HIND-ERONIY TILLAR

HIND-ERONIY TILLAR

HIND-ERONIY TILLAR, oriy t i l l a r — hind-yevropa tillari oilasining bir tarmogʻi; hind tillari va eroniy tillarszm iborat. Uning tarkibiga, shuningdek, dard tilla-r i (Afgʻoniston, Pokiston va Hin-diston shim. dagi togʻli oʻlkalarda tarqalgan kashmiriy, shina, phalura, khoʻvar, gavar, dameli, poshoyi kabi 20 dan ortiq tillar — 4 mln. dan ortiq kishi soʻzlashadi) va nuriston tillari (Afgʻonistonning Nuriston togʻli viloyatida tarqalgan 10 ga yaqin til — 150 mingdan ortiq kishi soʻzlashadi) ham kiradi. Shunday qilib, H.-e. t. tarmogʻi 150 ga yaqin jonli va 20 ga yaqin oʻlik tillarni qamrab oladi va ularda taxm. 900 mln. ga yaqin kishi soʻzlashadi (oʻtgan asrning oxirlari).

Ensiklopediya.uz
HIND-ERONIY TILLAR