Homiladorlikning 12 haftaligida nimalar bo’ladi
Mavzu davomida
12 hafta: homilangiz kattaligi go’yoki olmadek
Siz buni deyarli uddaladingiz. Ko‘p ayollar uchtasidan eng qiyini deb hisoblaydigan birinchi trimestrning oxirgiga 1 oy qoldi. Shunday qilib, agar siz boshdan kechirgan barcha azob-uqubatlaringiz yengillashganidan yengil tortishni istasangiz, ishonch bilan xursand bo‘lishingiz mumkin, siz bunga loyiqsiz. Chuqur nafas olish haqida gapirganda, siz ularga ko‘nikishingiz kerak, chunki ular sizga hali kerak bo‘ladi. Shu paytdan boshlab, bolangiz tug‘ilgunga qadar, sizda o‘zingizni xohlaganingizdek chuqur nafas ololmayotgan kabi his qilishingiz mumkin. Buning izohi bor – sizning ichingizda kimdir bor va ehtimol, bu tuyg‘u sizda bir muncha vaqt mavjud bo‘ladi.
Do‘konlarga boraylik
Homiladorlikning 12 haftasidan boshlab doimiy ko‘ngil aynish va charchoq hissi yo‘qolishni boshlaydi. Siz ishtahangiz qaytganini va oziq-ovqat haqidagi fikr bir zumda yo‘q bo‘lib ketmaganini payqashingiz mumkin. Odatda, homilador ayollar ma’lum oziq-ovqatlarga, hatto ilgari uni hech qachon jalb qilmagan narsalarga ham to‘ymaydi. Ko‘pincha, sizni ovqat yoki mahsulotning ta’mi emas, ko‘rinishi jalb qiladi. Muz, yangi xom sabzavotlar, yogurt va chaynaladigan konfetlar – hammasi sizni o‘ziga jalb qiladi. O‘zingiz yoqtirgan ovqatlar zahirasini saqlang, shu bilan birga to‘g‘ri ovqatlanishga rioya qiling. Siz hojatxonaga tez-tez yugurishni xohlamaysiz, shunday emasmi?
12 haftada tanangizdagi jismoniy o‘zgarishlar
So‘rg‘ichingiz atrofidagi teri yanada to‘qlashishi mumkin va shuningdek, yuzingizda to‘q rangdagi dog‘larni sezishingiz mumkin. Sizda kindigingizdan qov sohasining yuqori qismigacha cho‘zilgan to‘q vertikal chiziq paydo bo‘lishi mumkin. Bu gormonal ta’sirga bog‘liq va bola tug‘ilgandan keyin yo‘qolib ketadi.
Homiladorlik payti umumiy qon hajmining ko‘payishi “qizib ketishizngiz”ga olib kelishi mumkin. So‘nggi bir necha hafta davomida sizni bezovta qilgan husnbuzarlarlar kamayishni boshlaydi.
12 haftadan boshlab, sizning hojatxonaga tez-tez borishingiz shart bo’lmay qoladi. Sizning bachadoningiz ko‘tariladi va tosdan chiqadi, siydik pufagiga biroz joy bo‘shaydi. Siz, hatto bachadoningizning uchi qov orqasidan chiqayotganini sezishingiz mumkin. Bu, ayniqsa, siz krovatda yotganingizda va siydik pufagingiz to‘lganida seziladi.
12 haftada sizdagi hissiy o‘zgarishlar
Ushbu haftadan boshlab siz o‘zingizni eyforiyada his qilishingiz mumkin. Sizning energiyangiz qayta boshlaydi va sizning eski “Men”ingiz qaytadi. Ko‘p ayollar doimiy ko‘ngil aynish bo‘lmasa, ular baxtdan o‘zlarida emasliklarini aytishadi.
Siz 12 haftadan boshlab o‘zingizni yanada xotirjam va tinch his qilishingiz mumkin. Homilaning tushish xavfi sezilarli darajada kamayadi va bu haftani ko‘plab juftliklar farzand kutayotganliklarini boshqalarga aytish uchun eng yaxshi vaqt deb hisoblashadi.
Ehtimol, siz odatdagidan ko‘ra biroz yig‘loq va ta’sirchanroq bo‘lishingiz mumkin. Aravachalar, boshqa homilador ayollar, bolalar va hatto yumshoq mayin hayvonlar sizni juda tez yig‘latishi mumkin. Agar siz taglik haqidagi reklamalarni tez-tez ko‘rsangiz, televizorni o‘chirib qo‘ying.
Azizim, qayerdasiz?
Hozirgi hayratlanarli o‘zgarishlardan biri shuki, siz eringizni bir necha hafta oldinga nisbatan jozibaliroq odam sifatida ko‘rishingiz mumkin. Keyingisi, siz oldin orzu qilgan oxirgi narsa bu to‘shak edi, lekin qanchadir vaqt uxlab yotgan libidongiz to‘satdan qasos olish uchun qaytib keldi. Buning sababi shundaki, endi sizda bir necha hafta oldingiga qaraganda energiya ko‘p va jinsiy a’zolaringizga qo‘shimcha qon kelyapti. Senga raxmat, estrogen!
Agar siz muddatdan oldin tug‘ruq yoki homila qobig‘ining yorilishi xavfiga duch kelmagan bo‘lsangiz, homiladorlik paytida jinsiy aloqa qilish umuman xavfsizdir. Aslida, ko‘plab ayollar o‘zlarini bunchalik sezuvchan, yuqori libidoga ega bo‘lganliklarini yoki jinsiy aloqadan har qachongidan ko‘ra ko‘proq qoniqish olganliklarini aytishadi. Ba’zilar, bu bolaga zarar yetkazishi mumkin, deb xavotirda bo‘lishadi. Havotir olmang! Sizning bolangiz bachadon bo‘ynini qoplab turadigan qalin shilimshiq qatlam bilan yaxshi himoyalangan, amnion suyuqlik esa, bufer vazifasini bajaradi. Unda hatto kamida 7 oygacha ko‘zlari yumilgan holda bo‘ladi.
12 haftada bolangizdagi o‘zgarishlar
Sizning bolangiz 3 hafta oldingiga nisbatan ikki baravar katta. Hozir urug’li mevalar mavsumi, bolangizning o‘lchami esa pishgan olmadek. Taxminan 5 santimetrga teng.
Farzandingiz doimo harakatda, tepadi va cho‘ziladi, aylanadi va buraladi. Ammo u hali ham kichkina, bachadoningiz esa hali ham tosning yuqorisida joylashganligi sababli, siz uning qanday harakatlanishini his qila olmaysiz. Kichkintoyingiz kattalashib, bachadon devoriga tiqila boshlaganda, siz uning harakatlarini aniq his qila olasiz.
Ushbu haftada bolangizning suyak ko‘migi o‘zining leykotsitlarini ishlab chiqishni boshlaydi. Bu hujayralar infeksiyaga qarshi kurashadigan hujayralar bo‘lib, uning sog‘lom bo‘lishiga yordam beradi.
12-18 hafta – bu bolangizning miyasi rivojlanadigan muhim davrdir. Spirtli ichimliklar, tamaki va giyohvand moddalardan voz keching, chunki ular bolangizga yomon ta’sir qilishi mumkin. Bu, shuningdek, bolangizning gipofizi ishlay boshlaydigan va o‘z gormonlarini ishlab chiqaradigan vaqt.
Hozirgi vaqtda bolangizning yo‘ldoshi bolangiz o‘sishiga yordam beradigan kislorod va oziq moddalarni filtrlash bo‘yicha barcha muhim ishlarni amalga oshirmoqda.
Bu haftada bolangiz bosh barmog‘ini so‘rishi mumkin. Qanday ajoyib! Uning qovoqlari ko‘zlarini to‘liq qoplaydi, shuning uchun ular yaxshi himoyalangan.
Kichkintoyingizning ichaklari qisqara boshlaydi va bo‘shashadi, ular buni mashq qilishni boshlaydilar, shunda bola tug‘ilganda ovqat hazm qilish tizimi yaxshi ishlaydi. Bolaning birinchi ichak bo‘shalishi mekoniy deb ataladi va u muhim belgi bo‘lib xizmat qiladi. Uning nima ekanligini bilish uchun kutishingiz kerak bo‘ladi!
12 hafta uchun maslahatlar
Bolangizning kislorod bilan ta’minlanishini kamaytiradigan jismoniy mashqlardan saqlaning. Suv ostida suzish, alpinizm, past bosimli mashg‘ulotlarda va baland tog‘larga sayohat qilishda qatnashish – bularning barchasi siz bolani tuqquningizcha xavfli hisoblanadi.
Farzandingizga xat yozishni o‘ylab ko‘ring. Garchi bu ahmoqona tuyulishi mumkin bo‘lsa ham, lekin bir necha yil o‘tgach, siz bolangiz bilan ushbu xatni o‘qiysiz. Bu juda hayajonli vaqt, va u abadiy davom etadi deb o‘ylagaysiz, ammo u qanchalik tez o‘tishidan hayratda qolasiz.
Sizni yoki bolangizni kasal qiladigan ovqatlar haqida o’qib ko’ring. Listeriya – bu homilador ayollar va ularning bolalari uchun juda xavfli bo‘lgan oziq-ovqat kasalligi. Siz iste’mol qilmasligingiz kerak bo‘lgan oziq-ovqatlarga yumshoq pishloq, xom dengiz mahsulotlari va sushi, pashtet, tayyor salatlar va sovuq go‘shtli gazaklar kiradi. Xom go‘sht ham xavflidir va siz umumiy ovqatlanish joylarida juda ehtiyot bo‘lishingiz kerak.
Foydali Maslahatlar, Salomatlik, Salomatlik sirlari
Homiladorlikning 12 haftaligida nimalar bo’ladi