Hayz ko‘rayotgan ayoldan mutloq chetlanish kerakmi? to’liq malumot oling
Hayz ko‘rayotgan ayoldan mutloq chetlanish kerakmi?
Mundarija
скрыть
— Ba’zi xalqlarda hayz ko‘rayotgan ayoldan mutloq chetlanish, ya’ni erkaklarning to‘shakni alohida qilishi, birga taom yemasligi kabilar kuzatilar ekan. Buning boisi nimada?
Darhaqiqat, shundayin holatlar ayrim yurtlarda uchrab turadi. Ammo bizning yurtlarda quyidagi nuqtai nazarlardan kelib chiqqan holda, erkaklar hayz ko‘rayotgan ayollariga aksincha, chuqurroq ahamiyat berib, xayrihoh bo‘lishlari talab etiladi:
“Hayz nopok narsadir” deya oyati karimalarda bejiz keltirilmagan. Ushbu davrda ayollardan nohushroq hid anqishi ham tabiiy hol.
Ayollarda ruhiy, tushkun kayfiyatga moyillik kuzatiladi. Bu paytda ularni yolg‘izlatish, to‘shakni alohida qilib yotish mardlarga xos bo‘lmagan illat.
Qon yo‘qotayotgan ayolda jismoniy zaiflanish ham kuzatiladi.
Hayz ko‘rayotgan qizlar (ayniqsa, o‘smir yoshdagilar) hissiyotlarga ancha tushkun bo‘ladilar. Shu bois, bu yoshda “buzilish”ga moyillik bo‘lishini oqila onalar anglashlari zarur va balog‘at yoshidagi qizlar tarbiyasiga alohida ahamiyat berishlari lozim.
Ammo bu paytda jinsiy munosabatda bo‘lish mutloq ta’qiqlangan.
Qisqa muddatli hayz
— Men bor yo‘g‘i bir kun hayz ko‘raman. Bu kasallik emasmi?
— Bizning mazhabimizda hayzning eng kam muddati uch kunligi, eng uzoq muddati esa o‘n kun ekanligi ta’kidlangan va shu fikr aksari ayollar uchun xosligi shubhasizdir. Ammo o‘ta kam bo‘lsa-da bir kungina hayz ko‘radigan yoki aksincha o‘n besh kungacha uzoq muddat oy ko‘radigan ayollarning uchrashi tibbiy nuqtai nazardan me’yoriy hol hisoblanadi. Aniqrog‘i, o‘rtacha uch-besh kunlik hayz ko‘ruvchi ayollar ko‘pchilikni tashkil etadi. Shuni unutmaslik lozimki, aksari ayollar o‘zlaridagi “odat” muddatini aniq – tiniq bilishadi. Agar shu muddat cho‘zilib ketsa, bu dard alomati bo‘lib, davo talab etadi. Ayrim erkaklar ayoldagi “odat” muddatidan oshib ketsa-yu, qon kelishi to‘xtamasa-da, o‘zlaricha “faqih”lik qilib jinsiy yaqinlik boshlanishiga monelik qilishmaydi. Bu esa tibbiy nuqtai nazardan o‘ta xatarlidir.
Hayz ko‘rgan ayol gigiyenasi
— Afsuski, ko‘plab ayollar hayz jarayoni tugagach, poklanish tadbiri – g‘usl qilish kerakligini anglab yetmaganlar. G‘usl qilmagan ayol tanasida eri uchun xastalik chaqiradigan xatarlar bormi?
— Hayz jarayoni tugagach, mukammal poklanish ya’ni xalqimiz ta’biricha g‘usl qilishning tibbiy va gigiyenik nuqtai-nazardan ahamiyati benazirdir.
Zero, g‘usl qilish quyidagi tahdidlar oldini oladi:
G‘usl qilayotgan ayol, mukammal tozalanish jarayonidagina, o‘zining qondan, nopokliklardan to‘la xalos bo‘lganligiga ishonchi komil bo‘ladi.
Ayoldagi hayzga xos noxush hid ham yo‘qolishiga imkon yaraladi va ayol eri uchun go‘yoki ziynatlangandek bo‘ladi.
Agar ayolda yallig‘lanish kasalliklari bo‘lmasa, g‘uslga qo‘shimcha tarzda qin ham chayilsa, (ya’ni sprinsovka qilinsa) er sihatiga daxl qiluvchi mikroblardan to‘laroq xalos bo‘lgan bo‘lar edi.
@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌎
Jinsiy tarbiya
Hayz ko‘rayotgan ayoldan mutloq chetlanish kerakmi?