HIROT AMIRLIGI

HIROT AMIRLIGI

HIROT AMIRLIGI (1716-32) – Hirot qoʻzgʻoloni natijasida barpo etilgan davlat. H. a. ni qabila zodagonlari tomonidan saylangan amir va zodagonlar kengashi boshqargan. Hirot amirining hokimiyati Murgʻob, Bod-hiz, Qusuviya, Gʻuriyon va Farax tumanlariga tarqalgan. Safaviylarnit, keyinchalik esa Nodir Qulibekning (q. Nodirshoh) H. a. ni boʻysundirish uchun bir necha yillar davomida olib borgan urinishlari samarasiz boʻlgan. Faqat 1732-y. ga kelib Nodirshoh amirlikni bosib olishga erishgan. Abdallarning bir necha ming oilasi viloyatdan badargʻa qilingan, Nodir-shoh sarkardalaridan biri Hirot hokimi etib tayinlangan. Hirot amirligining barpo etilishi afgʻon davlatchiligining shakllanish jarayonida muhim bosqich boʻlgan.

Ensiklopediya.uz
HIROT AMIRLIGI