HOJIABDULAZIZ

HOJIABDULAZIZ

HOJIABDULAZIZ Abdurasulov (Ra-sulov; 1852 — Samarqand — 1936) — xonanda, sozanda (tanbur, dutor), bastakor, Oʻzbekiston xalqartisti (1932). Tanbur ijrochiligi va Shashmaqomning cholgʻu yoʻllarini Hoji Rahim-berdidan, hofizlik sanʼati sirlarini hamda Nasr shoʻbalarini samarqandlik Borux hofiz, keyinchalik Ota Jalollan oʻrgangan. Haj safarlarini qilib (1887-88 va 1907-08), Eron, Arabiston, Hindiston, Afgʻo-niston xalqlari musiqa madaniyati, ijrochilik uslublari bilan tanishgan, oʻz sanʼatini ham namoyish etgan. 1920 – y. lari konsert guruhlarida qatnashgan, musiqa toʻgaraklarini tashkil etgan. Samarqandda Musiqa va xoreografiya in-tida oʻqituvchi (1928 — 31); M. Ashrafiy, T. Sodiqov, Yu. va R. Rajabiylar, I. Ikromov, M. Burhonov, D. Zokirov, M. Leviyev, N. Ha-sanov kabi sanʼatkorlar Hojiabdulazizdan taʼlim olishgan.

Ensiklopediya.uz
HOJIABDULAZIZ