Hikmatlar sandig‘i to’liq malumot oling

Hikmatlar sandig‘i to’liq malumot oling

Iymon bir muazzam saroy desak, uning ichiga kirmoq uchun yurib borish kerak, balki tikanzorni yalangoyoq bosib o‘tishga to‘g‘ri kelar.
Mundarija скрыть

* * *

Kam ichding nima-yu, ko‘p ichding nima, farqsiz, igna ham yo‘g‘on qoziqning uchi ham ko‘zga kirar bo‘lsa baribir ko‘r qiladi.

Tohir Malik

Jon Miltondan:

• Kishi o‘ziga biror mashaqqatni olmasa, boshqaninng ko‘nglini ololmaydi.

• Zo‘raki urinishlar zakiylikni o‘ldiradi.

• Ehtiroslar—kemalarning yelkanlarini to‘ldiradigan shamol. Ba’zan u kemalarni cho‘ktiradi, lekin yelkansiz kemalar ucholmaydi. Safro insonni g‘am va kasal qiladi, ammo safrosiz u yashay olmaydi. Bu dunyoda hamma narsa zarur va hamma narsa havfli.

• Tasodif yo‘q bu dunyoda hamma narsa yo sinov, yo jazo, yo mukofat, yo oldindan aytish.

• Vaqt — dunyoda undan uzun, undan qisqa narsa yo‘q.

• Birovdan nafratlansang va unga hasad qilsang hayotingga zahar solgan bo‘lasan.

• Hayot muqaddimasida insonga ozginagina baxt nasib qiladigan bo‘lsa, qanchalar uzoq yashamagin, ana shu bir necha soatlik shodlikdan bo‘lak quvonchni hech qachon topmagaysan. Bu soatlarda oxirigacha huzur qil. Birinchi buloq oxirgisi hamdir. Tashnaligingni bir umrga qondirib ol: undan yana suv ichish nasib etmaydi.

• Tananing qayta tirilishiga ishonmoq uchun shu tananing istaklarini yenga bilish darkordir. Tanning istaklarini suiste’mol qiladiganlar, uning qayta tirilishini tasavvur ham qila olmaydiganlardir, bu ularga yuborilgan jazodir.

• Yasama dabdaba kaltafahmlikning intihosi.

• Soxta mulozamat hiyonatdan darak beradi.

• Hech kim niqobsiz yurmaydi.

• Gap shundaki eshitganingga emas, ko‘rganingga ishon.

• Puxta o‘ylab ko‘rilmagan bemavrid mardlik baxt keltirmaydi.

• Yaxshilik bilan yomonlik, kulfat bilan omad, yonma-yon, oldinma-keyin yuradi.

• Mehr bilan qahr orasi bir qadam.

• Umid bilan qurgan imorating bir og‘masin, bir og‘dimi baribir yiqiladi.

• Begona ko‘chaga kirib qolgan odam qo‘rqib qoladi, Qo‘rqadi-yu o‘sha zahoti qaytib keta qolmaydi, nimaga shunaqa qilganini o‘zi ham bilmaydi.

• Cho‘qqiga chiqayotgan odam yiqilishni niyat qilmaydiku, kurashdingmi yengishing shart.

• Mukammallik chegara bilmaydi.

• Ko‘ngilchanlik ketmaydi, ko‘richakni kesib tashlab qutiladilar.

• Ingichka oh chorasizlik belgisidir. Va yo bemornikidir. Dardi og‘ir odam ko‘ksini to‘ldirib emas, dilidan shikasta oh chiqazur.

• Dushmaning hushomadga o‘tsa hushyor bo‘l.

• Iymonsiz kishi yalong‘och odamga o‘xshaydi.

• Jonim og‘rimasin desangiz joningizni og‘riting.

• Tunu kun nafsni tiyishga intilmoq darkor.

• Riyozatni qattiq tort.

• Tilaymanki tilamagaysan.

• Quyosh botsa o‘kinma, ertaga u tongni boshlab keladi.

• Xavfu xatarning o‘zidan ko‘ra uning hadigi yomonroq.

• Tirik bo‘lib to‘rda yo‘q, o‘lik bo‘lib go‘rda yo‘q.

• Inson bolasining ming bir qusurlaridan biri shulki, u o‘zining qusurlaridan ko‘ra begona kimsaning qusurlarini sanashni afzal ko‘radi.

• To‘g‘ri o‘ylab, to‘g‘ri qaror ber.

• Inson ishonch va tushunchalariga ko‘ra yashashi lozim.

• Chorasizligi tufayli boshqa odamlarning niyatlari uchun yashaydigan odam yolg‘izlik va azobga mahkumdir.

• O‘zini qidirayotgan ko‘pgina shaxs bu qidirishdan charchaydi. Aytilgani kabi yashash, ya’ni birovning fikriga ko‘ra yashash har doim osonroqdir.

• Kimki azob va mehnatdan o‘zini olib qochsa, u hech narsaga erisha olmaydi.

• Aql bitta o‘zi jannatni jahannamga, jahannamni jannatga aylantirishi mumkin.

Aziz Norqulov tayyorladi

ziyouz.uz

Aforizmlar
Hikmatlar sandig‘i