HISOR-OLAY TOGʻLARI
HISOR-OLAY TOGʻLARI — Oʻrta Osiyodagi togʻ sistemasi. Shim. da Fargʻona botigʻi, jan. da Pomir togʻlari va AfgʻonTojikiston botigʻi, gʻarbda Qizilqum choʻli, sharqda esa Fargʻona va Qaqshal tizmalarining jan.-sharqiy qismi bilan chegaradosh. Tarkibiga Olay tizmasi, Turkiston tizmasi, Nurota togʻlari, Zarafshon tizmasi va Hisor tizmasi kiradi. Ular bir-biridan kichik tektonik botiqlar va daryo vodiylari bilan ajralgan va bir qancha tarmokdardan tashkil topgan. H.-O. t. ning sharqiy qismi Qirgʻiziston, oʻrta qismi Tojikiston va gʻarbiy qismi Oʻzbekiston Respublikalari hududida joylashgan. Barcha tizmalar deyarli ken-glik boʻylab 900 km dan ziyod masofaga choʻzilgan. H.-O. t. sharkda Olay tizmasi bilan boshlanadi. Tizma shim. dan Fargʻona botigʻi, jan. dan Olay botigʻi bilan chegaralangan va Sirdaryo va Amudaryolarning suvayirgʻichidir. Ushbu daryolarning koʻpgina irmoklari (Vaxsh, kofarnihon, Surxondaryo, Oqbura, isfayram, Xoʻjabaqirgʻon, Shohimardon va b.) Olay tizmasidan boshlanadi.
Ensiklopediya.uz
HISOR-OLAY TOGʻLARI