HAYVONLAR SISTEMATIKASI

HAYVONLAR SISTEMATIKASI

HAYVONLAR SISTEMATIKASI — sistematikaikt bir boʻlimi. Hayvonlar sistematikasini ilk bor Aristotel (mil. av. 4-a.) ishlab chiqqan. U hayvonlarning 252 formasiga tavsif berib, ularni 2 ta katta guruh: qonlilar (hoz. umurtqalilar) va qonsizlar (hoz. umurtqasizlar)ga va 8 ta kichik guruhlarga ajratgan. Aristoteldan soʻng 2 ming yil davomida Hayvonlar sistematikasida deyarli hech qanday oʻzgarish boʻlmadi. Faqat ingliz biologi J. Rey (1693) sistematikaning asosiy birligi — tur tushunchasini fanga kiritadi.

Ensiklopediya.uz
HAYVONLAR SISTEMATIKASI