Hojatxonaga bosh kiyim bilan kirish
Yotishdan oldin ” Qul ya ayyuhal kafirun. ” surasini o’qi, shundan so’ng uxla. Zero,
Ҳожатхонага бош кийим билан кириш
Ассалому алайкум! Менга бир танишим ҳожатхонага бош кийимсиз кириб бўлмаслигини айтганди. Айтишича ҳожатхонадаги бош кийими бўлмаса унинг бошида кўринмас тешик очилар эмиш ва у одам ҳожатхонада нима иш қилса шайтон унинг бошидаги тешикка худди шу ишни қилар эмиш.
1). Юқорида айтилган гаплар ростми?
2). Ҳожатхонада бош кийим кийишнинг бошқа сабаблари ҳам борми?
«Зикр аҳлидан сўранг» ҳайъати:
Ва алайкум ассалом! 1). Айнан шу гапни бирор жойда кўрмаганмиз. Билганларимиз.
عَنْ حَبِيبِ بْنِ صَالِحٍ قَالَ : ( كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم إِذَا دَخَلَ الْخَلاَءَ لَبِسَ حِذَاءَهُ وَغَطَّى رَأْسَهُ روى البيهقي
Ҳабиб ибн Солиҳ айтади:
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам қачон ҳалога кирсалар оёқ кийимларини кийиб бошларини ёпиб олардилар.
عن عُرْوَة ، عَنْ أَبِيهِ : ” أَنَّ أَبَا بَكْرٍ الصِّدِّيقَ ، قَالَ ، وَهُوَ يَخْطُبُ النَّاسَ : ” يَا مَعْشَرَ الْمُسْلِمِينَ ، اسْتَحْيُوا مِنَ اللهِ ، فَوَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ إنِّي لأظل حِين أَذْهَبُ إلَى الْغَائِطِ فِي الْفَضَاءِ ، مُغَطّيًا رَأْسِي اسْتِحْيَاءً مِنْ رَبِّي ” رواه ابن المبارك في ” الزهد “
Урва отасидан ривоят қилади:
Абу Бакр Сиддиқ одамларга хутба қилаётиб: “Эй мусулмонлар жамоаси Аллоҳдан ҳаё қилинглар. Жоним қўлида бўлган Зотга қасамки, мен ҳожатга бораётганимда роббимдан ҳаё қилиб, бошимни беркитиб оламан” деди.
Ибн Муборак “Зуҳд” китобида ривоят қилган.
“سْتَحَبُّ أَنْ لاَ يَدْخُل الْخَلاَءَ حَاسِرَ الرَّأْسِ ، لِخَبَرِ: أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ إِذَا دَخَل الْخَلاَءَ لَبِسَ حِذَاءَهُ ، وَغَطَّى رَأْسَهُ “الموسوعة الفقهي
“Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам қачон ҳалога кирсалар оёқ кийимларини кийиб бошларини ёпиб олардилар”
ҳадисига биноан, ҳалога бош яланг кирмаслик мустаҳаб ҳисобланади. “Мавсуъа фиқҳия”. Валлоҳу аълам!
Hojatxonaga bosh kiyim bilan kirish
Assalomu alaykum! Menga bir tanishim hojatxonaga bosh kiyimsiz kirib bo‘lmasligini aytgandi. Aytishicha hojatxonadagi bosh kiyimi bo‘lmasa uning boshida ko‘rinmas teshik ochilar emish va u odam hojatxonada nima ish qilsa shayton uning boshidagi teshikka xuddi shu ishni qilar emish.1). Yuqorida aytilgan gaplar rostmi?
2). Hojatxonada bosh kiyim kiyishning boshqa sabablari ham bormi? «Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Aynan shu gapni biror joyda ko‘rmaganmiz. Bilganlarimiz. عَنْ حَبِيبِ بْنِ صَالِحٍ قَالَ : ( كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم إِذَا دَخَلَ الْخَلاَءَ لَبِسَ حِذَاءَهُ وَغَطَّى رَأْسَهُ روى البيهقيHabib ibn Solih aytadi:Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon haloga kirsalar oyoq kiyimlarini kiyib boshlarini yopib olardilar.Bayhaqiy rivoyati.عن عُرْوَة ، عَنْ أَبِيهِ : ” أَنَّ أَبَا بَكْرٍ الصِّدِّيقَ ، قَالَ ، وَهُوَ يَخْطُبُ النَّاسَ : ” يَا مَعْشَرَ الْمُسْلِمِينَ ، اسْتَحْيُوا مِنَ اللهِ ، فَوَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ إنِّي لأظل حِين أَذْهَبُ إلَى الْغَائِطِ فِي الْفَضَاءِ ، مُغَطّيًا رَأْسِي اسْتِحْيَاءً مِنْ رَبِّي ” رواه ابن المبارك في ” الزهد ” Urva otasidan rivoyat qiladi:Abu Bakr Siddiq odamlarga xutba qilayotib: “Ey musulmonlar jamoasi Allohdan hayo qilinglar. Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, men hojatga borayotganimda robbimdan hayo qilib, boshimni berkitib olaman” dedi.Ibn Muborak “Zuhd” kitobida rivoyat qilgan.“سْتَحَبُّ أَنْ لاَ يَدْخُل الْخَلاَءَ حَاسِرَ الرَّأْسِ ، لِخَبَرِ: أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ إِذَا دَخَل الْخَلاَءَ لَبِسَ حِذَاءَهُ ، وَغَطَّى رَأْسَهُ “الموسوعة الفقهي “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon haloga kirsalar oyoq kiyimlarini kiyib boshlarini yopib olardilar” hadisiga binoan, haloga bosh yalang kirmaslik mustahab hisoblanadi. “Mavsu’a fiqhiya”. Vallohu a’lam! 27 Апрел 2022, 19:40 | Савол-жавоблар | 279 | Aqiyda
Boshqa savol-javoblar
Ўлган одамнинг болаларига мерос бериладими
Бозордаги балиқлар
Тежаб қолган ёқилғини сотиш
Фарз билан кифояланиш
Ibn Xishomning Payg‘ambarimiz (sav)
Умр йўлдошим мусулмон эмас
Қурони Каримнинг биринчи жамланиши
Как ислам относится к фильму Секрет
Нафл рўзасини сахарликсиз тутиш
Намоз вақтлари 2021-2023
Намоз вақтлари сайтига хуш келибсиз!
Бу сайтда сиз Ўзбекистоннинг барча шаҳар ва вилоятларидаги бугунги намоз вақтларини билиб олишингиз мумкин. Сайтда бугунги намоз вақтлари ҳам жойлаб борилади. Бундан ташқари хар йили рамазон тақвими ҳам тақдим қилинади. Сайтда барча вилоятлар намоз вақтлари келтирилган, мисол учун: Тошкент, Сирдарё, Самарқанд, Жиззах, Қарши, Сурхандарё, Бухоро, Навоий, Хоразм, Нукус, Наманган, Фарғона ва Андижон намоз вақтлари ва Бомдод вақти, Пешин вақти, Аср вақти, Шом вақти, Хуфтон вақти ҳақида тўғри вақтларни билиб оласиз. Сайтдаги вақтлар ислом уз сайтидан манба сифатидан олинган. Дўстлар сайт ривожи учун дўстларингизга ҳам сайтни улашинг.
Musulmonning odobi kitobi odob inson ko
avval salomlashishi lozim. Salomlashmasdan so’z boshlash sunnatga muvofiq bo’lmaydi.
Qo’l berib ko’rishish salomlashuvning mukammali ekani ham hadislarda ta’kidlab
o’tilgan. Bu salomlashuv odobiga taalluqli bo’lgan gap.
Ushbu “Musulmonning odob kitobi”da qamrab olingan ana shunday mavzular
insonning ma’naviy kamoloti uchun xizmat qilishi shubhasizdir. Bu kigob odoblar
majmui. Unda Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning o’gitlari, ko’rsatmalari,
nasihatlari, bir so’z bilan aytganda, hadislari jamlangan. Bu hadislar odamlarning
ma’naviy va moddiy turmush tarzini go’g’ri yo’lga solishi, turli bid’atlardan uzoq bo’lishi,
eng muhimi pokiza e’tiqodli buyuk ajdodlarga munosib avlod hamda chin musulmon
Musulmonning odob kitobi. Zohidjon Islomov
www.ziyouz.com kutubxonasi
sifatida hayot kechirishi uchun beqiyos ahamiyat kasb etadi. Bu isbot talab qilmaydigan
Shu ma’noda “Musulmonning odob kitobi”ni o’qish va undan ibratlanish baxti siz
azizlarga muborak bo’lsin!Anvar qori Tursun Toshkent shahar bosh imamxatibi
SUNNATGA ERGASHISHNING AHAMIYATI
“Bismillahir rohmanir rohiym” har kitobning kalitidir”. Abu Ja’fardan (r.a.)
Alloh zikri va menga salotusalom aytilmay boshlangan har qanday so’z barakotdan
mahrum va xayri nuqsondir. Abu Hurayradan (r.a.)
Bandadagi iymonning eng afzali qayerda bo’lsa ham, Alloh u bilan birga ekanini
bilishidir. Odam farzandi Allohning zikrisiz o’tkazgan har soati uchun qiyomat kunida
afsusnadomat qiladi. Oishadan (r.a.)
Ummatimdan qiyomatga qadar duch kelganlaringizga mendan salom ayting. Ibn
Kimni erta (qiyomatda) Alloh taologa Alloh undan rozi holda uchrashish sevintirsa,
Menga ko’p salovot aytsin. Oishadan (r.a.)
Sunnatga muvofiq qilingan oz amal bid’at aralashgan ko’p amaldan yaxshidir.
Abu Hurayradan (r.a.)
Kim o’limidan keyin orqada qirq hadis qoldirsa, u kishi jannatda mening rafiqim
bo’ladi. Ibn Abbosdan (r.a.)
Ustingizga shunday bir zamon keladiki, o’shanda quyidagi uch narsadan yaxshiroq
narsa bo’lmaydi: halol pul, ulfat bir din birodari, amal etilgan sunnat. Huzayfadan (r.a.)
Alloh mening xalifalarimni O’z rahmatiga olsin. So’rashdi: “Sizning xalifalaringiz
kimlar, yo Rasulalloh?” Marhamat qildilar: “Sunnatimni tiriltirgan va uni insonlarga
o’rgatganlar”. Hasandan (r.a.)
Ummatim fasodga uchragan payt sunnatimga amal qilgan kishiga bir shahid savobi
beriladi. Muhammad ibn Ajlondan (r.a)
Sizga Allohdan qo’rqishni va hatgo qora habash qul boshliq bo’lsa, unga quloqsolib,
itoat etishni tavsiya qilaman. Albatta mendan keyin yashaydiganlar ko’p ixtilofni
ko’radilar. Shunda sizlar mening sunnatimga, Maxdiy va xulafoi roshidinning sunnatiga
ergashing. Ularga mahkam yopishing. Jon holati va oziqtishlaringiz bilan tishlagan kabi
Muxdas (dinga zarar keltiruvchi yangi chiqqan) ishlardan saqpaning. Zero, har
muxdas bid’atdir. Har bid’at esa zalolatdir. (Har zalolat jahannamdadir). Irbozdan (r.a.)
Musulmonning odob kitobi. Zohidjon Islomov
www.ziyouz.com kutubxonasi
UYGA KIRISH ODOBI
Uyga kirayotganda “Allohim, men sendan xayrli kirish va xayrli chiqish so’rayman.
Allohning nomi bilan kirdik va chiqsik. Va yolg’iz Rabbimiz Allohga tavakkul qildik”,
debaytiladi. Keyin salom beriladi. Abu Molik Ash’ariydan (r.a.)
Kim ummatimga sunnatga amal qilish yoki bid’atga barham berish maqsadida bir
hadis yetkazsa, uning maqomi jannatdir. Ibn Abbosdan (r.a.)
Bir kishi uyiga kirayotgan mahali, ovqatlanishdan oldin Allohning ismini zikr etsa,
shayton (yordamchilariga): “Siz uchun bu yerda tunash ham, ovqat qam yo’q”, deydi.
Biroq uyga kirayotganda Allohning nomini aytmasa, shayton: “Yotish uchun joyga ham,
ovqatga ham erishdingiz”, deydi. Jobirdan (r.a.)
Eshikni “Bismillah. ” deb yopsang, shaytondan omon qolasan. Qandilingni ham
“Bismillah. ” bilan o’ra. Idishingni ham “Bismillah. ” deb yop, bir cho’p bilan bo’lsa
ham. Jobirdan (r.a.)
Uylarga eshik ro’parasidan kelmang. Yon tomondan keling va ruxsat so’rang. Sizga
ruxsat berilsa, ichkariga kiring, yo’qsa, orqangizga qayting. Abdulpoh ibn Busrdan (r.a.)
“Istinos” deb bir kimsaning birovning uyiga borganini bildirish uchun “Subhanalloh”,
“Allohu akbar” yoki “Alhamdulillah” deyishi yoxud yo’talishiga aytiladi. Abu Ayyubdan
(Uyga “Bismiplah. ” aytib, o’ng oyoq bilan kiriladi, salom beriladi va avval nap oyoq
kiyimi yeniladi. Eshik “Bismillah. ” deb yopiladi.)
YEB-ICHISH ODOBI
Ovqatlanishni kattalardan boshlang. Zero, barakot kattalar bilan birgadir. Ibn
Kim ovqatlanmoqchi bo’lsa, Allohning nomini esga olsin. («Bismillahir rohmanir
rohiym», desin) Agar Alloh nomini zikr etishni unutgan bo’lsa, “Bismillahi ‘ala avvalihi va
axirihi” (Ovqatning avvalida va oxirida Allohning nomi bilan), deb aytsin. Oishadan (r.a.)
“Ovqatni jamoa bo’lib yenglar. Ovqatlanish boshlanganda Allohning ismini zikr eting.
Shunda siz uchun barakot bo’ladi. Vahishydan (r.a.)
Ovqatni sovutinglar. Sovugan taomda barakot yanada ko’p bo’ladi. Asmo binti Abu
Ovqatlanayotgan mahalda idishning o’rtasidan yemanglar. Idish chetidan yenglar.
Zero, baraka ustdan tushadi. Ibn Abbosdan (r.a.)
Dasturxon yozilganda har kim o’z oldidan yesin. Birovning oldidan va idishning
o’rtasidan yemasin. Zero, idishlar o’rtasida barakot bo’ladi. Dasturxon yig’ishtirilmasdan
Musulmonning odob kitobi. Zohidjon Islomov
www.ziyouz.com kutubxonasi
o’rnidan turmasin. Atrofdagilar taomdan qo’lini tortmagunicha to’ysa ham, qo’lini
ovqatdan tortmasin va sheriklarini kuzatsin. Chunki ovqatga ehtiyojmand (qorni
to’ymagan tarj.) kimsa uyalib qo’lini ovqatdan tortishi mumkin. Ibn Umardan (r.a.)
Ovqatlanayotgan mahalda ushoq tushsa, ustidagini tozalab keyin uni yeng. Ushoqni
shaytonga qoldirmang. Jobirdan (r.a.)
Kimki dasturxonga tushgan ushoklarni yesa, kambag’allikdan omon qoladi. Abu
Kimki biror narsa yemoqchi bo’lsa, o’ng qo’l bilan yesin, o’ng qo’l bilan ichsin, o’ng
qo’lida olsin, o’ng qo’lida bersin. Zero, shayton chap qo’li bilan yeydi, chap qo’li bilan
ichadi, chap qo’li bilan beradi, chap qo’li bilan oladi. Abu Hurayradan (r.a.)
Sizning Alloh taologa eng sevimli bo’lganingiz ovqatni oz yegan va jussasi
kichiklaringizdir. Ibn Abbosdan (r.a.)
Yegan ovqatingizni Allohning zikri va namoz bilan hazm qiling. Ovqat ustida
uxlamang. Aks holda qalblaringiz qotadi. Oishadan (r.a.)
Har kasallikning boshi qorinni ortiqcha to’ldirishdir. Anasdan (r.a.)
Biror narsa ichayotganda shimib iching, bir yutumda nafas olmay ichmang. Aks
holda bu jigar kasalligiga sabab bo’ladi. Ibn Abu Husayndon (r.a.)
Alloh taolo aytadi: “Qullar Mening nazarimda yeyish ozligidan ko’ra shomil
(mukammal)roq bir parda bilan yopinmadilar”. Ibn Abbosdan (r.a.)
Yeb shukr qilgan kishiga ro’za tutib sabr qilgan darajada ajr beriladi. Abu
Bir kishilik ovqat ikki kishiga, ikki kishilik ovqat uch kishiga, uch kishiniki to’rt
kishiga va to’rt kishiniki besh va olti kishiga yetadi. Umardan (r.a.)
Men boryo’g’i bir qulman. Bir qul yeb-ichganidek yeb-ichaman. Anasdan (r.a.)
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ovqatlangandan so’ng ushbu duoni o’qir edilar:
“Alhamdu lillahillaziy atamana va saqona va jaalana minal muslimiyn” (Bizni
yediribichirib va musulmonlardan qilgan Allohga hamd bo’lsin). Abu Saiddan (r.a.)
Kim ovqat yesa, qo’llarini go’shtning yog’i va hidi tufayli yuvsin. Ibn Umardan (r.a.)
Tirnoqlaringizni oling va ularni ko’ming. Barmoqlaringiz orasini tozalang. Og’zingizni
ovqat qoldiqlaridan tozalang va misvok tuting. Mening yonimga tishi sarg’aygan va og’zi
hidli holda kelmang’. Abdulloh ibn Bashirdan (r.a.)
Sizlardan biringiz ovqat yeganda shunday desin: “Allohumma bariklana fihi va
at’imna xoyron minhu” (ya’ni, “Allohim, bu ovqatni bizga barakotli qil va bizga bundan
xayrlisini yedirgin”). Agar sut ichsa, shunday desin: “Allohumma barik lana fihi va zidna
Musulmonning odob kitobi. Zohidjon Islomov
www.ziyouz.com kutubxonasi
minhu” (Allohim, bizga uni barakotli qilib, undanda ziyodasini ber). Zero, yegulik va
ichgulik ichida sutdanda yetarli biror narsa yo’q. Ibn Abbosdan (r.a.)
Ovqatlangandan so’ng barmoqlar orasini ishqalab yuving, og’zingizni chayqang. Bu
o’tkir tishlar va oziq tishlar uchun foydalidir. Imron ibn Husayndan (r.a.)
(Ko’llarni yuvib, “Bismillah. “debovsatlanishni boshlash, o’ng qo’lda o’z oldidai
yeyish, ovsatning juda iseits bo’lmasligi, hamma dasturxondan turmaguncha turib
ketmaslik, o’zi to’s bo’lsa ham, yeyayotgandek ko’rinish, ushoq tushsa, tozalab yeyish
yebichish odobi sanaladi. Inimliklarni bir nafasda emas, uch yutumda ichish, tik turib
yebichmaslik, yebichilgach, Allohga hamd aytib duo qilish, so’l va og’izni yuvish, misvok
bilan tozalash ham yebichish odoblariga kiradi.)
HOJATХONAGA KIRIB-CHIQISH ХUSUSIDA
Sizlardan biri daf’i hojat asnosida qiblaga qarab qolmasin va qiblaga orqasini ham
o’girmasin. G’arb yo Sharqqa tomon o’girilsin. Abu Ayyubdan (r.a.)
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xologa kirmoqchi bo’lsalar, oyoq kiyimlarini
kiyar, boshlarini yopib olardilar. Hubayb ibn Solihdan (r.a.)
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xaloga kirayotganlarida ushbu duoni o’qir
edilar: “Bismillah, Allohumma inniy a’uzu bika minalxubsi va xobaisi” (Alloh nomi bilan,
Allohim, erkak va urg’ochi shaytonning yomonligidan panoh tilayman). Anasdan (r.a.)
Shu uch narsa jafodandir: tikka turib bavl etmoq, namozni tugatmasdan
peshonadagi tuproqni artmoq, sajdada puflamoq. Abdulloh ibi Buraydadan (r.a.)
Tahorat ushatib chiqqanlarida “G’ufronaka” (Gunohlarimni kechirgin), der edilar.
Kim xalodan chiqsa, bunday desin: “Menga aziyat beradiganni ketkizgan va menga
foydalisini qoldirgan Allohga hamdlar bo’lsin”. Tovusdan (r.a.)
Kimki xaloga ehtiyoj sezsa, namozga iqomat aytilgan bo’lsada, avval xaloga borsin.
Abdulloh ibn Arqamdan (r.a.)
(Hojatxonaga bosh kiyim bilan kirish, qiblaga sarab o’tirmaslik, tikka turib
bo’shanmaslik, chap oyots bilan kirib, o’ng oyoq bilan chiqish odobdandir.)
TAHORAT VA AZON DUOLARI
Kim tahoratini mukammal olgach: “Subhanakaallohumma va bihamdika, ashhadu
alla ilaha illaanta, astag’firuka va atubu ilayka” (Ey Rabbim, Senga hamd aytish bilan
Seni poklab yod etaman. Guvoxlik beramanki, Sendan o’zga iloh yo’q, Senga istig’for
aytaman va Senga tavba qilaman), desa, u tahorati bir muxr ila muhrlanadi, arshning
ostiga qo’yiladi va qiyomat kuniga qadar ochilmaydi. Abu Saiddan (r.a.)
Musulmonning odob kitobi. Zohidjon Islomov
www.ziyouz.com kutubxonasi
Kim tahorat olgandan keyin “Inna anzalnahu fi laylatil qodr. ” surasini bir marta
o’qisa, siddiqlardan bo’ladi. Ikki marta o’qigan shahidlar devonidadir. Uch marta o’qisa,
Alloh u kimsani payg’ambarlarni hashr qilgandek hashr etadi. Anasdan (r.a.)
“Allohumma Robba hazihidda’vatit tommati vassolatilqoima, ati Muhammadanil
vasilata valfazilata vaddaraj tal’oliyatarrofi’ata, vab’ashu maqomam Mahmudanillaziy
va’adtahu innaka la tuxlifulmiy’ad” (Ushbu komil da’vatning, hozir qoim bo’lgan
namozning Parvardigori. Muhammadga (s.a.v.) vasila, fazilat va baland oliy daraja ato
etgin. Uni O’zing va’da qilgan maqtovli maqomda tiriltirgin. Albatta, Sen va’dangga xilof
MISVOK ISHLATISH
Kim kechasi namoz o’qish uchun tursa, misvok ishlatsin. Zero, bir kishi namozida
Qur’on o’qirkan, bir farishta og’zini uning og’ziga qo’yadi va uning og’zidan chiqqan
hamma narsa malakning og’ziga kiradi. Jobirdan (r.a.)
Og’izlaringiz Qur’on uchun yo’llardir. Ularni misvok bilan tozalang. Anasdan (r.a.)
Kelding, mendan namoz haqida so’rayapsan. Sen hali tahorat uchun yuzingni
yuvayotganingda gunohlaring kipriklaringdan to’kiladi. Ikki qo’ling bilaklarini
yuvayotganingda gunohlaring tirnoqlaringdan to’kiladi. Boshingni mash qilayotganingda
gunohlaring boshingdan to’kiladi. Oyoqlaringni yuvayotganingda gunohlaring ikki
oyog’ing tirnoqlaridan to’kiladi. (Namozing senga zahiraga qoladi.) Anasdan (r.a.)
Banda eng avval tahorati yuzasidan savoljavob qilinadi. Agar tahorati chiroyli bo’lsa,
tahorati kabi namoz so’roviga o’tiladi. Agar namozi ham chiroyli bo’lsa, xuddi namozidek
boshqa amallariga navbat keladi. Abu Apiyadan (r.a.)
Misvok va juma kungi g’usl har musulmonga vojibdir. Ibn Amrdan (r.a.)
Misvok og’izni tozalaydi, Alloh taoloning roziligiga sabab bo’ladi va ko’zlarga jilo
beradi. Ibn Abbosdan (r.a.)
Misvokda o’n fazilat bor: og’izni xushbo’y qiladi, milklarni sog’lom qiladi, ko’zlarga
jilo beradi, balg’amni ketkizadi, tish chirishining oldini oladi, sunnatga muvofiq bo’ladi va
farishtalarni sevintiradi, Rabbini rozi qiladi, hasanotni orttiradi, me’daga salomatlik
beradi. Ibn Abbosdan (r.a.)
UY ICHIDAGI BA’ZI ODOBLAR
Alloh taolo biror oilani sevsa, o’sha uyda muloyimlik qaror topadi. Jobirdan (r.a.)
Agar uyda axlat bo’lsa, o’sha joydan barakot ketadi. Anasdan (r.a.)
Musulmonning odob kitobi. Zohidjon Islomov
www.ziyouz.com kutubxonasi
Хotinlar zaif qilib yaratilgan va avratdirlar. Ularning avratlarini uylar bilan to’sing.
Kamchiliklarini sukut bilan bartaraf eting. Anasdan (r.a.)
UХLASH ODOBI
“Qiyomullayl” (kechasi turib o’qiladigan namoz) lozimdir. Хuftondan so’ng, tuya yoki
qo’yni sog’gulik qadar bo’lsa ham yotmasdan avval o’qilgan namoz “qiyomullayl”dandir.
Ilyos ibn Muoviyadan (r.a.)
Tahoratli holda uxlagan kishi kunduzi soim (ro’zador), kechasi qoim (namoz o’qib
chiqqan) kabidir. Amr ibn Хorisdan (r.a.)
Bir kishi tahoratli holda yotsa va o’sha kechasi o’lsa, shahid maqomida o’lgan
bo’ladi. Anasdan (r.a.)
Ey Fotima! Allohga taqvo qil! Rabbing farz qilgan (amallar)ni ado et. Axlingning
ishini qil. Yotog’ingga kirgach, o’tgiz uch marta tasbeh (“Subhanalloh”), o’ttiz uch marta
tahmid (“Alhamdulillah”), o’ttiz to’rt marta takbir (“Allohu akbar”) ayt, shunda yuz
bo’ladi. Bu sen uchun bir xizmatchidan yaxshiroqsir. Alidan (r.a.)
(Hazrat Fotima roziyallohu anho otalari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bir
xizmatchi berishlarini so’rab borganlarida ushbu hadisi sharifni aytganlar).
Yotganda «Fotiha» va «Ixlos» suralarini o’qisang, o’limdan boshqa har narsadan
omonda bo’lasan. Anasdan (r.a.)
Yotishdan oldin ” Qul ya ayyuhal kafirun. ” surasini o’qi, shundan so’ng uxla. Zero,
bu shirkdan uzoq bo’lmoqdir. Farvadan (r.a.)
Qur’onning uchdan bir qismini o’qimaguncha uxlamagin. Dedilar: “Bunga qanday
kuchimiz yetadi?” Marhamat qildilarki: “Qul huvallohuahad. “, “Qul a’uzu
birabbilfalaq. “, “Qul a’uzubirabbshnas. “ni o’qishga kuchingiz etmaydimi?” Abu
Kim bir kechada ming oyat o’qisa, yuzi kulgan holda Allohga ro’baro’ bo’ladi. “Yo
Rasulashgoh! Ming oyat o’qishga kimning ham kuchi yetardi?” Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam “Bismillahir rohmanir rohim”dan boshlab “Alhakumuttakasur. “ni
oxirigacha o’qidilar va shunday marhamat qildilar: “Nafsim qudratli qo’lida bo’lgan Zotga
qasamki, bu sura ming oyat o’rniga o’tuvchidir”. Umardan (r.a.)
Inson chalqancha yotib, oyog’ini oyog’i ustiga tashlamasin. Oishadan (r.a.)
Tur, zero bu jahannamiylarning yotishidir. (Chalqancha yotgan bir kishiga xitob
etilmoqda. (Abu Usomadan (r.a.)
Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam uxlamoqchi bo’lganlarida o’ng qo’llarini
yonoqlari ostiga qo’yib, keyin uch marta “Allohumma qiniazabaka yavma tabaasu
Musulmonning odob kitobi. Zohidjon Islomov
www.ziyouz.com kutubxonasi
ibodaka” ya’ni, “Yo Robbiy, qullaringni ba’as (hisob-kitob) qilganingda meni azobingdan
asragin”, der edilar. Hafsadan (r.a.)
TUNGI IBODAT, TAHAJJUD
Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam kechasi uyg’onganlarida: “Yo Rabbiy, meni
mag’firat et, rahma gingga erishtir va eng to’gri yo’lingga boshla”, der edilar. Ummu
Kechasi uyqudan uyg’onganlarida og’izlarini misvok bilan tozalar edilar. Huzayfadan
Kim kechasi uyg’onib, oilasini ham uyg’otsa va ikki rakatdan namoz o’qishsa, Allohni
ko’p zikr qiluvchi zokir va zokira (zikr qiluvchi tarj.) qatoriga yoziladilar. Abu Hurayradan
Alloh kechasi musulmon quliga ruhini qaytarib uyg’otsa, u qul Allohga tasbeh va
tamhid aytsin hamda Undan mag’firat so’rasin. Shunday qilsa, bandaning o’tmish
gunohlari kechiriladi. Shoyad, u kimsa turib tahorat olsa, namoz o’qisa va keyin Uni zikr
qilsa, Undan mag’firat so’rab duo qilsa, bu amallari qabul bo’ladi. Abu Hurayradan (r.a.)
Zikr aytib pokiza holda yotgan bir musulmon kechasi uyg’onib Allohdan dunyo va
oxiratga oid hojatidan bir xayr so’rasa, Alloh unga albatta beradi. Muozdan (r.a.)
Tun yarmida yoki uchdan ikkisi o’tganida Alloh taolo dunyo samosiga nuzul etib
shunday deydi: “So’ragan yo’qmi, berilsin, duo qilgan yo’qmi, mustajob bo’lsin, istig’for
aytgan yo’qmi, mag’firat etilsin”. Bu hol toki tong yorishgunga qadar davom etadi. Abu
Har kuni ertalab va kechqurun uch marta “Bismillahillaziy la yadurru maasmihi
shayin fil arz va la fissama va huvassami’ul aliym” (Shunday Allohning ismi bilan
boshlaymanki, Uning ismi tufayli yeru osmonda biror narsa zarar bera olmaydi. U
eshituvchi va biluvchi Zotdir) degan kishiga hech narsa zarar yetkazolmaydi. Usmondan
Ummatimdan shunday odamlar borki, ulardan biri kechaning bir qismida turib
(shayton oqshom payti bog’lagan tugun bor ekan), o’zini ibodatga tayyorlash uchun
tahorat olsa, qo’llarini yuvayotganda bir tugun yechiladi. Yuzini yuvayotga nida yana bir
tugun yechiladi. Tirsaklarini yuva yotganida bir tugun yana yechiladi. Boshiga mashtor
tganida yana bir tugun yechiladi. Oyoklarini yuvganida tugunlardan yana biri yechiladi.
Ittifoqo, Alloh taolo hijob orqasida turganlarga (malo ikalarga) shunday marhamat
qiladi: “Qarang shu bandamga. Mendan so’rash uchun nafsini naqadar tayyorlayapti.
Shu bandam nima so’rasa, bergayman”. Uqba ibn Amrdan (r.a.)
Qiziqarli malumotlar
Hojatxonaga bosh kiyim bilan kirish