Homiladorlikda gemorroy Salomatlik haqida
Mobil ilovani yuklab oling
Lalu mobil ilovasini yuklab oling va homiladorlik hamda onalar maktabi aʼzosiga aylaning.
Albatta, gemorroy haqida gapirish barchamiz uchun yoqimsizdir, ammo homiladorlikda gemorroy uchrashi ham hayot haqiqatidir.
Gemorroy – anal teshigi venalari kasalligi bo’lib, gemorroidal tugunlar kattalashishi, pastga siljishi yoki tashqariga chiqib qolishi bilan kechadi. Insonning to‘g‘ri ichagi mushak va biriktiruvchi to‘qimalardan tashkil topgan. Ichki shilliq qavat bo‘g‘imchalar – yaʼni gemorroidal tugunlar bilan qoplangan.
Gemorroidal tugunlar inson qattiq kuchanganida shilliq qavat bilan birga pastga surilishi mumkin. Buning natijasida qon aylanish buzilib, gemorroidal tugunlar o‘lchami kattalashadi va tashqariga chiqib qoladi.
Gemorroy homiladorlik davrining uchinchi trimestrda tez rivojlanadi. Homiladorlik davridan tashqari holatlarda ham yuzaga keladi. Gemorroyning ikki turi mavjud: ichki va tashqi. Ichki va tashqi gemorroy bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi.
Ichki gemorroy tananing ichki qismida to‘g‘ri ichakda hosil bo‘ladi. Ular to‘g‘ri ichakda yuzaga kelganligi sababli, tashxis qo‘yish qiyin. Baʼzi ichki gemorroylar prolapsali bo‘lishi mumkin, yaʼni ular anal teshikdan tashqariga chiqib turadi.
Tashqi gemorroy tana tashqarisida paydo bo‘ladi. Ular anus yaqinida joylashgan va teri bilan qoplangan. Bunda teri o‘ta sezgir va yallig‘lanish ehtimoli yuqori bo’ladi.Tashqi gemorroy shishib qolsa yoki qon ivishi kuzatilsa, ichaklarga zarar yetkazishi mumkin.
Agar gemorroyda qon ivishi natijasida massa hosil bo‘lsa, to‘satdan kuchli og‘riqlarga olib kelishi mumkin. Og‘riq dastlabki 48 soat ichida juda kuchayadi.
Foydali maqola: Homiladorlik kalendari va hisoblash kalkulyatori
Gemorroyning qanday belgilari bor?
Gemorroy belgilari Sizda mavjud bo‘lgan gemorroy turiga qarab farq qilishi mumkin.
- qon ketishi (bo‘shanish paytida ichki kiyim, tualet qog‘oz yoki unitazda qon bo’lishi);
- og’riqli ich kelishi;
- anus atrofidagi terida qavarish;
- qichishish;
- qizib ketish;
- shish.
Homiladorlikda gemorroy yuzaga kelishiga nima sabab bo‘ladi?
Homilador ayollar gemorroyga ko‘p chalinadilar. Tadqiqotlarga ko‘ra 50% homilador ayollarda gemorroy rivojlanadi.
Homiladorlik davrida gemorroyning yuzaga kelishi sabablari:
- qon hajmining ortishi;
- bachadondan anus yaqinidagi venalarga bosim oshishi;
- gormonal o‘zgarishlar;
- ich qotishi.
Homiladorlikdan keyin gemorroy yo‘qoladimi?
Tug‘ruqdan keyin gormonlar darajasi, qon hajmi va qorin bo‘shlig‘i bosimining pasayishi tufayli gemorroy butunlay yo‘qolishi mumkin. Homiladorlik davrida eng ko‘p gemorroy uchinchi trimestrda, tug‘ruq jarayonida paydo bo‘ladi.
Davolash usullari qanday?
Gemorroyni uy sharoitida oldini olish, davolash mumkin. Biroq, uy sharoitidagi davolashni o‘zi yetarli emas. Davolanmagan gemorroy vaqt o‘tishi bilan yomonlashishi va og‘riqning kuchayishi yoki qon ketishi tufayli anemiya kabi asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Gemorroyga tashxis qo‘yish uchun shifokorlarga murojaat qilish kerak. Gemorroy anus yaqinida qon ketishining yagona sababi emas, orqa teshikni artganda yoki najasdan qon ketishini sezganingizda tezda shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Gemorroyni uy sharoitida davolash usullari
Gemorroydan xolos bo‘lish va oldini olish uchun uyda bajarish mumkin bo‘lgan kundalik harakatlar:
- Chakanda moyi mavjud bo‘lgan salfetkalar yoki prokladkalardan foydalaning;
- Defekatsiya paytida yumshoq va yuviladigan salfetkalardan foydalaning;
- O‘tiradigan vannadan foydalaning va kuniga bir necha marta 10 daqiqa davomida toza iliq suvda vanna qiling;
- O‘rtacha haroratda epsom tuzi qo’shilgan vanna qabul qiling;
- Anusga ortiqcha bosim o‘tkazmaslik uchun hojatda uzoq vaqt o‘tirmang, jismoniy mashqlar bajaring;
- Ich yumshoq kelishi uchun ko‘p suv iching va klechatkaga boy mahsulotlar iste’mol qiling;
- Mushaklarni mustahkamlash uchun Kegel mashqlari doimiy mashg‘ulotingiz bo‘lsin.
Salomatlik