Homiladorlik orasi qancha boʻlishi kerak? to’liq malumot oling

Homiladorlik orasi qancha boʻlishi kerak? to’liq malumot oling

Homiladorlik orasi qancha boʻlishi kerak?

Shifokorlar 👩‍⚕️ farzandli boʻlgan ayollarga 3 yil oʻtibgina yana homilador boʻlish kerakligini taʼkidlaydilar. Bu bejiz emas☝️ tugʻruqdan keyin biroz muddat oʻtgach ayol oʻzini tetik his qilishi va yana homilador boʻlish uchun tayyor ekanligini💪 his qilsa ham ammo uning organizmi hali toʻliq quvvatga kirib ulgurmagan boʻladi.

.

Shunday qaynonalar borki tugʻgan kelinlariga homiladorlikdan saqlanmasdan ketma ket tugʻishni hamma bolalarni xalqona til bilan aytganda «bitta ishtonda» katta qilib olishni uqtitishadi. Yoki ayollarni oʻzi ham ketma ket tugʻib «plan»i bajarib💪 keyin bir yoʻla ishga tushib ketishlari haqida oʻylashadi. Bu juda notoʻgʻri fikr🙅

.

Toʻliq tiklanmay turib qayta homilador boʻlish homiladorlik davrini qiyin yaʼni taksikoz, kamqonlik, holsizlik kabi asoratlar bilan kechishiga, tugʻulajak bolani esa zayif va nimjon boʻlishiga olib kelishi mumkin. Ketma ket tugʻish ayol organizmini ham toliqtirib qoʻyadi. Toliqan organizm tez qarishga moyil boʻlib qoladi. Ketma ket tugʻib ularni katta qilib bogʻcha maktabga berib oʻzi ishga tushmoqchi boʻlgan ayol koʻzguga qaraganda ancha oʻzini oldirib qoʻyganini, yuzlari soʼliqganini koʻradi.

👉Qolaversa ketma ket tugʻgan ona ham oldina ketin tugʻulgan kichik bolalari 👫👬, ham uy- roʻzgʻor tashvishida ruhan va jismonan toliqadi🙍. Tan olish kerakki agar uyda onaga qarashadigan qaynona yoki qayni singillar boʻlmasa bu vaziyatda hammasini birdek eplash qiyin boʻladi.🙆🤦 Bundan tashqari horib tolgan oʻziga qaramagan ayol «BEK aka» si 🤵 uchun vaqt ajratolmay qolishi mumkin. Bu erkaklarga umuman yoqmaydi. Oqibatda esa…(bu haqda yozishni hohlamadim…)

.

Sogʻliqni Saqlash Vazirligi har bir homiladorlikning orasi 3 yildan kam boʻlamsligi kerak deb hisoblaydi. Bunga men ham toliq qoʻshilaman. Bu mening shaxsiy fikrim 🙋.

Ayollar uchun
Homiladorlik orasi qancha boʻlishi kerak?