Hech qayerda ishlamaydigan shaxsdan qancha aliment undiriladi? to’liq malumot oling

Hech qayerda ishlamaydigan shaxsdan qancha aliment undiriladi? to’liq malumot oling

Agar aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxs shu davrda ishlamagan bo‘lsa yoki uning ish haqi va (yoki) daromadini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan bo‘lsa, aliment qarzi undirilayotgan vaqtda aliment O‘zbekiston Respublikasidagi o‘rtacha oylik ish haqi miqdori bo‘yicha hisoblab chiqiladi (O‘zbekistonda 2022-yilning yanvarь-iyunь oylaridagi o‘rtacha ish haqi taxminan 
2,8 million so‘mni tashkil etadi).

Agar qarzni bunday belgilash taraflardan birining manfaatlariga jiddiy putur etkazsa, manfaatlariga putur etkazilgan taraf sudga murojaat qilishga haqlidir. Sud taraflarning moddiy va oilaviy ahvolini va boshqa e’tiborga loyiq holatlarni inobatga olib, qarzning pul bilan to‘lanadigan qat’iy summasini belgilashi mumkin.

Aliment olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs, aliment talab qilish huquqi vujudga kelganidan so‘ng qancha muddat o‘tganidan qat’i nazar, xohlagan vaqtda aliment undirish to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.

Bunday holda, aliment undirish to‘g‘risidagi da’vo arizasi bilan fuqarolik sudiga quyidagi hujjatlar bilan murojaat qilish kerak:

  • er-xotinning pasportlari (ID-kartalari) nusxalari;
  • bolalarning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari nusxalari;
  • ro‘yxatga olish yoki ajralish to‘g‘risidagi guvohnomalar.

Da’vogar qo‘yidagi holatlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi.

  • Sud qarori qabul qilinganidan so‘ng, qaror ijro uchun Majburiy ijro byurosiga (MIB) taqdim etiladi.
  • Majburiy ijro byurosi sud qarori asosida ijro varaqasini chiqaradi va javobgardan alimentni hisoblash va undirishga kirishadi.

Moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga etmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash ma’muriy va jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.

Misol uchun: Fuqaro L. sud qarori bilan aliment to‘lovchi hisoblanadi. Uning doimiy daromadi yo‘q. U MIBda aliment miqdorini hisoblash uchun ish joyidan ma’lumotnoma taqdim eta olmadi. Aliment 1 ta bola uchun undirilishi kerak (ish haqining 25%). Bunday holatda alimentni hisoblash tartibi qanday bo‘ladi?

Javob: Aliment miqdori Respublikadagi o‘rtacha oylik ish haqidan kelib chiqib hisoblanadi. Hozirgi paytda Respublikada o‘rtacha oylik ish haqi taxminan 2 800 000 so‘mni tashkil etadi (bu o‘rtacha oylik ish haqining 25 foizi). Bunday holatda undiriladigan aliment miqdori taxminan 700 000 so‘mga teng bo‘ladi.

• Ota-onalar va bolalarning aliment huquqlari va majburiyatlari bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.
• Aliment to‘lash va undirish tartibi bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.
• Majburiy ijro byurosiga murojaat qilish uchun ushbu havolaga o‘ting yoki 1107 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.
• Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarning aloqalari va manzillari.

manba: advice.uz

Foydali Maslahatlar
Hech qayerda ishlamaydigan shaxsdan qancha aliment undiriladi?