Homiladorlikda jinsiy hayot – jinsiy aloqa qilish mumkin va mumkin boʻlmagan holatlar

Homiladorlikda jinsiy hayot – jinsiy aloqa qilish mumkin va mumkin boʻlmagan holatlar

Homiladorlikda jinsiy hayot – jinsiy aloqa qilish mumkin va mumkin boʻlmagan holatlar

DO`STLARGA ULASHING:

1-oy. Odatda bu oyda ayol oʻzining homiladorligiga ham shubha qilmaydi. Bu vaqtda homila hattoki, UTTda ham koʻrinmasligi mumkin. Shu sababli bu oyda cheklashlar boʻlmaydi.

2-oy. Bu vaqtda kelib oila yangi mehmon toʻgʻrisida xabar topadi. Ayol hisobga turadi, tahlillar oʻtkaziladi. Tushish xavfi kabi belgilar boʻlganligi sababli odatda vrach tomonidan jinsiy hayot cheklanadi. Agar bunday xavf boʻlmasa, cheklash zarur emas.

3-oy. Bu oy yakunida koʻpchilikda boʻladigan toksikoz tugaydi. Aynan shu sabab ham ayol jinsiy aloqani istamasligi mumkin.

4-oy. Bu oyda toksikoz oʻtib ketgan, qorin hali katta emas (xalaqit beradigan darajada emas), ayol tetiklashgan boʻladi. Bu oyda jinsiy hayot cheklanmaydi. Faqat ona qorniga ortiqcha bosim boʻlmasligi kerak.

5-oy. Bu oyda koʻpgina ayollarda jinsiy mayllik oshadi. Tibbiy tomondan cheklashga koʻrsatma boʻlmasa, har bir daqiqadan unumli foydalaning.

6-oy. Homiladorlikning 2-trimestrida ayolda bir qancha oʻzgarishlar boʻladi: shilliq qavatlarga qon quyiladi, shishib, koʻp miqdorda shilliq ajratadi, qin boʻshligʻi shish hisobiga torayadi. Shu sababli ham aynan shu vaqtda ayollar koʻproq aloqadan qoniqish his qilishadi.

7-oy. Bu oyda qorin sezilarli kattalashadi va hafta sayin kattalashib boradi. Koʻpchilik boʻlgʻusi otalar ayolga yaqinlashishga ham qoʻrqadi. Qarshi koʻrsatma boʻlmasa, jinsiy hayotni davom ettirish mumkin, faqat qulay holatda.

8-oy. Bu oyda jinsiy mayl ayolda pasayadi. Bunga sabab oldindagi tugʻruq va unga boʻladigan ehtiyojlar (tugʻruqxona, bolaning kiyimlari, joyi va b.). Lekin ushbu oyda ham jinsiy hayotning davom etishi endorfinlar ajralishiga va juftlikning quvonchiga sabab boʻladi.

9-oy. Koʻpgina vrachlar tugʻruqqa qadar jinsiy aloqa bilan shugʻullanishni maslahat berishadi. Bu tugʻruq faoliyatini yaxshilaydi.

Homiladorlikda jinsiy aloqa qilish mumkin boʻlmagan holatlar

Yuqorida aytib oʻtilganidek, sogʻlom homiladorlikda odatda jinsiy aloqaning zararli tomoni boʻlmaydi. Lekin baʼzi hollarda jinsiy aloqadan vaqtinchalik voz kechish muhim hisoblanadi. Homiladorlik davomida jinsiy aloqada boʻlish quyidagi hollarda mumkin emas. Yaʼni bu holatlarda jinsiy aloqa homiladorlikni normal davom etishiga salbiy taʼsir koʻrsatadi:

1.Yoʻldoshning notoʻgʻri joylashuvi aniqlansa. Bu holatni shifokor koʻrigida bilsa boʻladi. Yoʻldoshning notoʻgʻri joylashuvi tufayli qon ketish ehtimoli yuqori boʻlib, jinsiy aloqa bunga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi qoʻshimcha faktor boʻladi.

2. Muddatidan oldin tugʻish xavfi mavjud boʻlsa. Jinsiy aloqa tufayli bachadon qisqarishi, suv ketishi yoki bachadon yoʻli ochilishiga turtki berib yuborish mumkin.

3. Qindan suyuq oq rang, qon yoki boshqa ajralmalar chiqayotgan boʻlsa.Ajralmalar sababini bilmaguncha jinsiy aloqada boʻlmaslik lozim. Chunki baʼzida ajralmalar xavfli holat belgisi boʻlishi mumkin.

6a9a9d6065bcee5193cc1

4. Bachadon boʻyni rivojlanmagan yoki muddatidan oldin qisqargan boʻlsa.Baʼzi ayollarda bachadon boʻyni sust rivojlanganligi tufayli muddatidan oldin uning ochilishi kuzatiladi. Buni oldini olish yoʻllari mavjud, undan tashqari jinsiy aloqada boʻlmaslik ham muhim.

5. Suv ketishi boshlangan boʻlsa. Agar bachadon shishi yorilib suv ketayotgan boʻlsa, jinsiy aloqada boʻlish aslo mumkin emas. Homilaga infeksiya kiritib yuborish xavfi yuqori boʻladi.

6. Jinsiy infeksiyalar aniqlangan yoki ularga qarshi muolajalar olinayotgan boʻlsa. Homiladorlik davomida jinsiy infeksiyalar davolanishi muhim. Jinsiy infeksiyalar mavjud boʻlgan davrda jinsiy aloqada boʻlish homilaga zarar tegishi mumkinligi tufayli taʼqiqlanadi.

7. Bundan oldingi homiladorlik homila tushishi, muddatidan oldin tugʻish, yoʻldosh ajralishi bilan yakunlangan boʻlsa. Bu gal bu holatlar qaytarilmasligi ehtimoli yuqori, lekin oʻtgan homiladorlikda oʻsha holatlar yuz bergan davrda jinsiy aloqada boʻlmaslik maqsadga muvofiq boʻladi.

8.Kuchli ogʻriq yoki toʻlgʻoqlar sezilayotgan boʻlsa. Bunda jinsiy aloqa jismonan ham ayolga yoqmaydi. Undan tashqari muddatidan oldin tugʻishga olib kelishi mumkin.

9. Ayol aloqaga kirishishni istamasa.Homilador ayol organizmi juda “aqlli” boʻladi. Agar ayolga jinsiy munosabatlar shu davrda yoqimsiz va keraksiz boʻlsa, uni bunga majburlash mumkin emas. Demak, hozir unga aloqa faqat salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.

10. Agar ayol egizaklarga homilador boʻlsa. Egizaklarni koʻtarish oson emas. Normal rivojlanayotgan egizaklar ham odatda muddatidan oldin dunyoga keladi. Shuning uchun qoʻshimcha turki boʻlmasligi uchun bu davrda jinsiy aloqada boʻlmaslik foydadan holi boʻlmaydi.

Homiladorlikda jinsiy hayot – jinsiy aloqa qilish mumkin va mumkin boʻlmagan holatlar