HAZORBOGʻ

HAZORBOGʻ

HAZORBOGʻSurxondaryo viloyatidagi kanal. Toʻpolondaryoiint oʻng sohilidan boshlanadi. 1929—38-y. larda qurilgan. Ilgarigi uz. 36,5 km, suv oʻtkazish imkoniyati 18 m3/s. Keyingi rekonst-ruksiyalar (1953—1967) natijasida kanalning suv oʻtkazish imkoniyati 70 m3/s gacha oshirildi; uz. 56 km ga yetkazildi. 3-km da bosh gidrouzeli bor. Kanal kamsuv Toʻpolondaryo, Sangardak, Hoʻjaipok daryolarini birlashtiradi. Hazorbogʻ trassasi jan.-gʻarbiy yoʻnalishda koʻp mayda ariklarni kesib oʻtadi. Denov va Shoʻrchi tumanlaridagi 40 ming ga ga yaqin ekin maydonlarini sugʻoradi. H. Defez suv ombori (sigʻimi 12,8 mln. mʻ)ga suv beradi.

Ensiklopediya.uz
HAZORBOGʻ