Hazil she’rlar

Hazil she’rlar
hazil sherlar 65cb2fec0c3b1

66c94589d9f409dff0f6099245312eed

Hazil she’rlar

Mundarija скрыть
Hazil she’rlar
DO`STLARGA ULASHING:
Yaqin o’tgan zamonda, allaqaysi tomonda, Odam bilmas bu zamin yashar ekan sisadmin. Eski kompi yonida o’ltirarkan erta kech, Viruslar-u yuzerlar tich qo’ymaslar uni hech. Xatto ba’zi vaqtlar ovqat yemas, ichmas choy, Bosh qashlashga yo’q fursat, tanlamaydi uyqu joy. Shunday kunlar birida ko’z qizargan, qorin och Bosh qashladi sisadmin: (Po’stak bo’lib ketgan soch). Monitorda hayoli, bir qo’l sichqon qidirar, Birida boshdan tolgan kichik burga pitirar. Sisadminga burgani chaqqani qildi alam, Jon qayg’usi ostida tilga kirdi burga ham — Ey odamzod bolasi! Tingla burga nolasin! O’ldirmagin oshnajon, bolam yetim qolmasin! Quloq solgin bir nafas, ko’p sirlarni bilaman, Qo’yib yubor sochingga, ho’p yahshilik qilaman:» Bunda xayron sisadmin, yelkasini uchirar Spikerlar ovozin goh ko’tarib tushirar. Esi og’ib sisadmin virtual deb o’ylaydi, Monitorga anqayib o’z-o’ziga so’ylaydi: — Ont ichaman, Windowda bunday xato bo’lmagan, Hattoki Bill Geyts ham bunday burga ko’rmagan. Kasperskiy viruslari ichida yo’q bundog’i, Internetda ko’p ishlab aqldan ozdim chog’i… O’ylanadi sisadmin, tinmay boshin qashlaydi Kelolmay bir qarorga burga ko’nglin g’ashlaydi. Ohir dedi, «Chidolmasman burgalar ko’z yoshiga, Boshqa halal berma,» — deb qo’yib qo’ydi boshiga: Kun o’tqazib sisadmin kelar ishxonasiga, Ko’rib eski kompini urar peshonasiga. — Eh, axmoqman, o’zi men, omad kelsa bilmabman! Hech bo’lmasa yangi komp talab qilib olmapman! O’sha tilla burgani mendan jonga qarzi bor, Qolaversa issiq joy, oshu-nonga qarzi bor. Bosh qashlaydi sisadmin, izlar tilla burgani, Topsa tilab tilagin davru-davron surgani. Bosh dabdala bo’lgan chog’ tirnoqlarning kuchiga Burga kelib qo’nadi qoq burunning uchiga: Deydi: «Ey olampanoh! Keching zarra qonimni, Menga bergansiz panox, asragansiz jonimni. Ne sabab bosh qashlaysiz? Menning dilim g’ashlaysiz? Tilang tilagingizni! Ne savdolar boshlaysiz?!» Admin deydi xo’rsinib: «Burga, tushun holimni, O’zing menga yordam qil istasang kamolimni. Kompyuter eskirgan, xuddi siniq arava, Xotirasi yo’q hisob, ichi chigal kalava. Vinchesterni ichiga in qurgan bad sektorlar Viruslarni domiga tushib qo’lgan vektorlar. Windowsni o’ylama, ishlar faqat MS-DOS, Har bitta bayt hisobda. Ishonmaysan aytsam, do’st. Hullas, menga Burgajon, bitta yordam berasan, Menga atab super zo’r kompyuter terasan! Yo’q deyishga shoshilma, sexrlisan, bilaman, Yordam qilsang bir umr senga qulluq qilaman!» Burga deydi: «Mayli siz aytganizcha bo’ladi Tashvish qilmang, sovg’amdan xo’p ko’nglingiz to’ladi». Shunday deb bir sakradi Burga burun ustida, Birdan shovqin boshlandi Sisadminning ostida. Kayfi o’char sisadmin, atrof tuman chang-to’zon, Toza havo buzilgan, ko’z ochirmaydi bo’ron. Bir oz o’tib sisadmin asta kelar o’ziga, Bo’ron tingach, qarasa… Ishonmaydi ko’ziga: Qarshisida yaltirab turar super terminal To’rtta CPU! Cheksiz RAM! Xammasi original! Og’zi ochiq sisadmin, hol qolmagan turgani Yodga kelmas «Yo Rahmon», unutvorgan burgani. Shundan buyon sisadmin ishlab sira tolmaydi Qo’llar ikki sichqonda boshin qashlay olmaydi. Kun o’tdimi yoki tun farq qilmaydi sisadmin, Unut bo’lgan bu hayot, unut bo’lgan bu zamin. Shunday kunlar birida kelib fikr boshiga Urib qoldi sisadmin yag’ir peshonasiga: — O’zi yaxshi bolamanu, aqlim oqsab qoladi Ahir qaysi sisadmin mendek maosh oladi, Erta-yu kech yuzerlar tegib ketar jonimga Xar tomondan vuruslar tashna qilar qonimga. Bir tomonda eski modem, tezlik sira oshmaydi Ahir bunday internetda kimda sabr toshmaydi? Bosh qashlaydi sisadmin izlar tilla burgani Topsa tilab tilagin davru-davron surgani. Bosh dabdala bo’lgan chog’ tirnoqlarning kuchiga Burga kelib qo’nadi qoq burunning uchiga: Deydi «Ne gap? Ey do’stim, nega boshing qashlaysan? Nega holing parishon, mening dilim g’ashlaysan?! Admin deydi xo’rsinib: «Burga tushun holimni O’zing menga yordam qil istasang kamolimni». Shunday deya sisadmin dardin to’kib soladi Burga esa tilagini inobatga oladi. Burga sakrab joyidan ko’tarilar chang to’zon Bo’lgan o’zgarishlarni bizga aytmoqqa oson. Sisadminning bitta ham tarmog’ida yuzer yo’q, Antivirus kerak emas viruslardan ko’ngli to’q. Bill Geytsning o’zi unga dastur yozib beradi, O’sha Linus Torvalds drayverlar teradi. Hatto mashhur IBM unga qaram ishlaydi Dam olganda virtual Alyaskada qishlaydi. Bir yonda 3D qizlar puldan gullar dastalar Yonida virtual Bax unga qo’shiq bastalar. Xullas kalom ishlar besh, davron surar sisadmin Xatto uning nomiga o’tkazildi bu Zamin. Shunday… Qaxramonimiz, ishlamaydi, tolmaydi, Qo’llar botgan oltinga, boshin qashlay olmaydi. Bir kuni kayf holiga fikr kelib boshiga Urib qoldi sisadmin yana peshonasiga. Endi boshi qashlamas. Chaqiradi burgani Ko’tarilgan burnida yana uni ko’rgani. Burga kelar bag’ri hun, holi qurigan butun, (toza joyda yashashdan ne foyda burga uchun?!) Iltimosni unutgan, sisadmin do’q qiladi Burnidagi burgani oyog’idan iladi: -Endi burga, oshnajon, xamma ishni bilasan Bugun bitta maslahatli vazifani qilasan. Yalinmoqlik burgaga obro’yimga xos emas, Yana bundan tashqari turqimiz ham mos emas. Xatto chidab kelganmiz, yashasang ham boshimda, Endi qo’lni qovushtirib turgin mening qoshimda. «Vinchestering» eskirgan, hotirangga ishonch yo’q, «Birdan o’lib qolsa» deb bo’lolmaydi ko’nglim to’q. Xullas, Burga, oshnajon, sirni menga aytasan! Shunda yana boshimga eson omon qaytasan. Burga deydi: Ey gumroh, ko’ngling neni istaydi? Rost. Orzuga ayb yo’q! Faqat kulgim qistaydi. Mayli deydi, sen aytgan xar ish bo’lsin iloyim, Faqat, shoxni gadodan qarz qilmasin Hudoyim. Shunday deya sakradi Burga admin qo’lida Faqat qoldi chang-to’zon uning ketgan yo’lida. Tuman tushib olamga, ko’kni bulut qopladi, Bo’ron bo’lib, yog’ib do’l, xammayoqni bopladi. Ko’z ocholmas sisadmin ko’zga xas-cho’p tiqilgan Quyun ilib oyog’in, bir chekkada yiqilgan. Ko’kda chaqmoq tinadi… Bulut chetga qochadi… Quyosh bilan sisadmin asta ko’zin ochadi… Atrof jim-jit, sokinlik… Zulmatga botgan zamin… Eski kompi yonida o’tiribdi kal admin… Ayo do’stlar kulmangiz, Sisadminning holiga Toki tushib qolmaylik biz uning axvoliga!
YOLG’ONCHI SHER Bor ekanu yo’q ekan, Och ekanu to’q ekan. Qadim o’tgan zamonda, Tog’-u toshlar tomonda. Bor ekan ko’p hayvonlar, Tog’da o’ynar jayronlar. Olmaxon shosha pisha, Goh daraxt,yerga tusha. Yong’oq,meva to’playdi, Ayiq suvdan ho’playdi. Qushlar ham sho’x-u shodon, Qidirishmoqdalar don. Ilon sichqon ovlaydi, Quyon yerni kovlaydi. Chumoli ham serg’ayrat, Toshbaqa qilar hayrat. Oftobda uxlar yo’lbars, Bo’ri yo’lbarsdandir qarz. O’rmonda ishlar qizg’in, Arilar ham olmas tin. Shunday serg’ayrat kunda, Ovga chiqmoqchi tunda. Ko’rshapalaklar uxlar, Sharsharada suv bug’lar. Hamma to’kganida ter, Inida uxlardi sher. U erur xo’p dangasa, Doim shirin go’sht yesa. Uning g’ami aslo yo’q, Bo’lsa doim qorin to’q. Deyishadi uni shoh, Bu nomga keltirdi dog’. Xullas bu sher yalqovdir, Panjalari doim kir. Shunday qilib yoz o’tdi, Yoz ketidan kuz o’tdi. Bo’ldi beshavqat ayoz, Sher der: bo’lsa koshki yoz. Sovuqdan titrar panja, Chidaydi iloj qancha. Olmaxon mazza qilib, Mevalardan ham to’yib. Issiq inida yotar, Sumalaklar ham qotar. Bechora sher azobda, Bo’lsa yemak shu tobda. Boribdi u g’or tomon, Ammo u yer xo’p yomon. Chunki yashaydi ayiq, Orzusi minmoq qayiq. Sher aldabdi ayiqni, Va’da qilib qayiqni. O’tkazib g’orda qishni, Qo’yib tishiga tishni. Qushlar sayrabdi nahor, Chunki kelibdi bahor. Uyg’onib o’rmon ahli, Ilonning kelib zahri. Sher ham bu paytda uyg’oq, Kayfiyati juda choq. Hoy sher ayiqdan hayiq, Berishing kerak qayiq. Ayiqqa to’qib zo’r yolg’on, Borgin debdi soy tomon. U yerda bordir qayiq, Tezroq borgin ey ayiq. Ayiq ishonib unga, Tushibdi uzoq yo’lga. Sher juda ham xursand, O’ziga beribdi tan. Mazza qilib go’sht yebdi, Yana yolg’on so’z debdi. Yaqinda kelar ovchi, U sizlarni yemoqchi. O’rmon ahli norozi, U sher o’zidan rozi. Bir kun sher sayr qilib, Bir ajib yerga kirib. Ko’zi tushib buzoqqa, Tushib qolib tuzoqqa. Xullas qissadan hissa: Yomonlik qilmang zinhor! Mehnatkash yaxshi bo’ling, Ezgu istakka to’ling. Sher bo’lsin sizga ibrat, Xayr bo’ling salomat.

DO`STLARGA ULASHING:

TURG‘UNBOY

Ish axtarib Turg‘unboy
Necha kunki sarsondir.
Omadining teskari
Yurishidan hayrondir.

Yo‘qsa, bajo qilingan
Barcha tartib-qoida!
Hujjatlari bir talay,
Propiska joyida.

Qayga borsa keling, deb
Xushnud qarshi olishar.
Lekin suhbat so‘ngida
O’ylanishib qolishar.

— Afsus, afsus, — deyishar,.
Tag‘in bir oz kutgaysiz,
Va’da bergan bo‘lsak gar
Bizni ma’zur tutgaysiz.

Ish axtarib Turg‘unboy
Necha kunki sarsondir.
Omadining teskari
Yurishidan hayrondir.

Turg‘unboyga shum taqdir
Sira shafqat qilmaydi.
Pora beray, der, ammo
Usulini bilmaydi.

Tik turgancha boshliqqa
Shikoyatin so‘zladi.
Ko‘rgan-kechirgan barcha
Hikoyatin so‘zladi.

Dedi: — Aybim nimadir,
Bilolmayin hayronman.
Shu mushkulning chorasin
Qilolmayin hayronman.

Boshliq uzoq o‘yladi,
Hujjatlarni varaqlab.
So‘ng xazina topganday
So‘z boshladi charaqlab:

— Hujjatlar-ku joyida,
Tuppa-tuzuk jismingiz.
Faqat bir gap: bizlarga
To‘g‘ri kelmas ismingiz.

Afsus, qayta qurishning
O’tmabsiz yo‘llarini.
Turg‘un ismi eslatar
Turg‘unlik yillarini.

Turg‘unboyning nogahon
Yorishdi o‘ksuk dili.
— Bor-yo‘q aybim shumi, — deb,
Kalomga keldi tili.

Dedi: — Nainki ismim,
Olamdan ham tonurman.
Ismim Turg‘unboy emas,
Mayli, Urg‘unboy bo‘lsin.

Urg‘unboyga munosib
Vazifani topdilar.
Turg‘unlikning yana bir
Sahifasin yopdilar.

Majlislarda endi u
Fursat poylab turadi.
Ur, desa bas, Urg‘unboy
Duch kelganni uradi.
1987

Abdulla Oripov

SHOIR
(Hazil)

E’lon ossang agar biror shaharda,
Esi butun odam kerak deb shu on.
Taloto‘p bo‘lgandek ro‘zi mahsharda,
Yopirilib kelardi odamlar g‘ujg‘on.

E’lon ossang agar shaharda shu kun,
Jununvash, devona kimsaga doir.
Tarqab ketar edi qolganlar, butun,
Faqat qolar edi «œU men», — deb, shoir!..
1989

Abdulla Oripov

ADMIN VA BURGA HAQIDA BALLADA
Yaqin o’tgan zamonda, allaqaysi tomonda,
Odam bilmas bu zamin yashar ekan sisadmin.
Eski kompi yonida o’ltirarkan erta kech,
Viruslar-u yuzerlar tich qo’ymaslar uni hech.
Xatto ba’zi vaqtlar ovqat yemas, ichmas choy,
Bosh qashlashga yo’q fursat, tanlamaydi uyqu joy.
Shunday kunlar birida ko’z qizargan, qorin och
Bosh qashladi sisadmin:
(Po’stak bo’lib ketgan soch).
Monitorda hayoli, bir qo’l sichqon qidirar,
Birida boshdan tolgan kichik burga pitirar.
Sisadminga burgani chaqqani qildi alam,
Jon qayg’usi ostida tilga kirdi burga ham

— Ey odamzod bolasi! Tingla burga nolasin!
O’ldirmagin oshnajon, bolam yetim qolmasin!
Quloq solgin bir nafas, ko’p sirlarni bilaman,
Qo’yib yubor sochingga, ho’p yahshilik qilaman:»

Bunda xayron sisadmin, yelkasini uchirar
Spikerlar ovozin goh ko’tarib tushirar.
Esi og’ib sisadmin virtual deb o’ylaydi,
Monitorga anqayib o’z-o’ziga so’ylaydi:
— Ont ichaman, Windowda bunday xato bo’lmagan,
Hattoki Bill Geyts ham bunday burga ko’rmagan.
Kasperskiy viruslari ichida yo’q bundog’i,
Internetda ko’p ishlab aqldan ozdim chog’i…

O’ylanadi sisadmin, tinmay boshin qashlaydi
Kelolmay bir qarorga burga ko’nglin g’ashlaydi.
Ohir dedi, «Chidolmasman burgalar ko’z yoshiga,
Boshqa halal berma,» — deb qo’yib qo’ydi boshiga:

Kun o’tqazib sisadmin kelar ishxonasiga,
Ko’rib eski kompini urar peshonasiga.
— Eh, axmoqman, o’zi men, omad kelsa bilmabman!
Hech bo’lmasa yangi komp talab qilib olmapman!
O’sha tilla burgani mendan jonga qarzi bor,
Qolaversa issiq joy, oshu-nonga qarzi bor.

Bosh qashlaydi sisadmin, izlar tilla burgani,
Topsa tilab tilagin davru-davron surgani.
Bosh dabdala bo’lgan chog’ tirnoqlarning kuchiga
Burga kelib qo’nadi qoq burunning uchiga:
Deydi: «Ey olampanoh! Keching zarra qonimni,
Menga bergansiz panox, asragansiz jonimni.
Ne sabab bosh qashlaysiz? Menning dilim g’ashlaysiz?
Tilang tilagingizni! Ne savdolar boshlaysiz?!»

Admin deydi xo’rsinib: «Burga, tushun holimni,
O’zing menga yordam qil istasang kamolimni.
Kompyuter eskirgan, xuddi siniq arava,
Xotirasi yo’q hisob, ichi chigal kalava.
Vinchesterni ichiga in qurgan bad sektorlar
Viruslarni domiga tushib qo’lgan vektorlar.
Windowsni o’ylama, ishlar faqat MS-DOS,
Har bitta bayt hisobda. Ishonmaysan aytsam, do’st.
Hullas, menga Burgajon, bitta yordam berasan,
Menga atab super zo’r kompyuter terasan!
Yo’q deyishga shoshilma, sexrlisan, bilaman,
Yordam qilsang bir umr senga qulluq qilaman!»

Burga deydi: «Mayli siz aytganizcha bo’ladi
Tashvish qilmang, sovg’amdan xo’p ko’nglingiz to’ladi».
Shunday deb bir sakradi Burga burun ustida,
Birdan shovqin boshlandi Sisadminning ostida.
Kayfi o’char sisadmin, atrof tuman chang-to’zon,
Toza havo buzilgan, ko’z ochirmaydi bo’ron.
Bir oz o’tib sisadmin asta kelar o’ziga,
Bo’ron tingach, qarasa… Ishonmaydi ko’ziga:

Qarshisida yaltirab turar super terminal
To’rtta CPU! Cheksiz RAM! Xammasi original!
Og’zi ochiq sisadmin, hol qolmagan turgani
Yodga kelmas «Yo Rahmon», unutvorgan burgani.
Shundan buyon sisadmin ishlab sira tolmaydi
Qo’llar ikki sichqonda boshin qashlay olmaydi.
Kun o’tdimi yoki tun farq qilmaydi sisadmin,
Unut bo’lgan bu hayot, unut bo’lgan bu zamin.

Shunday kunlar birida kelib fikr boshiga
Urib qoldi sisadmin yag’ir peshonasiga:
— O’zi yaxshi bolamanu, aqlim oqsab qoladi
Ahir qaysi sisadmin mendek maosh oladi,
Erta-yu kech yuzerlar tegib ketar jonimga
Xar tomondan vuruslar tashna qilar qonimga.
Bir tomonda eski modem, tezlik sira oshmaydi
Ahir bunday internetda kimda sabr toshmaydi?

Bosh qashlaydi sisadmin izlar tilla burgani
Topsa tilab tilagin davru-davron surgani.
Bosh dabdala bo’lgan chog’ tirnoqlarning kuchiga
Burga kelib qo’nadi qoq burunning uchiga:
Deydi «Ne gap? Ey do’stim, nega boshing qashlaysan?
Nega holing parishon, mening dilim g’ashlaysan?!

Admin deydi xo’rsinib: «Burga tushun holimni
O’zing menga yordam qil istasang kamolimni».

Shunday deya sisadmin dardin to’kib soladi
Burga esa tilagini inobatga oladi.
Burga sakrab joyidan ko’tarilar chang to’zon
Bo’lgan o’zgarishlarni bizga aytmoqqa oson.

Sisadminning bitta ham tarmog’ida yuzer yo’q,
Antivirus kerak emas viruslardan ko’ngli to’q.
Bill Geytsning o’zi unga dastur yozib beradi,
O’sha Linus Torvalds drayverlar teradi.
Hatto mashhur IBM unga qaram ishlaydi
Dam olganda virtual Alyaskada qishlaydi.
Bir yonda 3D qizlar puldan gullar dastalar
Yonida virtual Bax unga qo’shiq bastalar.
Xullas kalom ishlar besh, davron surar sisadmin
Xatto uning nomiga o’tkazildi bu Zamin.
Shunday… Qaxramonimiz, ishlamaydi, tolmaydi,
Qo’llar botgan oltinga, boshin qashlay olmaydi.

Bir kuni kayf holiga fikr kelib boshiga
Urib qoldi sisadmin yana peshonasiga.
Endi boshi qashlamas. Chaqiradi burgani
Ko’tarilgan burnida yana uni ko’rgani.

Burga kelar bag’ri hun, holi qurigan butun,
(toza joyda yashashdan ne foyda burga uchun?!)
Iltimosni unutgan, sisadmin do’q qiladi
Burnidagi burgani oyog’idan iladi:
-Endi burga, oshnajon, xamma ishni bilasan
Bugun bitta maslahatli vazifani qilasan.
Yalinmoqlik burgaga obro’yimga xos emas,
Yana bundan tashqari turqimiz ham mos emas.
Xatto chidab kelganmiz, yashasang ham boshimda,
Endi qo’lni qovushtirib turgin mening qoshimda.
«Vinchestering» eskirgan, hotirangga ishonch yo’q,
«Birdan o’lib qolsa» deb bo’lolmaydi ko’nglim to’q.
Xullas, Burga, oshnajon, sirni menga aytasan!
Shunda yana boshimga eson omon qaytasan.

Burga deydi: Ey gumroh, ko’ngling neni istaydi?
Rost. Orzuga ayb yo’q! Faqat kulgim qistaydi.
Mayli deydi, sen aytgan xar ish bo’lsin iloyim,
Faqat, shoxni gadodan qarz qilmasin Hudoyim.

Shunday deya sakradi Burga admin qo’lida
Faqat qoldi chang-to’zon uning ketgan yo’lida.
Tuman tushib olamga, ko’kni bulut qopladi,
Bo’ron bo’lib, yog’ib do’l, xammayoqni bopladi.
Ko’z ocholmas sisadmin ko’zga xas-cho’p tiqilgan
Quyun ilib oyog’in, bir chekkada yiqilgan.

Ko’kda chaqmoq tinadi… Bulut chetga qochadi…
Quyosh bilan sisadmin asta ko’zin ochadi…

Atrof jim-jit, sokinlik… Zulmatga botgan zamin…
Eski kompi yonida o’tiribdi kal admin…

Ayo do’stlar kulmangiz, Sisadminning holiga
Toki tushib qolmaylik biz uning axvoliga!

Manbaa: www.osiyo.uz
P.S bu faqatgina hazilomus she’r, har bir narsadan bir hikmat olamiz deb umid qilaman, InshaAlloh :)
DO’STLAR SEROB BO’LIB QOLADI
DOMLALARHAM QO’LING OLADI
QALBDA QUVONCH YOG’DU SOLADI
STIPENDIYA OLGAN KUNINGDA

DASTURXONDA NOZ NEMAT BISYOR
LAGANLARDA ISSIQ PALOV BOR
HAMMOLLIKNI QIB QOLASAN OR
STIPENDIYA OLGAN KUNINGDA

O’TGAN KUNLAR UNUT BO’LADI
QIYINCHILIK YODI SO’NADI
MUHABBATDAN QIZLAR O’LADI
STIPENDIYA OLGAN KUNINGDA

SHIMING SILLIQ KUYLAGING SILLIQ
ETIBORLAR SENGADIR ILIQ
CHIQIB QOLAR ORTIQCHA QILIQ
STIPENDIYA OLGAN KUNINGDA

ISMING QISQA AYTMAYDI BIROV
SENGGA YORDAM BERMAGAN TUNOV
BIRODARDIR UNUTILIB YOV
STIPENDIYA OLGAN KUNINGDA

TELEFONNI JIRING JIRINGI
YOQIB QOLAR QIZLAR XIRINGI
CHANG BOSADI HAR KITOBINGNI
STIPENDIYA OLGAN KUNINGDA

DARSINGNI BIROV QILADI
SO’ZLARINGNI DONO BILADI
HAMMA AYTGAN SO’ZING ILADI
STIPENDIYA OLGAN KUNINGDA

DUSHMANLARING DOSTLARDEK SAF SAF
XARAJATDAN DO’STIM YO’QDIR NAF
QO’YGIN PULING ERTAGA ASRAB
STIPENDIYA OLGAN KUNINGDA


UZUN KUYLAK TEZDA YO’QOLAR
KALTA KOFTA O’RNINI OLAR
YUPKALARHAM TIZZADAN TEPA
QOLIBSIZLAR TEZ O’ZGARIPA

MEN DEGANI MANGGA AYLANDI
MODNI BOLMOQ UCHUN SHAYLANDI
OYNA UZRA O’ZGA BOQIBDI
SIZGA SHAHAR JUDA YOQIBDI

BITSA SHERLAR SIZNI AXTARIB
ATAYSIZLAR UNI DEB XARIP
OSHIQLARGA BERARSIZ BUYRUQ
ASLIDASIZ SHUNCHAKI QURUQ

QOSH KO’ZLARNI BO’YABSIZ BIRAM
KESIB SOCHGA BERIBSIZ STAM
QANI SUMBUL SOCHU OYDAY YUZ
SO’ZIZDAHAM QOLMABDIKU TUZ

OCHIQ OYOQ TUFLILAR BALAND
BOSHQALARNI QILMAYIN PISAND
QANI O’TLI NIGOH SO’Z ILIQ
UNDAN KO’RA BO’LDIZ BEQILIQ

HOL SO’RAMAY OTA ONADAN
HOL SO’RAYSIZ G’IRT BEGONADAN
UY ISHLARI BO’LADI UNUT
TILIZ BIYRON QILMAYIN SUKUT

SHU AHVOLMI BU QANDAYIN HOL
SIZDA BITTA ILTIMOSIM BOR
QO’YING SHAHAR KO’RMANG QIZLARJON
YO’QOLARKAN QALBIZDA VIJDON

YOLG’ONCHI SHER

Bor ekanu yo’q ekan,
Och ekanu to’q ekan.
Qadim o’tgan zamonda,
Tog’-u toshlar tomonda.
Bor ekan ko’p hayvonlar,
Tog’da o’ynar jayronlar.
Olmaxon shosha pisha,
Goh daraxt,yerga tusha.
Yong’oq,meva to’playdi,
Ayiq suvdan ho’playdi.
Qushlar ham sho’x-u shodon,
Qidirishmoqdalar don.
Ilon sichqon ovlaydi,
Quyon yerni kovlaydi.
Chumoli ham serg’ayrat,
Toshbaqa qilar hayrat.
Oftobda uxlar yo’lbars,
Bo’ri yo’lbarsdandir qarz.
O’rmonda ishlar qizg’in,
Arilar ham olmas tin.
Shunday serg’ayrat kunda,
Ovga chiqmoqchi tunda.
Ko’rshapalaklar uxlar,
Sharsharada suv bug’lar.
Hamma to’kganida ter,
Inida uxlardi sher.
U erur xo’p dangasa,
Doim shirin go’sht yesa.
Uning g’ami aslo yo’q,
Bo’lsa doim qorin to’q.
Deyishadi uni shoh,
Bu nomga keltirdi dog’.
Xullas bu sher yalqovdir,
Panjalari doim kir.
Shunday qilib yoz o’tdi,
Yoz ketidan kuz o’tdi.
Bo’ldi beshavqat ayoz,
Sher der: bo’lsa koshki yoz.
Sovuqdan titrar panja,
Chidaydi iloj qancha.
Olmaxon mazza qilib,
Mevalardan ham to’yib.
Issiq inida yotar,
Sumalaklar ham qotar.
Bechora sher azobda,
Bo’lsa yemak shu tobda.
Boribdi u g’or tomon,
Ammo u yer xo’p yomon.
Chunki yashaydi ayiq,
Orzusi minmoq qayiq.
Sher aldabdi ayiqni,
Va’da qilib qayiqni.
O’tkazib g’orda qishni,
Qo’yib tishiga tishni.
Qushlar sayrabdi nahor,
Chunki kelibdi bahor.
Uyg’onib o’rmon ahli,
Ilonning kelib zahri.
Sher ham bu paytda uyg’oq,
Kayfiyati juda choq.
Hoy sher ayiqdan hayiq,
Berishing kerak qayiq.
Ayiqqa to’qib zo’r yolg’on,
Borgin debdi soy tomon.
U yerda bordir qayiq,
Tezroq borgin ey ayiq.
Ayiq ishonib unga,
Tushibdi uzoq yo’lga.
Sher juda ham xursand,
O’ziga beribdi tan.
Mazza qilib go’sht yebdi,
Yana yolg’on so’z debdi.
Yaqinda kelar ovchi,
U sizlarni yemoqchi.
O’rmon ahli norozi,
U sher o’zidan rozi.
Bir kun sher sayr qilib,
Bir ajib yerga kirib.
Ko’zi tushib buzoqqa,
Tushib qolib tuzoqqa.
Xullas qissadan hissa:
Yomonlik qilmang zinhor!
Mehnatkash yaxshi bo’ling,
Ezgu istakka to’ling.
Sher bo’lsin sizga ibrat,
Xayr bo’ling salomat.
Zamonaviy sevgi izhori:

Xayolimdasan uyquga qadar,
Xayolimdasan uyg’onsam sahar.
Hatto tushlarimda ko’raman seni
Shirin tushlarimga qo’shasan zahar!

Sizgacha ham quyosh bo’lgan oy bo’lgan
Sizgacha ham ne-ne ohu kol’z bo’lgan.
Bino qo’ymang o’zingizga ey, suluv,
Yalmog’iz ham bir payt sizday qiz bo’lgan
Garchi shuncha mag’rur tursa ham,
Ayoliga egilar erkak.
Shunday ekan manmanlik nechun,
Ularga riyo nimaga kerak.?

Kamtarin bo’l ayol,
Bir qadam chiqma ostonangdan.
Erkak zotin bilmaysanda,
Erib ketar «Hop» so’zingdan.
:1

Dunyo ekan….
Pul degan savdo
Bormi faqat mening boshimda.
Kimni yemas bul azob,
Kim ishlamas mening yoshimda…

Boylik ilk bor tushdiyu qalbga,
Hayotimning bo’ldi mazmuni.
U tanamga berib shijoat,
Ko’zlarimdan oldi uyquvni. ;D

Oldi butun fikru hayolim,
Ketdi dildan orom halovat.
Boylik butun borimni olib,
Bitta ko’ylak qoldirdi faqat.  :D

Borliq olam ko’zimga ming ming,
G’aflatga to’la ko’rindi.
Gullar menga boyligimning,
Shodalari bo’lib ko’rindi.  :o

Ayb etmangiz,
Do’stlar, bu savdo
Bormi faqat mening boshimda.?
Kimni etmas bu ko’ngil shaydo,
Kim xazil qilmas mening yoshimda.  ;D

Ko’tarishib tugunlarini,
Kirib keldi uyga sovchilar…
So’zga chechan, avrashga usta,
Bir oz ayyor, bir oz lofchilar…!

Choy ichishgach bir piyoladan,
So’z ochishdi Kuyov boladan,!
Musichaday beozor yuvvosh,
Tili shirin zo’r Qaynonadan…!!!

Qiz boladur palaxmon toshi,
Men nima ham qila olaman…
Kelin bo’lay, bor alamimni,
O’sha bezoridan olaman…

Zar xunarmand mulla deyishdi,
G’irt bezori bolalarini,
Obro’sini ro’kach qilishdi,
So’ng ammayu xolalarini…

Erkagina jayron edima,
Tillo zanjir solib ketishdi,
Aylantirib Onam boshini,
Meni boshim bog’lab ketishdi…!

Qiz boladur palaxmon toshi,
Men nima ham qila olaman,?!
Kelin bo’lay, bor alamimni,
O’sha bezoridan olaman.

Y. Usmonova
«xato chunmelayu lekin uyimga keladigan odamlani orqasidan suv sepvoraman…(qaytib kemasin dib)  :7«

Bo’lmaydi…

Futbolchi bilan hakamning o’rtasida gap-gashtak bo’lmaydi,
Nazoratchi hakamda hushtak bo’lmaydi.

Shifokorda butsa bo’lmaydi,
Grandlarni yutsa bo’lmaydi.

Erta bahorda hazon bo’lmaydi,
Stadionlarda yaxshi gazon bo’lmaydi.

Xonaki gul chamanda bo’lmaydi,
Homiy yo’q shaharda komanda bo’lmaydi.

Mumtoz musiqada «œbas» bo’lmaydi,
Qizg’anchiq futbolchida pas bo’lmaydi.

O’tovda «œfortochka» bo’lmaydi,
Laynsmenda kartochka bo’lmaydi.

Butsa yoki krassovkada poshna bo’lmaydi,
Futbolchi bilan hakam oshna bo’lmaydi.

Sababsiz «œshtarf» bo’lmaydi,
Sotilgan hakam betaraf bo’lmaydi.

Yem yemagan molning eti bo’lmaydi,
Sotilgan hakamning beti bo’lmaydi.

«œPaxtakor» bilan «œBunyodkor»ni yutib bo’lmaydi,
Yutib bo’lsa ham jadvalda ulardan o’tib bo’lmaydi
(Yoki hakamlardan yaxshilik kutib bo’lmaydi)

Penaltini hushtaksiz tepib bo’lmaydi,
Bir darvozabon bilan darvozani butkul yopib bo’lmaydi.

Futbolchi shoshilmasa offsayd bo’lmaydi,
Offsayddan kiritilgan gol qayd bo’lmaydi.

O’yinda ikkita to’p bo’lmaydi,
Poytaxt stadionlarida odam ko’p bo’lmaydi.

O’yin tugamasa bitta golga quvonib bo’lmaydi,
Futbolchining pasportiga ishonib bo’lmaydi.

Oq ayig’i bo’lmasa u — Arktika bo’lmaydi,
Hujum unutilsa bu — taktika bo’lmaydi.

Muallif: Rustam Sulaymonov

Manba: «œStadion» gazetasi

Tilshunos qiz

Tilshunos qiz mendan qiziq savol so’rading,
Hayotimdan qo’shma gapga misol so’rading.
Ushbu savol qarshisida turib qoldim lol,
Lekin dilda kechdi shunday bir shirin xayol.

— Ey tilchi qiz, bog’lovchisiz bog’lading meni,
Sen qo’shma gap bo’lmoqlikka chog’lading meni.
Bizlar asli alohida sodda gaplarmiz,
Va, hozircha, ayrim-ayrim holda gaplarmiz.

Kel, ikkimiz qo’shma gapni birga tuzaylik,
Sodda gaplik o’ylaridan ko’ngul uzaylik.
Yo’q! Yo’q! Bevaqt kelgan o’ylar, chiqing esimdan,
Baxtim izlay, avvalambor ega-kesimdan.

Tilshunos qiz, mendan qiziq savol so’rading,
Hayotimdan qo’shma gapga misol so’rading.

(Iqbol Nazariy)

Hazil she’rlar