Homiladorlikning 14 haftaligida nimalar bo’ladi

Homiladorlikning 14 haftaligida nimalar bo’ladi

14 hafta: homilangiz kattaligi go’yoki limondek

Bu 2 trimestrning birinchi haftasi, ko‘pchilik ayollar uchta trimestrdan eng yoqimlisi deb hisoblashadi. Ko‘ngil aynish va charchoq hislari susayishi yoki pasayishi mumkin va siz endi o‘zingizni noqulay his qilmaysiz. Yaqin kunlarda energiya qo‘shilishini kuting, chunki sizning tanangiz energiya va kayfiyat gormonlarini ishlab chiqarishni boshlaydi.

Homiladorlikning 14 haftasida homilador ayollar uchun maxsus mo‘ljallangan mashqlar dasturini o‘rganish vaqti keldi. Sizning o‘sib borayotgan bachadoningiz vaznini ko‘tarishga yordam beradigan tos mashqlarini boshlash juda muhim. Tos mushaklarini kuchaytiradigan kundalik jismoniy mashqlarni bajarib, ko‘plab potensial muammolarni oldini olish mumkin.

Iloji bo‘lsa, siz kabi his-tuyg‘ularga ega bo‘lgan ayollar uchun mo‘ljallangan kurslarga yoziling. Ko‘plab uzoq muddatli do‘stona munosabatlar tug‘ruq mashqlariga bag‘ishlangan mashg‘ulotlarda rivojlanadi, bu yerda ko‘pincha o‘zingiz va boshqalar ustidan kulmaslikning ilojisi yo‘q. Siz eng katta hissiy qo‘llab-quvvatlash sizning dugonalaringiz, va albatta eringiz tomonidan amalga oshirilishini his qilishingiz mumkin. Sizni yaqinlashtiradigan narsa – ular bilan umumiy bo‘lgan tuyg‘ularingizdir.

14 haftada tanangizdagi jismoniy o‘zgarishlar

Estrogenlar terining hujayralarini bundan buyon ko‘proq to‘q pigmentlar ishlab chiqarishni kuchaytiradi. Ushbu to‘q “kapalaklar” xar bir yonoqda paydo bo‘lishi va burun va og‘izga yoyilishi mumkin. Bu ba’zan oral (og‘iz orqali qabul qilinadigan)  kontratseptiv vositalarni qabul qiladigan ayollarda ham uchraydi.

Tanangizda iliqlik his qilyapsizmi? Bu juda katta miqdorda aylanayotgan qon bilan bog‘liq. O‘zini va tanangizni yetarli kislorod bilan ta’minlash uchun yuragingiz juda ko‘p ishlaydi. Organizmingizda eritrotsitlar miqdori homilador bo‘lmagan paytdagidan ko‘proq, shuning uchun qizil go‘sht, yashil bargli sabzavotlar va don kabi temirga boy oziq-ovqatlarni iste’mol qilish orqali organizmingizni qo‘llab-quvvatlayotganingizga ishonch hosil qiling.

Siz ushbu haftada o‘zingizni xuddi boshqa odamdek his qilishingiz mumkin. Unutuvchan va hatto beparvo bo‘lib qolasiz. Hammasiga gormonlar va ona-tabiat aybdor. Homiladorlik hayajonlari qandaydir tarzda boshqa hamma narsalarni qoplab oladi, shuning uchun kundalik tashvishlarning aksariyati deyarli sezilmaydi.

Agar sizda kindikda pirsing bo‘lsa, siz endi uni olib tashlash haqida o‘ylashingiz mumkin. Bu bolaga zarar qilmaydi, ammo qorningiz kattalashgan sari kiyimingizga ishqalanib,  asabingizga tegishi mumkin. Agar siz teshikning bitishini istamasangiz, bir necha kun davomida shpilka yoki uzuk qo‘yishingizga to‘g‘ri keladi.

Homiladorlikning 14 haftasida qorningiz bir kattalashishi, bir pasayishi mumkin. Bu ichaklarning cho‘zilishi bilan bog‘liq. Siz hojatxonadan chiqqaningizdan so‘ng, qorningizning tekislanishini sezishingiz mumkin. Xavotir olmang; bu homiladorlikning ushbu bosqichida mutlaqo normaldir.

Agar sizda bachadon oldinga emas orqaga qayrilgan bo‘lsa, u taxminan bu vaqtda to‘g‘rilanadi. Orqaga qayrilgan bachadon homiladorlik paytida kamdan-kam hollarda muammolarga olib keladi, ammo agar u bezovtalikka sabab bo‘lsa, shifokoringizga murojaat qiling.

14 haftada sizdagi hissiy o‘zgarishlar

Tanangiz o‘zgarganda, siz qachondir oldingiday ko‘rinamanmi, deb o‘zingizga savol berib, stressni his qilishingiz mumkin. Agar siz ovqatlanadigan ovqatning miqdori va turiga e’tibor berib yursangiz va bola tug‘ilgandan keyin qandaydir jismoniy mashqlar qilsangiz, tanangiz avvalgi vazniga qaytish ehtimoli ko‘p bo‘ladi. Homilador ayolning ko’rinishini o‘zgartirish uchun ayni sabablar mavjud, shuning uchun hozirgi payt badaningizni tabiat nazorat qilishiga qo’yib bering.

Kayfiyatning o‘zgarishi sizni kuldirishi va yig‘latishi mumkin. Hozir siz yog’layotgan bo‘lishingiz mumkin, bir daqiqadan so‘ng esa – deyarli baxtiyorlikni his qilishingiz mumkin, chunki homiladorlik – bu kuchli hissiy o‘zgarishlar vaqti. Shu sababli siz va yaqinlaringiz bunga shunchaki o‘rganishlari kerak.

Siz homilador bo‘lganda o‘zingizni ancha xotirjam his qilishingiz kerak, va natijada bola tushish xavfidan xavotirlanishingiz yo’qolishi mumkin. Bu sizni ortiqcha tashvish va stressdan xalos qiladi va ongingizga ko‘proq erkinlik beradi, chunki endi “bunday bo’lsa-chi?” degan savol sizning boshingizda aylanmayapti.

14 hafta bolangizdagi o‘zgarishlar

Ushbu haftada bolangizning qovoqlari ko‘zlar ustini to’liq qoplaydi, ular to‘liq rivojlangan bo‘lsa ham, ularni bezovta qiladigan qandaydir narsaga duch kelmaslik uchun juda sezgir. Hatto farzandingiz boshida soch o‘sishi mumkin.

Bolangizning bo‘yni ko‘rinadi va ko‘kragida yotgan kichkina boshi endi bo‘yin bilan ajratilgan bo’ladi. Uning iyagi yanada chiqib turadi, shu paytgacha pastda joylashgan quloqlari qonuniy joyiga, ya’ni boshning yon tomonlariga o‘tadi.

Kichkintoyingizning yuragi siznikidan taxminan ikki baravar tez uradi. Buni shifokoringiz qabulida eshitganingizda, u sizning ritmingizdan tez, barqaror va muntazam ritmga o‘xshab eshitiladi. Vaqti-vaqti bilan kindikdan hushtak tovushi chiqadi.

homiladorlikning 14 haftaligida nimalar boladi 65f0465cda435

Farzandingiz bu haftada qovog‘ini soladi va shivirlaydi. U hali ham sizning bachadoningizda o’ynaydi, siz sezmaydigan keskin sakrash harakatlarini amalga oshiradi. Agar sizda oldin bola bo‘lgan bo‘lsa va siz juda hushyor bo‘lsangiz, siz ushbu harakatlarni his qilishingiz mumkin, ammo yaqin haftalarda ularni sezmaslik ehtimoli ko‘proq.

Agar sizda egizaklar yoki ko‘p homilalik homiladorlik bo‘lsa, sizning qorningiz siz o‘ylaganingizdan kattaroq bo‘lishi mumkin. Bir nechta bolaga ega bo‘lishning dastlabki belgilaridan biri kuchli ko‘ngil aynishidir. Tez orada UTT sizning qorningizda nechta bola borligini ko‘rsatadi.

Siz bachadonichi tekshiruvlaridan o‘tayotganda va qorningiz palpatsiya qilinganda, bola bu turtki va tebranishlardan tezda qochadi.

14 hafta uchun maslahatlar

Ochlikdan ovqatlanish vaqti kelganligi haqida ishora sifatida foydalaning. Yaqin orada siz ovqatga mutlaqo yangi nigoh bilan qaraysiz. Sog‘lom gazaklaringiz borligiga ishonch hosil qiling va dieta haqida o‘ylamang. Hozir vazn yo‘qotish vaqti emas.

Kletchatka haqida unutmang! Meva va sabzavotlar juda muhimdir, chunki ular ichakdagi hamma narsani harakatlantirishga yordam beradi. Kletchatka va boshqa ovqatlarning yaxshi ishlashi uchun suyuqlik kerak bo’ladi, shuning uchun ko‘p suyuqlik ichishni unutmang. Chanqashni boshlaganingizda, siz allaqachon qisman suvsizlangan bo’lasiz, shuning uchun kun davomida muntazam ravishda suv ichishni unutmang. Agar buni qilsangiz, o‘zingizni ancha yaxshi his qilasiz. Suv yana ongingizni joyga keltirish uchun yordam berishi mumkin.

Ta’tilni rejalashtirmoqdamisiz? Buyumlarni yig‘ish va biroz dam olish vaqti keldi. Agar sizda erta tug‘ruq xavfi darajasi past bo‘lsa, ikkinchi trimestr – sayohat qilish uchun eng yaxshi vaqti, chunki by payt sizdagi energiya miqdori sayohat uchun yetarli bo’ladi. Agar siz biron bir joyga uchishni rejalashtirmoqchi bo‘lsangiz, har bir aviakompaniyaning homiladorlikda uchishga nisbatan cheklovlarni tekshiring. Sizga shifokoringizdan homiladorligingizni tasdiqlovchi xat kerak bo‘lishi mumkin.

Ushbu haftada yangi kiyimlarni xarid qilish uchun borishni xohlashingiz mumkin. Siz aynan tug‘ruq kiyimlariga mablag‘ ajratasizmi yoki shunchaki kattaroq o‘lchamdagisini olasizmi, bu sizga bog‘liq. Odatda ko‘p ayollar bu ikkalasining aralashmasini qiladi. Homiladorlar uchun mo‘ljallangan kiyim-kechaklarni sotib olishda ayollar muayyan his-tuyg‘ularga ega. Hayotingizda siz o‘zingiz nima qilishni biladigan ma’lum bir davr keladi, va boshqalar bunga rozi bo‘ladi. Siz homiladorsiz, farzandingiz bor. Bu hali ham ajoyib bo‘lib tuyuladi, shunday emasmi?

Foydali Maslahatlar, Salomatlik, Salomatlik sirlari
Homiladorlikning 14 haftaligida nimalar bo’ladi