Homiladorlikda mumkin bo’lmagan narsalar, holatlar, mahsulotlar, haqiqat va xurofot

Homiladorlikda mumkin bo’lmagan narsalar, holatlar, mahsulotlar, haqiqat va xurofot

Homiladorlik shunday davrki, ko’p narsalarni qilish mumkin emas, ba’zi narsalarni qilish mumkin, ba’zi narsalarni esa bajarish tavsiya etiladi.

Homiladorlik — tanangizni u yoki bu tarzda biron narsa qilishdan oldin faqatgina o’zingiz haqida o’ylash kerak bo’lmagan vaqt. Va bu davrda bo’lajak onada homiladorlikda mumkin bo’lgan va bo’lmagan narsalar haqida ko’plab savollar paydo bo’la boshlaydi. Aslida shifokorlarning tavsiyalari qanday, ayol uchun homiladorlik davrida mumkin bo’lmagan holatlar mavjudmi, nimalar qilish ruxsat etilmaydi?

svg%3EHomiladorlik davrida mumkin bo'lmagan holatlar

Homiladorlik davrida mumkin bo’lmagan holatlar va narsalar

Avvalo, taqiqlar haqida. Ehtimol sizni giyohvand moddalarni iste’mol qilish, chekish va spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilishning qat’iyan taqiqlanishi hayron qoldirmasa kerak. Birinchidan, bu ko’ngilocharlikdan voz kechish kattalar salomatligi uchun ham o’ta foydalidir, ammo siz o’z hayotingizni barbod qilishga qaror qilgan bo’lsangiz — ixtiyor o’zingizda. Ammo hali tug’ilmagan farzandning o’rniga nafaqat uning hayotini qisqartirishga, balki hatto tug’ilishdan oldin ham unga nuqta qo’yishga qodir bo’lgan qarorlarni qabul qilish — bu yumshoqlik bilan aytganda, yaxshi emas.

Homiladorlik davrida past alkogolli ichimliklar ichish tavsiya etilmaydi, ammo 200 gramm qizil yarimshirin vino fojiaga aylanmaydi va ba’zi hollarda foydali bo’lishi mumkin. Shuni unutmangki, yana bir stakandan so’ng barchasi salbiy tus oladi. Siz bo’lajak o’g’lingizdan «qachon spirtli ichimliklarni ichishni boshladingiz?» deb so’raganlarida «minus yarim yoshlikdan» deb javob berishini istamasangiz kerak.

Yuqorida aytib o’tilgan zaharlar bilan bir qatorda, homilador ayollarga keskin qarshi ko’rsatiladigan bir guruh dorilar ham mavjud. Biron dori ichish yoki inyektsiya olishdan oldin qarshi ko’rsatmalar va nojo’ya ta’sirlar ro’yxatini o’qib chiqing.

Keyingi guruh mahsulotlar tanaga kiritilishi qat’iy ravishda taqiqlangan emas, ammo ularni cheklash maqsadga muvofiqdir.

1. Qahva. Ha, qahvadan voz kechish yaxshiroqdir, agar buning iloji bo’lmasa — konsentratsiyasini kamaytirish va miqdorni cheklash tavsiya etiladi. Homilador ayollar qahvani ko’k choy va o’simlik preparatlari bilan almashtirishlari mumin — ular ham onaga foyda keltiradi, ham bolaga.

2. Gazlangan ichimliklar (tabiiy mineral suvlardan tashqari). Sizga ham, bolangizga ham, bo’yoq va konservantlar umuman kerak emas, ular karbonat kislotasi yordamida qonga juda tez singadi.

3. Tez tayyor bo’ladigan mahsulotlar. Ularning yarmidan ko’prog’i konservantlar bilan to’la va tabiiy masalliqlarni topish juda qiyin.

Homilador ayolga nimalar qilish mumkin emas

Homilador ayol ba’zi narsalarni iste’mol qilish va ichishdan bosh tortishidan tashqari, o’z jismoniy faoliyatini cheklashi ham zarur.
Agar siz sport zaliga boradigan bo’lsangiz, murabbiyingiz bilan mashg’ulotlar dasturini qayta ko’rib chiqishingiz kerak, so’nggi muddatlarda esa erta tug’ruqni chaqirmaslik uchun jismoniy mashg’ulotlarni to’liq rad etishga to’g’ri keladi.
Homilador ayollar uchun mashqlar to’g’risida batafsil→

Homiladorlikning normal kechishiga ziyon yetkazishi mumkin bo’lgan holatlar:

  • Qizib ketish (hammom, saunalar, quyoshli plyajlar — juda ehtiyotkorlik bilan va qisqa vaqt ichida bo’lishi tavsiya etiladi);
  • Sovqotish (issiq kiyinish va shamoldan saqlanish tavsiya etiladi);
  • Qon bosimi, namlikning tushib ketishlari, iqlim o’zgarishlari, soat mintaqalarining o’zgarishi, ekzotik taomlar va noodatiy mikrofloralar.

Shifokor sizga: «Stressdan qochishga harakat qiling» deb aytganda — bu faqat qiyinchilik va mojarolar haqida emasligini bilishingiz kerak. Tana uchun stress — bu odatiy holatdan tashqariga chiqadigan har qanday vaziyatdir. Ekstrimni yoqtirasizmi? Bo’lajak bolangiz unga tayyormi? Ehtimol, biroz kutish, sog’lom farzandni dunyoga kletirish va shundan keyin tanangizni yashovchanligi ustida tajribalar o’tkazish kerakdir?
Stress to’g’risida batafsil→

Yana ko’pchilikda homiladorlikda jinsiy aloqa qilish mumkinligi to’g’risida savol paydo bo’ladi. Bu ba’zi bir holatlarni hisobga olmaganda, umuman mumkin hisoblanadi, faqat hisobga olinish kerak bo’lgan tomonlari ham mavjud.
Homiladorlikda jinsiy aloqa qilish haqida→

Nima haqiqat, nima esa shunchaki o’ylab topilgan

Sizning shifokoringiz tavsiya etgan homilador ayolning sog’lom turmush tarzi bo’yicha tavsiyalaridan tashqari, tajribali dugonalaringiz dunyo miqyosidagi tajribalarga asoslangan taqiqlar va tavsiyalardan sizni xabardor qilgan bo’lishi mumkin. Ularga qanday munosabatda bo’lish kerak?

Homilador ayollar uchun xalqona tavsiyalarning ko’pchligi juda jiddiy ilmiy asosga ega. Biroq, asossiz tavsiyalar ham mavjud. Keling, qayerda haqiqat, qayerda esa shunchaki xurofot mavjud ekanligini bilib olamiz.

Homilador ayollar so’kinmasliklari kerak. Va, albatta, — bu tavsiya etilmaydi. Har qanday noma’qul so’zlar stress bo’lib, stress homiladorlik kechishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Chalqancha yotish mumkin emas. Chalqancha, ya’ni belda yotgan holatda kovak vena bosilib qoladi, bu qon aylanishining buzilishiga va ichki a’zolarga bosim tushishiga olib keladi. Uxlash uchun siz yonbosh holatini tanlashingiz mumkin.
Homiladorlikda qanday uxlash kerak→

Taqinchoqlarni taqish tavsiya etilmaydi. Aslida, qimmatbaho metallardan tayyorlangan uzuk, bilakuzuk, halqa, sirg’alar bo’lajak bolaga zarar yetkazmaydi.

Suratga tushish va portretlar qilish mumkin emas. Ilmiy nuqtai nazardan hech qanday tarzda homiladorlik va tug’ilmagan bolaning sog’lig’iga ta’sir ko’rsatmaydigan mutlaqo asossiz bema’nilikdir.

Tikish va to’qish mumkin emas. Xuddi shunday nohaq xurofot. Uning asosida o’xshashlik tamoyili mavjud: kindik tugun qilib bog’lanadi, tug’ruq yo’llari tikiladi. Bunday cheklov uchun haqiqiy jismoniy asos yo’q.

Sochlarni va tirnoqlarni olish mumkin emas. Homiladorlik davrida ayolning gormonal holati soch va tirnoqlarning o’sishini kuchaytiradi. Sochni tartibga keltirish uchun sochni kaltalatib turish, aksincha, tez-tez talab qilinishi mumkin. Sochni kesishning hech qanday salbiy ta’siri yo’q. Bo’lajak farzandga hatto zamonaviy avaylovchi soch bo’yoqlari ham salbiy ta’sir ko’rsatmaydi.

Keyingi taqiq haqida o’ylanib qolganingizda esda tuting: homiladorlik kasallik emas. Bu tananing tabiiy holati. Uning o’z yo’lidan ketishiga to’sqinlik qilmang.

Homiladorlik
haqiqat va xurofot, holatlar, Homiladorlikda mumkin bo’lmagan narsalar, mahsulotlar