Homiladorlik belgilari: ilk va ikkilamchi alomatlari Salomatlik haqida
Mobil ilovani yuklab oling
Lalu mobil ilovasini yuklab oling va homiladorlik hamda onalar maktabi aʼzosiga aylaning.
Inson tuzilishi turlicha boʻlgani kabi unda kechadigan jarayonlar, shu jumladan homiladorlik belgilari ham har bir ayolda turlicha boʻladi. Homiladorlikni orzu qilib yashayotgan ayol bu alomatlarni bilib, oʻzida tezroq his etishni istaydi. Axir homiladorlik bu juda ajoyib va oʻzgacha, takrorlanmas bir davr-ku? Shunday emasmi?
Homiladorlik belgilari, alomatlari — uning qanday namoyon boʻlishi hamma ayollarda biroz yoki tubdan farq qilishi mumkin. Baʼzi ayollarda homiladorlikni koʻrsatadigan dastlabki belgilar mavjud boʻlsa, boshqalari oʻzlarining sogʻligʻida oʻzgarish sezmaydilar.
Quyida homiladorlikning dastlabki belgilari haqida maʼlumot berib oʻtamiz. Agar ushbu belgilarni oʻzingizda sezsangiz, hududiy shifoxonangizda tekshiruvdan oʻtib, homiladorlik tasdiqlansa, homilador sifatida roʻyxatga yoziling.
Hamda bizning “Lalu — Homiladorlik maktabi”mizga qoʻshiling. Buning uchun Google Play ilovalar doʻkonidan mobil ilovamizni bepul yuklab oling. Va homiladorlikning butun muddatini moʻjizali homiladorlik kalendari orqali kuzatib boring!
“Lalu — Homiladorlik maktabi” mobil ilovasi orqali homiladorlik davri davomida siz va homilangizdagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, homila rivojlanishi aks ettirilgan rasmlar hamda oʻlchamlar bilan tanishish, boʻlajak farzandingizga ism tanlash, boshqa homilador ayollar bilan fikr va tajriba almashish kabi foydali imkoniyatlardan foydalanishingiz mumkin.
Homiladorlikning ilk alomatlari
Tuxum hujayra urugʻlangandan keyin ayol organizmida qator gormonal oʻzgarishlar kuzatiladi. Quyida organizmdagi gormonal oʻzgarishlar fonida yuzaga kelayotgan tanangizdagi oʻziga xosliklar haqida suhbatlashamiz. Albatta homiladorlikni tasdiqlash uchun qonda XGCH miqdorini aniqlash, ultratovush tekshiruvi (UTT) kabi tekshiruvlardan oʻtish kerak boʻladi.
Hayz boʻlmasligi va oz miqdorda qonli ajralmalar
Ayol tuxumdoni urugʻlangandan soʻng bachadonga joylashishni boshlaydi. Bu jarayon implantatsiya deb ataladi. Aynan shu davrda (odatda 1-2 kun) qindan oz miqdorda qonli ajralma kuzatilishi mumkin. Ular hayz davomidagi ajralmalardan rangi, davomiyligi va miqdori bilan tubdan farq qiladi. Rangi ochroq, davomiyligi qisqaroq va miqdori juda oz boʻladi. Bu vaqtda hayz kelishi kuzatilmaydi.
Biroq hayzning kechikishiga ishonchli belgi sifatida qaralmasligi kerak, chunki hayz koʻrishning yoʻqligi koʻpincha reproduktiv tizim kasalliklari, stress va gormonal patologik oʻzgarishlar bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.
Hayz kunlarining cho‘zilishiga homiladorlikdan tashqari yana qanday omillar sabab bo‘lishi haqida mana bu maqola orqali maʼlumot olishingiz mumkin: Hayz kechikishi sabablari
Homiladorlik belgilari: Sut bezlarining kattalashishi va ogʻriqli boʻlishi
Homiladorlik yuzaga kelganda ayol organizmida juda koʻp gormonal oʻzgarishlar yuzaga keladi. Sut bezlari esa, gormonal oʻzgarishlarga juda sezuvchan boʻladi. Homiladorlikning ilk kunlarida bezlar kattalashgan, soʻrgʻichlar ogʻriqli boʻladi. Lekin koʻkrakning kattalashishi homiladorlikka qarshi ichiladigan gormonal dori vositalari tufayli ham vujudga kelishi mumkinligini ham yoddan chiqarmaslik darkor.
Shuningdek, homilador ayolning ko’krak bezlarida butun homiladorlik davri davomida o’ziga xos o’zgarishlar bo’ladi. O’zgarishlar homiladorlikning ilk belgilari sifatida namoyon bo’lishdan boshlab, toki tug’ruqqa qadar yangi tug’ilajak chaqaloqni to’laqonli ozuqa bilan ta’minlash darajasiga yetgunga qadar davom etadi.
Homiladorlikda ko’krakdagi o’zgarishlar haqida mana bu maqola orqali ko’proq ma’lumot olishingiz mumkin: Homiladorlikda ko’krakdagi o’zgarishlar
Homiladorlik belgilari: Charchoq va uyquchanlik
Besabab charchov, tez holdan toyish ham homiladorlikning ilk alomatlaridandir. Baʼzilar yigʻloqi boʻlib qolishi ham koʻp uchraydigan holat. Bu belgi koʻpincha birinchi homiladorlikda yuzaga keladi.
Organizmdagi modda almashinuvi jarayonlarining kuchayishi va tezlashishi charchoq hissi, uyquchanlik hamda hordiq olish istagi paydo boʻlishiga olib keladi. Qizig’i shundaki, birinchi trimestrdagi uyquchanlik bora-bora, ko’pincha ikkinchi va uchinchi trimestrlarda uyqusizlik bilan almashadi.
Muhim: Homiladorlik davridagi spazm (tomir tortishishi) holatlari
Koʻngil aynishi
Koʻngil aynishi yoki ertalabki toksikoz paydo boʻlishi koʻpincha homilaning 5-6 haftaligidan boshlanadi, baʼzi ayollarda esa ushbu simptom urugʻlangan soʻng, yaʼni 2-3 haftalarda ham kuzatilishi mumkin. Shuni yodda saqlash zarurki, koʻngil aynishiga oshqozon ichak trakti, yurak-qon tomir va markaziy asab tizimi kasalliklari ham sabab boʻlishi mumkin.
Homiladorlikda toksikoz haqida ushbu maqola orqali ko’proq ma’lumot olishingiz mumkin: Homiladorlikda toksikoz va uni uy sharoitida yengillashtirish usullari
Peshob ajratishning ko’payishi
Homiladorlikning dastlabki belgisi sifatida ayolda odatdagidan ko’ra tez-tez kichik hojatga ehtiyoj yuzaga kelishini kuzatish mumkin. Homiladorlik paytida tanadagi qon miqdori ortib boradi, bu homilador ayolning buyraklariga tushadigan qo’shimcha suyuqlikni qayta ishlashga olib keladi. Bu esa, o’z-o’zidan peshob ajralishining oshishishiga sabab bo’ladi.*
Peshob ajrtatishning ko’payishiga ham ba’zida boshqa muammolar, jumladan siydik yo’llari infeksiyasi, qandli diabet, diuretiklar qabul qilish sabab bo’lishini yodda saqlash lozim.
Homiladorlik belgilari — ikkilamchi alomatlar
- Homiladorlik belgilari sifatida bazal temperaturaning oshishi;
- Progesteron gormoning ko‘plab ishlab chiqarilishi natijasida tana harorati 37 gradusgacha ko‘tarilishi mumkin;
- Chanoq sohasida og‘irlik hissini sezish – ushbu sohada qon aylanishi ko‘payadi, ayol bosim va og‘irlikni seza boshlaydi.
- Uyqusizlik – charchash hissi ko‘pincha asab qo‘zg‘aluvchanligiga olib kelishi natijasida uyqusizlik kuzatilishi mumkin.
- Belda og‘riq sezish – bel sohasida simmilovchi og‘riqlarni sezish mumkin. Ammo buyrak kasalliklarida ham og‘riq kuzatilishi mumkin.
- Bosh og‘rig‘i – gormonal o‘zgarishlar asab tizimiga ta’sir qilganligi sababli bosh og‘rish kuzatilishi mumkin.
- Bosh aylanishi va hushidan ketish. Bu qon tomirlarining kengayishi, qon bosimining pasayishi va qonda qand miqdorining pasayishi bilan bog’liq bo’lishi mumkin.
- Ishtahaning ochilishi – moddalar almashinuvi tezlashuvi fonida ishtaha ochiladi.
- Hid bilish va ta’m bilishning kuchayishi – agar oldinlari ayol ba’zi hidlarga e’tibor bermagan bo‘lsa, homiladorlikda hidlarga sezuvchanligi ortadi.
- Qo‘zg‘aluvchanlik va kayfiyatning o‘zgarishi – ko‘pchilik ayollar jaxldor va kayfiyati tez-tez o‘zgarib turuvchi bo‘lib qolishadi.
- Tana vaznining o‘zgarishi – ayol organizmi homilani ozuqa bilan ta’minlab berishi uchun tana vazni ortishi kuzatiladi.
- Yuz, qo‘l va oyoqlarning shishi – homiladorlikda organizm ko‘proq suyuqlik ushlab qolishga harakat qiladi. Su sababdan ham yuz, qo‘l, oyoqlarda turli darajadagi shishlar kuzatiladi.
- Yuzdagi har xil toshmalar – ayol oldinlari terisi bilan hech qanday muammolar bo‘lmagan bo‘lsada, homiladorlikda yuzda husnbuzarlar (ugri) toshadi. Bu gormonal disbalans bilan tushuntiriladi.
- Qorin dam bo‘lishi va/yoki qabziyat – gormonlarning ichakka ta’siri natijasida ichaklarda meteorizm kuzatiladi.
- Ko‘krak sohasida venoz qon tomirlar surati kuchayishi – homiladorlik boshlangandan so‘ng organizm uni oziqlantirish uchun ham tayyorlanib boradi, vezon qon tomirlar surati laktatsiya jarayoni boshlanayotganligidan dalolatdir. Ko‘krak so‘rg‘ichi rangi ham to‘qlashadi.
- Yuz terisining rangi qizarishi – gormonlarning kapillyarlarga ta’siri natijasida qon tomirlar kengayadigan bo‘lib qoladi.
- Qorinning oq chizig‘ida pigmentatsiyaning buzilishi – homilador ayollar uchun xarakterli bo‘lgan simptom kindikdan qov simfizigacha hosil bo‘lgan “yo‘lakcha” paydo bo‘ladi.
Agar sizda homiladorlikning dastlabki alomatlari sezilib, lekin homiladorlik testi manfiy natija ko‘rsatayotgan bo‘lsa, siz biroz shoshilgan bo‘lishingiz mumkin. Bir necha kundan so‘ng testni qayta qilib ko‘ring. Ikki-uch haftadan so‘ng ham test manfiy chiqsa, hayz kelmayotganligi sababini shifokorga uchrab aniqlash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Homiladorligingiz tasdiqlansa, yuqorida aytganimizdek
“Lalu” mobil ilovasini mobil telefoningizga oʻrnatib oling. Va sogʻlom farzand dunyoga keltirish kabi masʼuliyatli vazifani osonroq ado eting.
Mobil ilovani ushbu link orqali yuklab olishingiz mumkin: https://bit.ly/lalu-app
Salomatlik