Hikmatli so’zlar
Hikmatli so’zlar
DO`STLARGA ULASHING:
Hikmatli so’zlar
Dono odam dushmandan ham ko‘p narsa o‘rganadi.
ARISTOFANEng qiyini — o‘z ishini anglab yetish, eng osoni — o‘zgalarga nasihat aytish.
FALESBiz chelaklab nasihat aytamizu, ammo o‘zimiz tomchilab qabul qilamiz.
U. OLJERO’zgalar oldida berilgan nasihat ta’nadek botadi.
QOBUSBiz hech narsani nasihatchalik saxiylik bilan aytib tashlayvermaymiz.
F. LAROSHFUKOO’zgalarning ishi xususida donolik qilish o‘z shaxsiy ishini eplashga qaraganda ancha osondir.
F. LAROSHFUKOAql o‘rgatish va aqlli bo‘lish mutlaqo boshqa-boshqa narsalardir.
G. LIXTENBERGNasihat xuddi kunjut yog‘idek yoqimsiz: uni birovga ichirish osonu, ammo o‘zimiz ichishimiz koni azob.
B. SHOUMaslahat so‘rash — bu bir kishi ikkinchisiga ko‘rsatadigan eng yuksak ishonchdir.
F. BEKONQuruq javoblar odilona savollarni mahv etadi va aqlni o‘tmaslaydi.
A. I. GERTSENBarchani o‘z gazi bilan o‘lchash tor aql ko‘chasiga kirishdir.
D.I.PISAREVYoqimli maslahat berma, yaxshi maslahat ber.
SOLONOsonlik bilan foydalansa bo‘ladigan maslahatgina naflidir.
L. VOVENARGYaxshi maslahat hech qachon kechikib aytilmaydi.
B. JONSONO’z ustidan g‘olib chiqa oladiganlardangina maslahat so‘ra.
LEONARDO da VINCHIBirortasi bilan o‘z ishing yuzasidan maslahatlashmoqchi bo‘lsang, eng avvalo, o‘z ishlarini qanday yo‘lga qo‘yib olganiga e’tibor qil.
SUQROTYaxshi maslahat kimdan chiqqanining ahamiyati yo‘q.
T. FULLERDushmandan ham o‘rganish mumkin.
M. MONTENDono odam dushmandan ham ko‘p narsa o‘rganadi.
ARISTOFANG’anim so‘ziga kirish — xatolik, ammo unga teskari ish tutmoq uchun uni tinglamoq darkor. Bu chinakam haq yo‘ldir.
SA’DIYYaxshi maslahatni qabul qilmoq — shaxsiy imkoniyatlarni yanada oshirmoq, degani.
I. GYOTEO’zini dono hisoblagan odamga aql o‘rgatmoqchi bo‘lgan kishi vaqtini bekor ketkazadi.
DEMOKRITOdamning o‘zi istamasa, hech qanday o‘git-nasihatlar unga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatolmaydi.
R. ROLLANQaysarga nasihat qilgan kishining o‘zi nasihatga muhtojdir.
SA’DIYAhmoq bilan munozara qilish — ko‘rga chiroq yoqqan bilan barobar.
P. BUASTSen aytgan o‘rinli gapning ahmoq qulogiga yetmay qolib ketishi hamma narsadan ham achinarli.
Sh. MONTESKYEMaslahatga kirmaydigan odamga yordam bermaslik kerak.
B.FRANKLINTentaklarning ustozi so‘z emas, baxtsizlikdir.
DEMOKRITShunday odamlar borki, ularning qulog‘ini kesib tashlamaguningcha eshitishni istashmaydi.
G. LIXTENBERGTentakka maslahat berish — ko‘rga ko‘zgu tutish bilan baravar.
I. MYULLERSo‘z ta’sir qilmagan odamga kaltak ham o‘tmaydi.
SUQROTNodon qulog‘iga pand, xuddi qafasda shamol,
Olamning nasihati g‘alvirdagi suv misol.
SA’DIYHar qanday kishi ham o‘zi tushunadigan narsaga quloq soladi.
I. GYOTEBirovga maslahat berish mumkin, ammo uni yaxshi xulqqa o‘rgatib bo‘lmaydi.
F. LAROSHFUKOMaslahat beradilaru, ammo uni ishlatish uchun aql berolmaydilar.
F. LAROSHFUKOAhmoq beixtiyor yaxshi maslahat berib qolsa, aqlli odam uni bajarishi kerak.
G. LESSINGAbulqosim Firdavsiy hikmatlari
Hikmatlar xazinasi kitobidan
Yomonlikni aslo aylama odat,
Ozga qanoat qil, ochlikka toqat.
Baland saroy qurib qilgandan obod,
Yaxshidir bir g’arib dilin qilsang shod
Kimki to’g’rilikni o’ylamas dildan,
Nafratga sazovor ul kishi chindan.
Xudo ne’matlarin oliysi idrok,
Aqlni vasf ctar, kimki dili pok.
Aql yo’l ko’rsatib, dilni etar shod,
Har ikki olamda aqlli obod.
Agar aqli xira bo’lsa har inson,
Shodlikka erisha olmas bir zamon.
Gar aqlin rahnamo qilolmas kishi,
Dilin o’rtar uning qilgan har ishi.
Aql ulug’likka etadi payvand,
Aqlsizning doim oyog’ida band.
Aql dil ko’zi-ku, fahmiga yetsang,
Yaxshimas jahondan ko’r o’tib ketsang.
Hamisha aqlingni rahnamo etgil,
Noloyiq ishlardan olisroq ketgil.
Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on,
Shunda bilursankim, ilm bepoyon.
Jahonda hech ish yo’q bo’lmasin tadbir.
Yovni kichik bilib, kutma omonlik,
Kuning bitar, taqdir qilsa yomonlik.
Jahonni bermaylik, keling, yomonga,
Barchani boshlaylik yaxshi tomonga.
Yaxshi ham, yomon ham qolmas poydor,
Yaxshisi «yaxshilik qolsin yodgor».
Har qachon yangi yo’l tanlarkan kishi,
Ta’na-malomatlar eshitmoq ishi.
Jahonda qoldirsak agar yaxshi nom,
Bizdan so’ng faqat shul etadir davom.
Yomonlikni kimki qilibdur odat,
Bu dunyoda nomi o’char oqibat.
Nima eksang o’sha tushar o’roqqa,
Nima desang shu so’z inar quloqqa.
Olamda dard yo’qki, bo’lmasin darmon.
Jahon boshdan-oyoq hikmat-ku, hikmat,
Nechun g’aflat bo’lmish bizlarga qismat.
Taqdir yomonliqni ko’rganda ravo,
Saboq ol, undan ham yog’ilsin ziyo.
Shoislom Shomuhamedov tarjimasi
Hikmatli so’zlar