HOJI MUIN
HOJI MUIN Shukrullo oʻgʻli (1883.15.3, Samarqand – 1942.27.7, Rossiya, Perm viloyati Solikamsk sh.) — maʼrifatparvar, shoir. 1901-y. da haj safaridan qaytgach, maktab ochib, bolalarni oʻqitgan. Avval eski usulda, 1903—16 y. lar yangi usulda muallimlik qilgan. Ilgor jadid muallimi sifatida tanilgan. «Rahna-moi savod» alifbe darsligini yozgan (1908). «Samarqand» gaz. va «Oyna» jur. ida ishlagan (1913—15). Rossiyada mardikorlikda boʻlgan (1916— 17). samarqandga qaytgach, «Hurriyat» (1917 — 18), «Mehnatkashlar oʻqi», «Mehnat-kashlar tovushi» (1918—22), «Zaraf-shon» (1922 — 26), «Ovozi tojik» (1926-29) gaz. lari, «Tayoq» (1919), «Mashrab» (1922—26), «Mushfiqiy» (1926— 29) jur. larida ishlagan. 1929-y. ning 29 sent. dan 3 yil Sibirda surgunda boʻlgan. Surgundan qaytgach, Oʻzbekiston davlat nashriyotining tojik boʻlimida adabiy xodim (1932 — 34), «Qizil Yulduz» gaz. muxbiri (1934-37). 1938-y. 24 yanv. da nohaq hibsga olinib, NKVD qoshidagi uchlik hukmi bilan 10 yilga qamalgan. Hukmni oʻtash chogʻida halok boʻlgan.
Ensiklopediya.uz
HOJI MUIN