Hilola Hamidova oltin kuz faslining 13-sentabr kuni Parizod burji ostida Andijon shahrining ziyolilar oilasida tavallud topdi. Bolaligidan u milliy kuy qo’shiqlarga juda ishtiyoqi baland edi. Maktab darslari bilan birgfalikda Hilola musiqa maktabida dutor sirlarini o’rgana boshlaydi. 16 yoshida, maktabni bitirgan kezlari poytaxtda o’kazilishi kerak bo’lgan «O’zbekiston Vatanim mani» ko’rik tanlovida dutorchi qizlar guruhi ishtirokchisi etib tanlab olinadi. Shu ko’rik tanlovga ustozi Rasuljon Samiyev milliy qo’shiq kuylaydigan qizlar va bolalar guruhini tayyorlaydi. Shunda qizlar guruhiga bittagina qiz yetishmay qoladi. Tanlovda Hilola Hamidova aynan shu joyga nomzod bo’ladi. Shu ko’rik tanlovda Hilola Habiba Oxunova ijro etgan «Ey sabr» ariyasini mukammal o’rganib ijro etadi. Xonanda 1995-yilda Andijon Davlat San’at yurtining «An’anaviy ijro» fakultetiga o’qishga kiradi. So’ng, O’zbekiston Davlat Konservatoriyasini ham tamomlaydi. Hozirgi kunga kelib Hilola Xamidova 50dan ortiq qo’shiqlarini, 20ta klip va «Ko’zimda sog’inch» nomli albomini o’z muhlislariga havola etdi.