Homiladorlik kalendari va hisoblash kalkulyatori Salomatlik haqida

Homiladorlik kalendari va hisoblash kalkulyatori Salomatlik haqida

homiladorlik kalendari va hisoblash kalkulyatori salomatlik haqida 65cce3fdde300


Mobil ilovani yuklab oling

Lalu mobil ilovasini yuklab oling va homiladorlik hamda onalar maktabi aʼzosiga aylaning.


Har bir ayol orziqib kutgan ajoyib davr hech bir shubhasiz homiladorlikdir. Bu davrdagi ruhiyatni, ichki his tuygʻularni umr davomida kamdan-kam hollardagina tuyish imkoni mavjud. Shunday ekan, bu lahzalarni unutilmas va esda qolarlik qilib oʻtqazish muhimdir. Homiladorlik davri davomida bu kabi tuygʻularni his qilishingizda homiladorlik taqvimi sizga yordam beradi.
Homiladorlik kalendari (taqvimi) sizga homiladorlikning butun muddati davomida oʻz tanangizda boʻlayotgan ajib oʻzgarishlar haqida oʻqib, his qilib borish imkoniyatini taqdim etadi.  

Homiladorlik kalendari — hisob kalkulyatori

Homiladorlik kalendari hisoblash kalkulyatori orqali hozirgi homiladorlik muddatingizni, ayollar konsultatsiyasiga ro‘yxatdan o‘tish vaqtini, tug‘ruq kunini, shirin farzandchangizning birinchi yurak urush vaqtini bilib olasiz!

Ushbu homiladorlik kalkulyatori orqali qiziqarli maʼlumotlarni olish uchun uchta asosiy maʼlumotga tayanamiz, bu oxirgi hayz kelgan kun, urug‘lantirish sodir bo‘lgan kun yoki taxmin qilinayotgan tug‘ruq kuni bo‘lishi mumkin. Quyidagi formadan o‘zingizga maʼlum bo‘lgan maʼlumot turini tanlang va hisoblash tugmasini bosing.

Ma’lumot turi
So’nggi hayz kelgan kunni
belgilang

Quyida sizga homiladorlik davri mobaynida organizmingizda, boʻlajak shirintoyingizda yuz beradigan asosiy oʻzgarishlar haqida qisqacha maʼlumot berib oʻtamiz.

Homiladorlik davomida zaruriy barcha maʼlumotlarni esa, “Lalu — Homiladorlik maktabi” mobil ilovasi orqali topishingiz mumkin. 
Ilovani yuklab olish orqali homiladorlikdagi ona va boladagi oʻzgarishlardan tortib, toʻgʻri ovqatlanish, muhim tibbiy tekshiruvlar, ginekolog maslahatlari, homiladorlik mashqlari, boʻlajak farzandga ism tanlash, homiladorlik muddati hamda boshqa homilador ayollar bilan suhbat qurish, farzand jinsini taxminiy aniqlash kabi foydali vositalarni bepul qoʻlga kiritishingiz mumkin.

Ilova sizni qiziqtirayotgan boʻlsa, mana bu yerdan yuklab olishingiz mumkin: https://bit.ly/lalu-ilovasi


Homiladorlik kalendari birinchi trimestr


1-hafta

Organizmingiz homiladorlikka tayyorgarlik ko‘rmoqda. Akusherlik muddatlaridan kelib chiqib hisoblansa, homiladorlikning birinchi haftasi oxirgi hayz koʻrilgan kundan boshlanadi.

2-hafta

Homiladorlikning 2-haftasida ayol organizmida ovulyatsiya jarayoni roʻy berib, organizm urugʻlanishga tayyor boʻladi, yaʼni tuxumdondan tuxum hujayra yetilib chiqadi. Ko‘pincha ayollar hayz siklining o‘rtasida, ya’ni 14-kunida homilador bo‘lishadi.

Agar tuxumdonlardan ikkita yetilgan tuxum hujayra ajralsa va ikkalasi ham urug’lansa, dizigota egizak homiladorlik yuz beradi.

Homiladorlik kalendari: 3-hafta

Homiladorlik testi salbiy natijani koʻrsatadi. Ammo, baʼzi ayollar oʻzlarida tez charchash, yengil koʻngil aynishi, koʻkrak bezlarining sezuvchan boʻlib qolishi, qonli ajralmalar yuzaga kelishi, peshob ajralishining koʻpayishi kabi homiladorlik alomatlarini sezishlari mumkin.

4-hafta

Homilaning kattaligi lolaqizgʻ​aldoq doni kabi boʻladi va u intensiv ravishda oʻsadi. 10-haftagacha homilaning barcha muhim organlari shakllanadi va baʼzilari ishlay boshlaydi. Mana shu davr ichida jadal oʻsayotgan embrion nozik boʻladi. Tashqi salbiy taʼsirlar uning oʻlimiga yoki tugʻilishdagi anomaliyalarga sabab boʻladi.

5-hafta

Homilador ayolning nerv tizimi va endokrin tizimidagi oʻzgarishlar va xorion (homilaning bir qavati)dan ishlab chiqariladigan xorionik gonadotropin (XG) sintezi hisobiga, koʻpchilik ayollarda birinchi uch oylikda toksikoz holati kelib chiqadi. Toksikoz belgilari – koʻp soʻlak ajralishi va qusishdir.

Homiladorlik kalendari: 6-hafta

Homilangizning uzunligi 0,51-0,64 sm.ga yetadi. Uning yuzi sekin-asta shakllanishni boshlaydi. Ikki nuqta paydo boʻladi va ulardan keyinchalik koʻz shakllanadi, yana ikki nuqtadan esa burun teshiklari shakllanadi. Bundan tashqari jagʻlar, ichki quloq, til va ovoz boylamlari hamda boʻyin va iyak farqlana boshlaydi. 6-haftalik embrionning boshi katta, tanasi esa “C” harfini eslatadi.

7-hafta

Homiladorlik – moslashish qiyin boʻlgan fiziologik jarayondir. Shu sababli ham 7-hafta ketayotgan boʻlsada, ayol kishida kayfiyat oʻzgaruvchanligi saqlanib qolgan boʻladi.
7-haftada kichik chanoq boʻshligʻiga qon oqimi koʻpayadi, buning natijasida peshob ajralishi oshadi, qorinda spazmlar yuzaga keladi.

8-hafta

Tugʻilajak bola organizmi jadal oʻsadi, homila uchun koʻp energiya qurilish materiallari kerak boʻladi. Shu sababli embrion yuragi koʻp marotaba qisqaradi, bir daqiqada 150-170 marotaba qisqaradi. Bosh miyada neyronlar shoxlanadi va yangi bogʻlamlar paydo boʻladi.

Homiladorlik kalendari: 9-hafta

Homiladorlik kalendari ning 9-haftasiga kelib ayol organizmida yogʻ toʻqimalari toʻplana boshlaydi – shu yoʻl bilan ayol organizmi sut orqali oziqlantirishga tayyorlanadi.
Koʻpchilik ayollarda relaksin gormonni taʼsirida – chanoq boylamlari boʻshashadi. Keyinchalik tugʻish jarayoni osonlashadi. Shu sababli ayol kishi chanoq sohasidagi ogʻriqlar va yurishdagi oʻzgarishlarni his etishi mumkin.

10-hafta

Bolakayingizning uzunligi 3-4 sm.dan koʻproq, tana vazni esa 4 gr.ni tashkil etadi. Yaqin haftalar ichida homila uch barobar kattalashadi, uning peshonasi boʻrtib chiqadi, chunki bosh miya ham kattalashadi. Homiladorlik vaqtida eng kerakli boʻlgan mikroelementlardan biri – ruhdir. Ruh koʻplab fermentlar tarkibiga kiradi va ular organizmdagi biokimyoviy jarayonlarda jadal qatnashadi. Ruh ishtirokida 300 dan ortiq turdagi oqsillar sintezlanadi.

Homiladorlik kalendari: 11-hafta

Homilador ayolning umumiy ahvoli yaxshilanadi. Endi gormonal “dovul” pasayadi va ayolni koʻpda bezovta qilavermaydi. Avallari bezovta qilgan toksikoz belgilari endi homilador ayolni bezovta qilmaydi.
Shunday boʻlsa ham homiladorlik barcha ayollarda turlicha kechadi, baʼzilarda 11-12 haftaga kelib, barcha belgilar namoyon boʻlishi “choʻqqiga chiqishi” mumkin.

12-hafta

Homiladorlik davrining 12-haftasiga kelib homilaning rivojlanishida eng muhim jarayonlardan biri – reflekslar shakllanadi. Uning barmoqlari va kafti bukiladi hamda yoziladi, mushaklar qisqara boshlaydi, ogʻiz, koʻz atrofidagi mushaklar ham harakatlana boshlaydi, soʻrish refleksi paydo boʻladi. Endi homila ona qorniga qoʻl bilan paypaslanganini sezadi va unga javoban harakatlar qiladi. Ammo, ona bu kabi harakatlarni hali sezmaydi.

Homiladorlik taqvimi: 13-hafta

Bu haftaga kelib, UTT (UZI) yordamida boʻlajak farzandingizning jinsini aniqlasa boʻladi. Shunday boʻlsada, toʻliq ishonch bilan aytish qiyin. Bolakayning harakatlanishi aktivlashadi: endi u bemalol qoʻl va oyoqlarini harakatlantira oladi, yutinadi, esnaydi va hiqichoq tutadi.

Tabriklaymiz!

Siz homiladorlikning eng nozik pallasini ortda qoldirdingiz. Endi yengil tortsangiz ham boʻlaveradi.
Agar homiladorlik davrini yana ham mazmunliroq oʻtqazishni istasangiz, “Lalu — Homiladorlik maktabi” mobil ilovasini yuklab oling.


Homiladorlik taqvimi ikkinchi trimestr


14-hafta

Homilaning uzunligi 9 sm.ni, tana vazni esa 35-45 gr.ni tashkil qiladi. Homilaning tanasi boshiga nisbatan tezroq o’sadi, bo’yin aniq ko’rina boshlaydi. Bolakay nafas harakatlarini bajaradi, shu yoʻl bilan nafas mushaklari rivojlanishi tezlashadi. 

15-hafta

Homilador ayol tashqi koʻrinishi turlicha boʻlishi mumkin. Bu davrda ayol bachadoni kichik chanoqqa sigʻmay qoladi va qorin sezilarli darajada katta boʻladi.
Gormonal oʻzgarish taʼsiri ostida qon hajmi koʻpayadi va burun shilliq qavatida toʻplanishi hisobiga burun bitishi va qonashi mumkin.

Homiladorlik kalendari: 16-hafta

Bolakayda ichki quloq shakllangan, eshituv suyaklari bor. Endi u sizni eshita oladi va ovozingizni esda saqlab qoladi. Tugʻilgandan keyin ham sizning ovozingizni farqlay oladi. Ilmiy izlanishlar natijasiga koʻra, chaqaloq ona qornidaligida eshitgan musiqalarni eslay oladi.

17-hafta

Qorin kattalashishi natijasida tana muvozanati buziladi va shu sababli ayol “oyogʻida turishi qiyinlashadi”. 17-haftaga kelib barcha ayollar bolakaylarining harakatlarini his etishadi.
Koʻpchilik ayollar homiladorlikning ikkinchi uch oyligida noodatiy tushlar koʻrishadi.

Homiladorlik kalendari: 18-hafta

Boʻlajak farzandingizning sezgi aʼzolari funksiyasi ortadi: eshituv, koʻruv va taʼm bilish. Bolakay ona organizmidagi jarayonlarni eshitadi, agar ona yonida baland tovush eshitilsa u “choʻchib tushadi”.

19-hafta

Bu davrga kelib, ayrim homilador ayollar chanoq, qorin va qov sohasidagi oʻtkir ogʻriqlarga shikoyat qiladilar. Odatda, bu kabi ogʻriqlar keskin harakat qilganda namoyon boʻladi va bir necha daqiqalardan keyin oʻtib ketadi. Bu holatga yumaloq boylamning choʻzilishi sabab sifatida koʻrsatiladi.

Homiladorlik taqvimi: 20-hafta

Homilaning uzunligi 25,4 sm, tana vazni esa 300 gr boʻladi. Homiladorlikning 20-haftasigacha boʻlgan davrda homila oyoqlari yigʻilgan boʻlganligi sababli uning butunlay boʻy uzunligini oʻlchashning imkoni boʻlmaydi, shu sababli chanoqdan to boshgacha taxminan oʻlchanadi. 20-haftaga kelib esa uning boʻy uzunligini tovondan to boshgacha oʻlchash mumkin.

21-hafta

Belda va kichik chanoq sohasida tortishish hissi paydo boʻlishi mumkin. Bu holat ogʻriqsiz namoyon boʻladi, 1 daqiqa davom etib soʻng oʻtib ketadi va har 4-5 soatda takrorlanib turishi mumkin. Bular yolgʻon toʻlgʻoq (dard) hisoblanadi. Uning sababi toʻliq oʻrganilmagan, ammo bu kabi toʻlgʻoqlar xavfsiz va normal holat sifatida baholanadi.

Homiladorlikda bel og‘rig‘ini yengillatish borasidagi tavsiyalarni mana bu maqola orqali o‘qib olishingiz mumkin: Homiladorlikda bel og’rishi – sabablari va bartaraf qilish usullari

Homiladorlik kalendari: 22-hafta

22-haftadan boshlab bolakayning shaxsiy “kun tartibi” boʻladi, yaʼni u bir vaqtda uxlaydi (12-14 soat davomida) maʼlum bir vaqtda uygʻoq boʻladi. Sizning qorningiz kattalashgan va gormonlar taʼsirida koʻkrak sut bezlari hajmi ham ortadi.

23-hafta

Bolakayning koʻp harakatlanishi tufayli sizda baʼzida bezovtaliklar kuzatilishi mumkin. Bunday paytda koʻproq sayr qiling, bolangiz bilan suhbatlashing, unga eʼtiborni qarating. Agar farzandingizga haligacha, ism tanlamagan boʻlsangiz, “Lalu — Homiladorlik maktabi” mobil ilovasidan foydalanib, jajji shirintoyingizga ism tanlashingiz mumkin.

24-hafta

Homiladorlik kalendari 24-haftasiga kelib, boʻlajak farzandingizning kattaligi yumaloq qovun kabi boʻladi. Endi uning teri qoplamasi shaffof emas, chunki pigmentlar va teri osti yogʻ qavati shakllanadi. Mayda kapillyarlar koʻpayganligi sababli teri rangi pushtiga oʻzgarib boradi.

Homiladorlik kalendari: 25-hafta

Homiladorlikning bu vaqtga kelib, odatda homilador ayollar oʻzida biroz semirishni his qilishi mumkin. Agar siz ham oʻzingizda semirishni sezsangiz, bundan xavotirlanishingiz shart emas. Chunki organizmda suyuqlik ushlanib qolishi koʻpayishi natijasida ushbu holat kuzatiladi. Homiladorlik davri davomida vazningizni oʻlchab, mobil ilovamizning “Vazn nazorati” boʻlimida qayd qilib borishni unutmang.

26-hafta

26-haftaga kelib, bachadon tubi kindikdan 6 sm yuqorida joylashadi. Homila kattalashishi hisobiga uyqu vaqtida noqulayliklar kelib chiqadi. Birinchidan yotishning noqulayligi sababidan sizni homiladorlikda qanday yotish kerak, degan savol qiynay boshlaydi, ikkinchidan tugʻilajak bola haqida koʻp oʻylash sabab boʻladi. Ba’zida esa, bu holat homiladorlikda uyqusizlik darajasigacha borishi mumkin. Shuning uchun uyqu gigiyenasiga qat’iy amal qiling.
Bu kabi holatlarni bartaraf qilish hamda yengillatish uchun homiladorlik yostiqchalaridan foydalanishingiz mumkin.

Tabriklaymiz!

Siz va farzandingiz uzoq yoʻlni bosib, ikkinchi trimestrni ortda qoldirib, homiladorlikning uchinchi trimestri sari qadam qoʻyapsiz. Bu yoʻlni oson va muvaffaqiyatli bosib oʻtishingizda “Lalu — Homiladorlik maktabi” sizga hamroh boʻlishi mumkin.


Homiladorlik kalendari uchinchi trimestr


27-hafta

Kichkintoyingizning uzunligi 36-37 sm.ni tashkil qiladi. Bolakay uchun bachadon endi torlik qila boshlaydi, shu sababli uning harakatlari kuchli namoyon boʻlayotgandek tuyuladi.
Uning bosh miyasi murakkablashib boradi, reflekslar ham toʻliq shakllanadi. Bola barmogʻini soʻradi, koʻzlari yopiq holda, uxlaydi va uygʻonadi.

Homiladorlik kalendari: 28-hafta

Farzand haqida koʻp oʻylash va gormonal oʻzgarishlar taʼsiri ostida uyqu muammolari kuzatiladi. Uxlash uchun yotganingizda siz uxlagingiz kelmay qandaydir yumushlar bilan shugʻullanishni istab qolasiz.

29-hafta

Bolakay tanasi tugʻiladigan chaqaloqlar kabi holatga keladi, uning boshi ham tanasiga nisbatan juda katta emas. Homila teri osti yogʻ qavati oʻsishi hisobiga “semiradi”.  Bu vaqtga kelib, uning shaxsiy immun tizimi shakllanadi, ammo antitelolarni ona organizmidan qon orqali olib turadi.

Homiladorlik kalendari: 30-hafta

Baʼzi ayollarda aksa urganda, yoʻtalganda, kulganda​ siydik tuta olmaslik kuzatiladi. Oyoqlarda shish paydo boʻlib turadi. Bu kabi belgilar tugʻruqdan keyin yoʻqolib ketadi.
Uyqu bilan bogʻliq noodatiy holatlar kuzatiladi: uchinchi uch oylikda homilador ayollar uyqusida tez-tez bezovta boʻlib turishadi, har xil tushlar koʻradi. Bunga sabab gormonlar taʼsiri va tugʻilajak farzand haqida koʻp oʻylashdir.

31-hafta

Bu vaqtga kelib homilaning tana vazni boʻyining uzunligiga nisbatan koʻproq ortadi. Uning tana uzunligi 41 sm, tana vazni esa 1,5 kg ni tashkil etadi. 31-haftada ayrim bolakaylarning boshida sochlar juda koʻp boʻlsa, ayrim bolakaylar sochi umuman boʻlmasligi mumkin.

32-hafta

Jajji bolakayingiz tugʻilishini “kutib yotish” vaqtida – hayoti uchun muhim boʻlgan harakatlar, soʻrish, yutinish, nafas olish, boshini burish, oyoqchalari va qoʻlchalarini harakatlantiradi. U charchagan paytlarida uxlaydi, hatto tush ham koʻradi.

Homiladorlik kalendari: 33-hafta

Yolgʻon toʻlgʻoqlar yana-da koʻproq bezovta qiladi. Shu yoʻl bilan organizm tugʻruq jarayoniga tayyorlanib boradi. Chin toʻlgʻoq bilan yolgʻon toʻlgʻoqlarning farqi, yolgʻon toʻlgʻoqlar qisqa muddat ichida oʻtib ketadi.

34-hafta

Ushbu davrga kelib siz qorningizning biroz kichrayganligini sezishingiz mumkin. Buning ikki sababi bor. Birinchisi, homila biroz pastroqqa tushadi. Baʼzi hollarda bu holat ertaroq sodir boʻlsa, baʼzida esa tugʻruq jarayoniga bir necha soat qolganda roʻy beradi. Ikkinchisi esa, bachadonda amniotik suyuqlik kamayishi. Bunga oʻsayotgan homila uchun koʻproq joy ajratish lozimligi yoki organizmning kuchli suvsizlanishi sabab bo’lishi mumkin.

35-hafta

Homiladorlik kalendari 35-haftasiga kelib, bolakayingizning uzunligi 46 sm, tana vazni esa 2,4 kg.ni tashkil qiladi. Uning tana vazni teri osti yogʻ qavati qalinlashishi hisobiga ortadi. Kichkintoyingizning rivojlanishi deyarli toʻliq tugaydi.

Homiladorlik kalendari: 36-hafta

Homiladorlikning 36-haftasida va keyingi haftalarda homila biroz pastroqqa tushadi. Natijada jigʻildon qaynashi va hansirash yoʻqoladi, ammo siydik qopi ezilishi hisobiga peshob ajralishi kuchayadi, chanoq sohasida diskomfort namoyon boʻladi.

37-hafta

Bolakayning harakatlanishi kamayadi, agar harakat qilsa ham kuchli seziladi, chunki bachadon u uchun torlik qiladi. Homila tugʻilgandan keyin hayot uchun muhim boʻlgan barcha reflekslarni bajara oladi: nafas olish va chiqarish, yutish, soʻrish, koʻzlarini ochib yumish. U doim bu kabi harakatlarni takrorlab turadi.

Ma’lumot o’rnida, homiladorlikning 37-haftasi boshlanishidan oldin yuz bergan tug’ruq erta tug’ruq hisoblanadi.

38-hafta

Homilangizni – endi chaqaloq deb atasak ham boʻladi. Uning barcha aʼzolari toʻliq rivojlangan. U mustaqil ravishda yashashga toʻliq tayyor. Homila chanoq sohasiga tushadi va ayrim nerv tomirlarini ezib qoʻyishi mumkin.

39-hafta

Shoshilinch tugʻruq 38 va 42 haftalar oraligʻida roʻy beradi. Ilk bor farzand koʻrayotganlar odatda 41-haftada farzandlarini dunyoga keltiradilar. 39-haftada yolgʻon toʻlgʻoqlar bezovta qilib turadi. Agar chin toʻlgʻoq kuzatilsa, tug’ruq alomatlari haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo’lsangiz, siz uni yolgʻon toʻlgʻoqdan qiyinchiliklarsiz farqlab olasiz: chin toʻlgʻoq ogʻriq bilan, belgilari kuchayib boruvchi xarakterli, uzoq muddat davom etadigan koʻrinishda namoyon boʻladi.

Homiladorlik kalendari: 40-hafta

Tug‘ruq jarayonini kutib, o‘zingizni xotirjam tuting. ​ Agar quyidagi belgilar yuzaga kelsa, darhol tugʻruqxonaga borish kerak: 
— ​Homila oldi suyuqligi kelsa. Siz oddiy qindan keladigan suyuqlikni homila oldi suyuqligidan bemalol farqlab olasiz, koʻpchilik ayollar peshob ajraldi deb oʻylashlari ham mumkin.
— ​Chin toʻlgʻoq boshlansa. Ular yolgʻon toʻlgʻoqlardan farqli ravishda ogʻriqli, davom etuvchi xarakterda va koʻproq diskomfort chaqiradi.

41-hafta

Homila uzunligi 50-56 sm, tana vazni esa 3,2-4,1 kg.ni tashkil etadi. Bu koʻrsatkichlar naslga va boshqa omillarga bogʻliq boʻladi. Bu koʻrsatkichlar oʻrtacha qilib olingan. 41-haftaga kelib homila organizmida aytarli oʻzgarishlar roʻy bermaydi. Barcha aʼzolar yetilgan, bola dunyoga kelishga tayyor.
Tug’ruq akusher-ginekolog tomonidan tabiiy tug’ruq yoki kesarcha kesish usulida amalga oshiriladi.

Homiladorlik taqvimi: 42-hafta

Tugʻruq har qanday vaqtda roʻy berishi mumkin va siz yaqin vaqtlar ichida farzandingizni qoʻlingizda tutishingiz, uni emizishingiz, belanchakka belashingiz va shu kabi yoqimli mashgʻulotlar bilan band boʻlasiz. 42-haftada ham roʻy bermagan tugʻruq jarayoni ayol va homila hayotiga xavf tugʻdiradi. Shu sababli shifokorlar tomonidan sunʼiy ravishda tugʻruq chaqiriladi.

Chaqaloq muborak boʻlsin!

Siz har bir ayol orziqib kutgan baxtga musharraf boʻldingiz, tabriklaymiz! Bunday baxtli onlaringizda sizga sherik boʻlganimizdan mamnunmiz!
Agar sizga “Lalu — Homiladorlik maktabi” mobil ilovasi yoqqan boʻlsa, boshqa homilador doʻstlaringizni ham ushbu maktabimizga taklif qiling. 
Sizga esa chaqaloq parvarishi va tarbiyasida omad tilagan holda, bu kabi muhim vazifaga xuddi homiladorlik davringizdagi kabi masʼuliyat bilan yondashishingizni soʻrab qolamiz.

Chaqalogʻingizni parvarishlashda ham sizga “Lalu” ilovamiz asqatadi, deb oʻylaymiz. Agar, bolangizning toʻgʻri oʻsib-rivojlanishini hamda parvarishlashni ishonchli maʼlumotlar asosida olib borishni istasangiz ushbu ilovamizdan foydalanishni davom ettiring!

Salomatlik