Homiladorlikda bola tushishi xavfi. Belgilari va sabablari
Homiladorlikda bola tushishi xavfi. Belgilari va sabablari
DO`STLARGA ULASHING:
Homiladorlikda bola tushish xavfi yoki yoshu-qarini tilida bir xil yangraydigan –«ugroza» 20% xomiladorlarda kuzatiladi. 1-va 2- darajali bola tushish xavfi bilan esa undanda ko‘p xomiladorlarimiz to‘qnash keladi. Xomiladorlik tushishi taxdidi nima, uni qanday aniqlash va oldini olish mumkin, shuningdek, bu paytda nima qilmoq kerak kabi savollarga javob izlab ko‘ramiz.
Xomila tushishi xavfi belgilari quyidagilar:
1. Qon ketishlar. Qindan qon ketishlar – xar xil bo‘lishi mumkin: surkalib keluvchi yoki ko‘pgina, uzoq davom etuvchi yoki tezda to‘xtaydigan, ajralmalarning rangi xam turli tusda bo‘lishi mumkin: qizg‘ish yoki jigarrang.
2. Qorinning pastki soxasidagi og‘riqlar. Doimiy bo‘lmagan belgi xisoblanib, intensivligi va davomiyligi xar xil bo‘lishi mumkin.Xomila tushishi xavfi sabablari quyidagilar:
1. Xomiladagi genetik buzilishlar. Bu yerda gap tabiiy tanlanish xakida ketib, irsiy omillar ta’sirida xayotga yaroqli bo‘lmagan xomilani tushish xavfi nazarda tutiladi. Bu xolatda xomila tushish xavfi tug‘ilgunga qadar nobud bulib ulguradi va uni to‘xtatib qolishning ilojisi bo‘lmaydi (keragi xam yo‘q). Nima sababdan xomilaning o‘smay qolganini aniqlash va uni kelgusida qaytalanmasligi uchun qayg‘urish mumkin xolos.
2. Gormonal buzilishlar. Xar qanday xomiladorlik progesteron gormoni ta’sirida ushlab turiladi. Bu gormon xomiladorlik boshlanishida sariq tana tomonidan keyincha esa yo‘ldosh tomonidan ishlab chiqariladi. Uning yetishmovchiligi otalangan tuxum xujayrani ko‘chishiga sabab bo‘ladi.
3. Xomila tushishi xavfi shuningdek, androgenlar — erkaklar jinsiy gormonlarini xaddan ziyod ishlab chiqarilishi xisobiga xam kechib, ular ayollar gormonlari (progesteron va estragon) ni xosil bo‘lishini bloklaydi.
4. Ota va onasi orasidagi genetik nizolar. Ularning genlarini bir-biriga juda o‘xshashligida, ona qonini rezus-manfiy, ota qonini- rezus-musbat bo‘lganda xomila ona organizmi tomonidan yot tanaday qabul qilinib tushishiga sabab bo‘ladi.
5. Qonni qovushqoqligini ortib ketishi. Bu xolat xomiladorlikni kechki bosqichlarila ko‘p kuzatiladi.
6. Bachadon tuzilishi xususiyatlari. Egarsimon va shoxli bachadon xam xomilani odatdagiday joylasha olmasligi va tushishiga sabab bo‘ladi.
7. Turli infeksion kasalliklar: qizilcha, zaxm, xlamidioz, gerpes, sitomegalovirus, piyelonefrit, pnevmoniya umuman boshqa isitmani xar qanday oshishi bilan kechuvchi kasalliklar xomila tushishiga sabab bo‘ladi.
8. Ginekologik kasalliklar. Bachadon miomasi, endometrit, turli yallig‘lanishlar, abortlar va ulardan keyin qolgan chok va spaykalar xomila rivojlanishiga salbiy ta’sir o‘tkazadi.
9. Endokrin xastaliklar. Xomila tushishiga buqoq bezi kasalliklari va qandli diabet xam sabab bo‘lishi mumkin.
10. Turli tabletka, kapsula va miksturalarni ichishdan oldin ginekolog maslaxatini olish tavsiya etiladi.
11. Yo‘ldoshni rivojlanish nuqsonlari va bachadon bo‘yinchasini nosozligi uning erta ochilishi va xomila tushishiga olib kelishi mumkin.
12. Xomilador ayolning emotsional xolati: stresslar, arazlashlar va turli noroziliklar xomilani normal rivojlanishiga ta’sir etadi.
13. Zararli odatlar: chekish, alkogol, kofe va shu kabilarni ichish xomiladorlikda tavsiya etilmaydi.
14. Katta jismoniy zo‘riqishlar, yiqilishlar, qorin soxasiga zarba yeyish va yugurish xomilani xar qanday muxlatida tushishga sabab bo‘ladi.
15. Xomilador ayollar yoshi statistika qilinganda 35 yoshdan ortgan ayollarda bolani tushish xavfi 2 marotaba ko‘p uchrashi aniqlangan.gepamed.uz
Homiladorlikda bola tushishi xavfi. Belgilari va sabablari