Hayz sikli buzilishi

Hayz sikli buzilishi

Hayz sikli buzilishi

Mundarija скрыть
Hayz sikli buzilishi
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Hayz funksiyasining buzilishi
Hayz funksiyasi ayollar salomatligining muhim mezonlaridan biri hisoblanadi. Noto‘g‘ri ovqatlanish, ko‘pgina yuqumli kasalliklar, jinsiy a’zolar rivojlanishidagi buzilishlar, jismoniy va ruhiy zo‘riqishlar hayz sikli buzilishiga olib kelishi mumkin.
5804758076263

Mundarija [Yopish]

  • Hayz sikli buzilishining quyidagi turlari farqlanadi:
  • Juda ko‘p ko‘riladigan hayz
  • Og‘riqli hayz
  • Hayz ko‘rmaslik
Hayz sikli buzilishining quyidagi turlari farqlanadi:
  • Anomeriya – 6 oydan ko‘p hayz ko‘rmaslik;
  • Kam ko‘riladigan hayz – bir yilda 1-2 martagacha;
  • Ko‘p ko‘riladigan hayz – orasi 21 kundan kamroq;
  • Juda ko‘p ko‘riladigan hayz – kuniga 3 ta bog‘lovdan ko‘p;
  • Qisqa hayz – bir necha soatdan bir kungacha;
  • Og‘riqli hayz.
Hayz funksiyasi buzilishining yuqoridagi turlari siklik buzilishlar toifasidan. Agar ayolda davriy qon ketmasdan, ba’zi-ba’zida turli darajada qon ketib tursa, bu hayz sikli buzilishiga aloqador emas, lekin bachadonda yuzaga kelgan boshqa jiddiy o‘zgarish tufayli qon ajrayotgan bo‘lishi mumkin.
Juda ko‘p ko‘riladigan hayz
Uzoq vaqt bo‘ladigan hayzda organizm juda ko‘p qon yo‘qotadi. Hayz taxminan 5 kun davom etib, birinchi uch kunida ko‘proq qon ketadi.  Odatdan tashqari ko‘p qon ketishga – bachadon shilliq qavati kasalliklari, bo‘yida bo‘lishdan saqlovchi spirallar sababchi bo‘lishi mumkin. Bu hayz buzilishining xavfli tomonlaridan biri kam qonlikning yuzaga kelishidir. Kam qonlik esa ayolning kelgusi faoliyatida salbiy ta’sir o‘tqazishi mumkin. Shu sababdan ham bunday holatlarda shifokor ginekolog qabulida bo‘lib, tegishli muolajalarni olishni tavsiya etamiz.
Og‘riqli hayz
Ko‘pgina ayollar hayz vaqtida og‘riqni va holsizlikni sezadilar. Odatda to‘lg‘oqsimon og‘riq qorinning pastki qismiga tarqaladi. Lekin og‘riqli hayz ayollarning ish faoliyatini u darajada buzmaydi va hayzdagi og‘riqlar ayol salomatligi buzilganidan dalolat bermaydi. Agar hayz vaqtida qorin pastidagi og‘riqlar qindan ajralib chiqayotgan chiqindilar bilan birga kelsa, bu bachadon naylari va o‘rab turgan to‘qimalarning yallig‘lanishidan dalolat beradi.
Ushbu maqolani ham o‘qing:  Jinsiy tarbiya (Saralangan savol-javob)
Hayz ko‘rmaslik
Hayz odatda 10-14 yoshda, ba’zida kechroq boshlanadi. Hayz kovrishning birinchi yilida hayz ko‘rish muntazam bo‘lmaydi, ba’zida bu  19-20 yoshgacha saqlanib qoladi. Muntazam sikl o‘rnatilgandan so‘ng hayz sikli 24 kundan 35 kungacha davom etadi. Sog‘lom ayollarda hayz ko‘rmaslik quyidagi hollarda kuzatiladi:
  • Homiladorlik vaqtida;
  • Bolani ko‘krak bilan emizishda;
  • Iqlimni o‘zgartirganda;
  • Juda ozib ketganda;
  • Qattiq jismoniy va ruhiy zo‘riqishda;
  • Bo‘yida bo‘lishdan saqlovchi tabletkalarni qabul qilishni to‘xtatgandan keyin gormonal qayta tuzilishda.

Hayz sikli buzilishi