bo‘lmasa, UTT sizning bolangizning etukligini va homilangiz qaysi haftadaligini aniq baholab berishi mumkin.
Homiladorlikning 20 haftasida, siz qorningizdagi bu kichik bo‘lakcha bilan biroz boshqacha yurayotganingizni sezishingiz mumkin. Buning sababi, sizning og’irlik markazingiz o‘zgarmoqda. Qomatingizni kuzatib boring va onangizning: “Bukrilama va elkangni orqaga tashla” deganini eslang. Qiziq, to‘la qorinda yana qancha joy bor ekan. Agar ishingiz stol ortida o‘tirib ishlash bilan bog’liq bo‘lsa, ish joyingizni qanday qilib qulay qilish haqida o‘ylang. Balki keraksiz zo‘riqishni oldini olish uchun siz orqa suyanchiqni va o‘rindiq balandligini sozlashingiz kerakdir. Ish joyingizni shunday tartibga solingki, u siz uchun qulay bo’lsin. Ba’zi tashkilotlarda sizga ish uchun ba’zi amaliy g‘oyalarni bera oladigan kasbiy terapevtlar mavjud.
Oh, poyabzalim meni o‘ldirmoqda!
Yurganingizda turg‘un bo‘lishingiz uchun qulay poyabzal kiyganingizga ishonch hosil qiling. Agar baland poshnali kiyim kiyishga odatlangan bo‘lsangiz, tekis poyabzallar haqida o‘ylab ko‘ring. Ko‘p ayollarning poyabzallari ikkinchi trimestrda mos kelmay qoladi. Bunda homiladorlik gormonlarini ayblang! Aslida, ayollar uchun poyabzal o‘lchamining oshishi me’yoriy holdir.n
Oh! His silab korsam bo’ladimi?
Atrofingizdagi odamlar sizning homiladorligingizga qiziqish va hayajon bilan qarashi mumkin. Aksariyat odamlar bo‘lajak onalarni yaxshi ko‘radilar va ularda homiladorlik qanday o‘tayotganiga samimiy qiziqish bildiradilar. Ba’zilar hatto avtomatik ravishda sizning qorningizga qo’lini qo’yib, chaqaloqni his qilishlari mumkin. Bunga qanday reaksiya qilish sizga bog‘liq. Siz buni juda yoqimli yoki, aksincha, yoqimsiz deb bilishingiz mumkin. Sizning qorningizni himoya qilishingiz va ongli ravishda uni potensial zarardan “himoya qilish” – normal holat. Odamlarga, qorningizga tegmaslikni va bu sizni noqulay ahvolga solayotganini aytishga uyalmang yoki shunga ishora qiling. Agar aksincha bo‘lsa, diqqat va hayajondan zavqlaning, bu sizning homiladorligingiz davomida albatta kuzatiladi.
20 haftada tanangizdagi jismoniy o‘zgarishlar
Homiladorlikning 20 haftasida bo‘lganingizda UTT yo‘ldosh bachadonda pastda yotganligini aniqlasa, tashvishlanmang. Yo‘ldosh bachadon devoriga yaxshi bog‘langan bo‘lsa ham, sizning bachadoningiz yuqoriga qarab o‘sadi va kengayadi, shuning uchun u o‘sha joyda qolib ketmaydi.
Bu haftada sizning bachadoningiz kindik darajasida joylashadi. Sizning belingiz g‘oyib bo‘lib, buning o‘rniga tanangizning kengligi qo‘ltiqdan songacha bir xil ekanligini ko‘rishingiz mumkin. Agar ilgari bolangiz bo‘lgan bo‘lsa, ehtimol buni tezroq payqaysiz, chunki qorin pressi mushaklari ilgari cho‘zilgan bo‘ladi va oldingidek qattiq bo‘lmaydi.
Yuragingiz qon haydash qobiliyatini oshirib bormoqda va shu hafta har daqiqada taxminan 7 litr qon hayday olmoqda. Homiladorlik gormonlarining ta’siri tufayli qon tomirlari qo‘shimcha qon oqimini ta’minlash uchun zaiflashadi. Bu shuni anglatadiki, sizda tomir varikozi yoki hatto gemorroy paydo bo‘lishi mumkin. Xavotir olmang. Tug‘ilgandan so‘ng, ular yo‘qoladi va odatda doimiy muammolarga olib kelmaydi.
Ko‘krak, qo‘ltiq ostingizda yoki oyoqlaringiz orasidagi toshma paydo bo‘lishi mumkin. Sizning ichki tana haroratingiz odatdagidan bir necha darajaga yuqori, shuning uchun siz odatdagidan ko‘ra ko‘proq terlaysiz. Paxtadan bo‘lgan ichki kiyimdan boshqa narsa kiymaslikka harakat qiling va o‘lchamlari sizga mos kelishiga ishonch hosil qiling. Chiroyli emas, balki qulay bo‘lgan narsalarni kiying.
Xloazma – to‘q pigmentli yuz niqobi homilador onalarning qariyb 50-75 foizida uchraydi, shuning uchun agar sizda u yo‘q bo‘lsa, omadli ekansiz. Shuningdek, u kapalak niqobi sifatida ham ma’lum, kapalakka o‘xshash, yonoqlar ustida “qanot” hosil qiladi. Xloazma tug’ganingizdan keyin yo‘qoladi, ammo agar u sizni bezovta qilsa, uni yashirish uchun niqoblovchi vosita yoki asosdan foydalaning. Agar ko‘chaga chiqsangiz, shlyapa kiying va quyosh nuridan himoya qiladigan kremdan foydalaning. UVA va UVB nurlari sizga zarar yetkazishi mumkin.
Ushbu haftada bosh aylanishi yoki hushdan ketish bo‘lishi mumkin, bu ikkinchi va uchinchi trimestrlarda odatiy holdir. Bitta joyda uzoq vaqt tik turib qolmang, agar yotgan bo‘lsangiz, tezda turib ketmaslikka harakat qiling. Tanangizni gorizontaldan vertikal holatga moslashishiga qo‘yib bering.
20 haftada sizdagi hissiy o‘zgarishlar
Bu hafta siz o‘zingizning ishingiz va tug‘ruq haqida o‘ylashingiz mumkin. 20 haftada odatda ma’lum bir ruhiy siljish sodir bo‘ladi, chunki endi tug’ishngizgacha ko’p vaqt qolmaganligini anglaysiz. Ayollarning juda oz foizi tug‘ruqdan chindan ham qo‘rqishadi va ularda homiladorlik butun davri davomida jiddiy bezovtalikka sabab bo‘ladi. Agar siz ulardan biri bo‘lsangiz, o‘z muammolaringiz haqida akusher yoki shifokor bilan albatta gaplashing. Ba’zida tug‘ruqqacha konsultatsiya zarur bo‘ladi.
Agar bu sizning skrining qiladigan haftangiz bo‘lsa, siz avvalgidan ko‘ra bolangiz bilan yanada katta hissiy aloqani his qilishingiz mumkin. Ko‘p ayollar homiladorlik tekshiruvi chaqaloqning ahvoli yaxshi ekanligini tasdiqlamaguncha o‘zlarining his-tuyg‘ularini ushlab turishadi. Bu odatiy xol. Kichkintoyingizning yuzini birinchi marta ko‘rish, hatto u ekran orqali ko‘rinsa ham – muhim voqeadir.
Agar siz xavfli vaziyatga tushib qolsangiz, qo‘lingiz avtomatik ravishda qorningizni ushlash uchun pastga tushishini sezgan bo‘lsangiz kerak. Sizning miyangizning fikrlash markazlarini chetlab o‘tayotganga o‘xshab ko‘rinadigan bu kichik odatlarga o’rganing va shunchaki avtopilotga o’ting. Buning harakatlarning ortida muhim moxiyat mavjud.
Sizning eringiz o‘zini biroz chetlatilgandek his qilyaptimi? U UTTga va shifokorlarga siz bilan borishiga ishonch hosil qiling. Garchi siz bolangizga 100 foiz e’tibor qaratgan bo‘lsangiz ham, u faqat sizning simptomlaringiz orqali homiladorlik haqida bilganini eslashga harakat qiling. Unga bolangiz bilan o‘z munosabatini rivojlantirish uchun unga vaqt bering va uni uzoqlashtirmang.
20 haftada bolangizdagi o‘zgarishlar
20 haftada bolangizda tashqi quloqlar allaqachon mukammal shakllangan bo‘ladi. Ular tovush to‘lqinlarini ichki quloqqa yo‘naltirish uchun mo‘ljallangan, bu yerda esa qorin devori orqali o‘tadigan shovqin eshitiladi. Shuning uchun ham, bola tug‘ilganida sizning ovozingizni tanishi uchun u bilan har kuni gaplashish juda muhimdir.
Bu haftada bolangiz boshidan oyog‘igacha 25 santimetr uzunlikda bo‘ladi. Uning terisi hali ham pishloqsimon yog’, oq va yog‘li qoplama bilan qoplangan, u bolangizning nozik terisini qurib qolishdan himoya qiladi.
Ushbu haftada bolangiz taxminan 320 ml amnion suyuqligi ichida yotadi. Suyuqlikning harorati sizning tanangizning haroratidan bir oz yuqori saqlanadi. Bu bolani issiq tutishga yordam beradi.
Ushbu haftada siz bolaning harakatlarini ko‘p sezasiz. Ular sizni noqulay ahvolga soladigan darajada kuchli emas va bu farzandingiz o‘zini yaxshi his qilayotganiga sizni ishontirishning ajoyib usuli.
20 hafta uchun maslahatlar
Agar sizni tomirlaringizning varikoz kengayishi bezovta qilayotgan bo‘lsa, ushlab turuvchi chulki yoki kolgotkilarga e’tibor bering. Agar siz uzoq vaqt tik turishingiz kerak bo‘lsa, bu sizning hayotingizni biroz yengillashtirishi mumkin. Imkon bo‘lganda oyoqlaringizni ko‘tarishga harakat qiling, o‘tiring va uzoq vaqt tik turishdan saqlaning.
Agar sizning ratsioningizda kletchatka va suyuqlik ko‘p bo‘lsa, gemorroyni yengillashtirish mumkin. Donli yormalar, mevalar, sabzavotlar, dukkaklilar foydali hisoblanadi. Hojatxonada uzoq vaqt o‘tirganingizda kuchanishdan saqlaning. Agar siz hojatxonaga borishingiz kerakligini his qilsangiz, uni kechiktirmang. Tanangiz signallarini uzoq muddatga e’tiborsiz qoldirish muammolarga olib kelishi mumkin, shuning uchun borishingiz kerak bo‘lsa, darrov boring!
Agar siz tug‘ruqdan oldingi mashg‘ulotlarga haligacha yozilmagan bo‘lsangiz, hozir yoziling. Garchi ilgari farzandingiz bo‘lgan bo‘lsa ham, malaka oshirish kursi haqida o‘ylab ko‘ring. Aks holda kutubxonaga boring, Internetda obro‘li saytlarda bir necha soat o‘tiring va homiladorlik va tug‘ruqhaqidagi bilimingizni takomillashtiring. Bu sizning xabardor bo‘lishingiz va o‘zingizning va farzandingizning sog‘lig‘ini to‘g‘ri nazorat qilishingiz uchun kerak bo‘ladi.
Belingizni asrang. Og‘ir narsalarni ko‘tarishdan va ko‘tarayotganda aylantirishdan saqlaning. Homiladorlikda belda og‘riq va haddan tashqari zo‘riqish tez-tez uchraydi va uni davolashdan ko‘ra, bel jarohatini oldini olish osonroq. Agar siz og‘riqni his qilsangiz, tabiiy davolanishga murojaat qiling. Issiq vannalar yoki dush, massaj, kompresslar va mashqlar sizga yordam berishi mumkin. Agar belingizda doimiy og‘riqlar bo‘lsa, fizioterapevtga borishni o‘ylab ko‘ring. Umurtqa pog‘onasi mushaklarini kuchaytirish va qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus mashqlar mavjud.
Foydali Maslahatlar, Salomatlik, Salomatlik sirlari
Homiladorlikning 20 haftaligida nimalar bo’ladi