Hayvonlar haqida sara sherlar to‘plami
Barcha xonaki va yovvoyi hayvonlar haqida, kattalar va bolalar uchun eng sara sherlar to‘plami. Hayvonot bog’ida jayronni ko’rdim, Qanotdan ayrilib, qilar pardozlar, Kaklikning to’shi qon, tumshuqlari qon, Bir-bir barin sanab netarman, bas-da,
Mushuk bilan kuchuk, Ular bilan birga, Bir kuni shu uyda, Yuzlanib bedana, – Men aytsam noqulay, – Bizga kerak emas Xoll-xol ipak ko‘ylak Shunda uy egasi, Bizga seni asrash, Va-vaqlab bedana, Ezilib kuchukning, Xonqizi-ku ketdi, Uy egasin holi, Xonqizini chorlab, Eshitilmas edi, Shunda uy egasi, – Bu uyda hammaga, Hammaga ma’lumdir echkining fe’li, Goho nihollarni g‘ajiydi obdon, Bir kuni echkining g‘ayrati qo‘zib, Tog‘larga to‘shaldi qorayib oqshom, Qandoq chiqdi u yon, o‘zi ham bilmas, Endi madad so‘rab ma’ray boshladi, Tongda nazar soldi qoyaga cho‘pon, Cho‘pon ham chiqolmas bundoq qoyaga, Bir bora qaynaydi har holda qozon, Rahmat aytar daraxtlar, Avaylayman daraxtlarni, Navdasini g‘ajib ema, Bir kun echkim yashirincha, Rosa kuldi daraxtlar, Bahor kelib, Navroʻzni, Tantanani qirol Sher, Soʻng boshlandi bellashuv, Shoxdan-shoxlarga sakrab, Goʻzallik tanlovida, Oʻynab-kular jonzotlar, Hamma qoldi hayratda, Muxlislar olqishladi, Xullas, zoʻr boʻldi bayram, Suv ostida koʻp turmoq –
O‘rmonda bo‘lganmisiz? Men uning naslidanman, Farqim shu: men qo‘g‘irchoq, Men buzoqman, buzoqman, Iflos yerga yo‘latmang, Sigir bo‘lmayman unda, Jonzotlarga bilsangiz, Fillar «harbiylar» uchun Nazardan chetda qolmas, Xushyor chegarachidir, Maymunlar – kuchli juda, «Taʼminot»da sichqon-u, Yumronlar – «razvedkachi», Yovqur, tengsizdir ular, «Maslahatchi» Tulkini, Nomin aytsam birma-bir, Mardlar safiga qoʻshil, Dono, adolatli Sher, Jirafaga Mingoyoqqa Jirafaning bolasiga Mingoyoqning bolasiga G‘or ichida och-nahor, Paydo bo‘lgach ekranda, Tish qayrashib so‘ng ular, – Yurardim Bo‘riman dеb, Do‘st-u yor boqar zimdan, Holim yo‘q, rangim – somon, Bo’ri qay bir kun, So’lak oqizib, Ko’rsa bo’ri tush, Bo’pti xushchaqchaq. Bo’rilar shundan,
– Salom, bu – mеn, tulkiman, Yurmagayman lallayib, Yo‘ldagi bo‘g‘irsoqni, Nomimdir ayyor tulki, Bilaman, hayvon borki, Kun koʻrar, bunda sabab – Deyman, boʻl oʻzdan hazir, Yoʻlda koʻp tuzoq-qopqon Ortiga qaytmas chunki, Ahil bizning qavmimiz, Hayvonning har xil turqi, Yerga urib nomimni, Qirqta hiylam boʻlsa ham, Tipratikanga, Axir ko‘ylagim, Uyga tez borib, Changalzorda bir zamon, Yon qo‘shni-yu jon qo‘shni – Shoxdan-shoxga sakrashib, Shunday ahil edik biz – Beminnat po‘stin deya, Bilmadim ne xayolda, Asli azal do‘stlikka, Mushugimning mo‘ylovini Dadam ushbu qilmishimni, Boshqa bunday qilmaslikka, Men yaxshilik qilmoqchiydim, Oyi, qora mushukchaga, Shunda qora mushukchani, Hamma uni ko‘rgan oni,
Muncha chiroyli o‘zing, Yaqin borsam hurkasan, Bu yerlarda ovchi yo‘q, To‘dang bilan sen yayrab, Muncha chiroyli ko‘zing, manba: uzbaza.uzHayvonlar haqida sara sherlar to‘plami
DO`STLARGA ULASHING:
Hayvonlar haqida sara sherlar to‘plami
Hayvonlar haqida sherlar (Hayvonot bo‘gi)
Tutqunlikda dili vayronni ko’rdim.
Ko’rdim, quruq shoxda sayrar to’tilar,
Yig’lamsirab tovush qayrar to’tilar.
Osmonida endi ucholmas g’ozlar.
Burgutlarning boshi egilgan yerga,
Bulbullarning yoshi to’kilgan yerga.
Qumrilarning ma’yus ko’zlari — doston …
Bu dunyo aslida hayvonot bo’gi,
Mushtoq — zorlikka kon boshdan-oyog’i.
Neki go’zal bo’lsa, bari qafasda!Uy hayvonlari haqida sherlar
Va bir bedana,
Yashardilar kichik,
Uyda jamuljam.
Yashardi yana,
Egni-boshi xoll-xol,
Bir xonqizi ham.
Yashovchi kishi,
Xuddi qolmaganday,
Bironta ishi.
Hamda kuchukka,
Yuzlanib mo‘ylovdor,
Baroq mushukka:
Siz ayting, o‘zi,
Kerakmikin, – dedi, –
Bizga xonqizi?
Bashang xonqizi, –
Deya miyovladi,
G‘iybatchi mushuk, –
Kiyadi o‘zi,
Bizni o‘ylamaydi,
Hech vaqt bu shumshuk.
Oynakni ochib,
Dedi xonqiziga:
– Xayr, mitticham!
Emas-ku vojib,
Bizga xoll-xol ko‘ylak,
Tikmaysan sen ham.
Dedi: – Pitpildiq!
Shuyam ish bo‘ldimi?
Bu qanday qiliq?
Kattakon boshi,
Ko‘zlaridan oqdi,
Injuday yoshi.
Beshovqin, bejang.
Ammo bir yil o‘tgach,
Qurib polizi.
Yomon bo‘ldi tang:
Kul tushib, em bo‘ldi,
Karam va sabzi.
Uyning egasi,
Har yoqqa yugurdi,
Ming holga tushib.
Xonqizi sasi,
Qaylarga ketdiykin,
Bechora uchib.
Pichirlab sekin,
Hasrat qildi birdan,
Sodiq kuchukka:
Ishonish mumkin,
Ishonib bo‘lmaydi,
Faqat mushukka.Echki haqida sherlar
Qozonga tushguncha tinch tura olmas.
Doim egri bo‘lgay tanlagan yo‘li,
Hunar ko‘rsatmasa jim yura olmas.
Cho‘pon tayog‘iga teginar goho.
Suruvni jarlikka boshlar nogahon,
O’zi chetlab o‘tar xatarni ammo.
Baland bir qoyaning uchiga chiqdi.
Boqdi bulutlarga ko‘zini suzib,
Yuksaklik zavqini surdi, miriqdi.
Endi qaytib tushmoq kerak-ku axir.
Izg‘irin boshlandi, yo‘qoldi orom,
Na giyoh, na suv bor, qoya tap-taqir.
Qaytib tushmoqlikka topmadi chora.
Eng yuksak qoyaning ustida xullas,
Mung‘ayib bir o‘zi qoldi bechora.
Osmonu falakni ko‘tarib boshga.
Bizning tilda aytsak, ko‘zin yoshladi,
Omad boshqa dedi, falokat boshqa.
Echki haykal yanglig‘ qotgancha turar.
Yurakni ezgudek ma’raydi nolon,
O’ziga beto‘xtov himoya so‘rar.
U ham noilojdan boshin qashladi.
Fursatni ketkazmay deya zoega,
Qutqazish yo‘lini izlay boshladi.
Suruv ro‘yxatidan uni o‘chirdi,
Darhol o‘qladi-yu miltig‘in cho‘pon,
Echkini qoyadan urib tushirdi.
Abdulla OripovJazoladim echkimni
Qarsak chalar teraklar.
Ularning ham joni bor,
Ular bizga keraklar.
Shoxini sindirmayman.
Shirin jonini og‘ritib,
Ko‘zini tindirmayman.
Qaysar echki ket, bundan!,
Daraxtni xafa qilsang,
Rosa ko‘rasan mendan.
Boqqa kirganin sezdim.
Ushlab oldim ayamay,
Quloqlaridan cho‘zdim.
Qarsak chaldi teraklar.
Kutvoldi ahli oʻrmon.
Ishonmasang kelib koʻr,
Qizir tomosha chunon.
Ezgu soʻz bilan ochdi.
Shoir Bulbul sheʼr oʻqib,
Maʼno gavharin sochdi.
Qiziq musobaqalar.
Bayram «askiya»sini,
Avj oldirdi baqalar.
Akrobat boʻldi Qoplon.
Maymun esa eng baland,
Dorda oʻynadi chaqqon.
Tovusoyning tengi yoʻq.
Uzoqqa tez chopishda,
Kiyikvoy misoli oʻq.
Quvonch keksa-yoshida.
Toshbaqa ulkan Filni,
Koʻtaroldi toshida.
Tulki – mohir fokuschi.
Chaqqon harakat qilar,
Kenguru – zoʻr bokschi.
Kurashga toʻldi maydon.
Toʻqayning polvonlarin,
Yengdi Ayiq pahlavon…
Gʻoliblar endi tayin.
Oʻtsa hamki oʻn soat,
Tugamas bitta oʻyin.
Hozir shu bahs mahali.
Begemot bilan Timsoh,
Koʻlning tagida hali.Ayiq haqida sherlar
Ayiqni ko‘rganmisiz?
Ustida po‘stini bor,
Pisand emas unga qor.
Ayiqning aslidanman.
Otamdan qoldi po‘stin,
O‘sha po‘stin menga to‘n.
Bolalarga o‘yinchoq!Buzoq haqida sherlar
Shoxim chiqqan — suzoqman.
Lekin yumdalab tortmang,
U yon-bu yonga otmang.
O‘yinchoqman, qulatmang.
Buksangiz qayrilaman,
Oyoqdan ayrilaman.
Qaymoq bermayman kunda.
Mayli, o’ynang erta-kech,
Lekin ozor bermang hech!O‘rmondagi armiya (Jonzotlar haqida)
Oʻrmon – yagona Vatan.
Qoʻriqlashar tun-u kun,
Boʻlishar bir jon-u tan.
Zoʻr binolar quradi.
Lochin – «Havo hujumi»,
Hamlaga shay turadi.
Hech ne. Suvda-chi, dema.
«Hammasi nazoratda!»,
Nahang – «Suv osti kema».
Dovyurak Jayra degan.
Yovga nayza urishda,
Uchiga chiqqan «mergan».
Bari jasur va tanti.
Daraxtdan sakrar yerga,
Boʻlib «havo desanti».
Asalchi ari ham bor.
Olmaxon tashir yongʻoq,
Yemishga toʻlar «ombor».
Atrofni kuzatadi.
Qizilishton – «telegraf»,
«Signal»ni uzatadi.
Barchasi sara «jangchi».
Boʻrivoylar – «sanitar»,
Ayiqvoy – usta «tankchi».
Yengolmay yovlar garang.
«Harbiy xiyla»ga rosa,
Ekan ustasi farang…
Yana qancha «piyoda».
Asrar ona Vatanin,
Dilda mehr ziyoda.
Bir chekkada turma-da.
«Maydon»da – Yoʻlbars, Qoplon,
Timsohlar – «pistirma»da…
Bu qoʻshinga qoʻmondon.
Shu sababli yashnagay,
Zavol koʻrmasdan Oʻrmon!Ona bola jonivorlar
Dunyo kezib shahar, goh
Qishlog‘-u, cho‘l, tog‘daman.
Qulog‘ingga bir gapni
Aytolmasdan dog‘daman.
Butunlay xonavayron
Bo‘larman, endi bilsam:
Oyog‘ingga yetarli
Botinka sovg‘a qilsam.
Fe’ling juda ajoyib,
Hech kimga ranj eltmassan.
Qoqib qo‘yay yelkangga,
Bo‘ying o‘sib ketmasdan.
Bolalik zavqli paytdir,
Tinmay yugur, o‘ynay qol.
Zerikkanda oyog‘ing
Nechtaligin sanab ol.Bo‘ri haqida sherlar
Barmoqlarin so‘rishib,
O‘tirishar Bo‘rilar,
Televizor ko‘rishb.
O‘tlab yurgan qo‘y- qo‘zi,
Birdan hamma yirtqichning,
O‘ynab ketdi och ko‘zi.
Ur-yiqitni boshlashdi,
Televizor sho‘rlikni,
Paqqos g‘ajib tashlashdi.Bo‘rining dеgani
O‘rmonning zo‘riman, dеb.
Bugun esa ochman, hoy,
Madorim yo‘q butunlay.
Madad so‘rayman kimdan?
Xiralashgan ko‘zlarim,
Og‘riydi oyoqlarim.
Shu qishdan chiqsam omon,
Bosh olib kеtar edim,
Qishi yo‘q yurtlar tomon.Bo‘ri tush ko‘rsa
Chiqarmasdan un,
Boribdi ovga,
Kepti o’tovga.
Yotibdi pishib.
Charchab tolibdi,
Uxlab qolibdi.
Ko’ngil emish xush.
Yam-yashil o’tloq,
Talay qo’zichoq.
Uyg’onib, biroq,
Cho’pon bobodan –
Yeganmish tayoq.
Uxlamas tunda…Tulki haqida sherlar (Tulkining degani)
Sizga ayon kimligim.
Tan olaman, bor biroz
Ayyorligim, shumligim.
Iz qilmayman qishloqni.
Hatto qarg‘a og‘zidan
Ob qochganman pishloqni.
Tushirgayman paqqos man.
Tutqich bеrmay qochishda
Uddaburon raqqosman.Tulkining so‘zi
Mugʻombirligim shulki,
Asrash uchun jonimni,
Toʻq tutmayman qornimni.
Bir-biridan koʻp farqi.
Biri ojiz, biri zoʻr,
Biri toʻq, biri bazoʻr.
Yurmas holiga qarab.
Koʻrsa shudgorda quyruq,
Nafs berar unga buyruq.
Ammo gap qilmas taʼsir.
Oʻrmon, toʻqay sultoni,
Sherning uzundir qoʻli,
Aytsam gapning dangalin,
Boʻlolmas ammo tulki.
Tushgaydir – nafsi oʻpqon.
Mana olaylik boʻri,
Oʻlja deb qurir shoʻri.
Tingla, xoh qoʻling silki,
Boʻlmasang gar ehtiyot,
Silliq emasdir hayot.
Juda nozik taʼbimiz,
Qilmaymiz oʻzni koʻz-koʻz,
Hamda ortiqcha gap-soʻz.
Oʻziga xosdir xulqi.
Mendan olmayin ulgi,
Boʻlishar mudom kulgi.
Bulgʻamang siz shaʼnimni.
Chiranmasin hayvonlar,
Hech tulki boʻlolmaslar.
Kelavermas doim qoʻl.
Dushmanga koʻrinmaslik –
Yashash uchun qulay yoʻl.Tipratikan haqida sherlar (Oyim bilmasin)
Dedi G‘anisher:
-Buncha ignang ko‘p?
Birin menga ber.
Qoldi yirtilib.
O‘rikning shoxi,
Qolgandi ilib.
Olib kelay ip.
Oyimga aytmay,
Qo‘yaman tikib!Maymun haqida sherlar
Avji tiriklik fasli.
Bizlarga esh, birodar,
Bo‘lgan odamzod nasli.
G‘orlarda yashaganmiz.
Neki topsak, qizg‘anmay,
O‘rtada oshaganmiz.
Terganmiz banan, kokos.
So‘ng taqsimlab olganmiz,
Jonu jigarlarga xos.
Birgalikda qilib ov.
Yo‘lolmagan biz tomon,
Hatto qonxo‘r, yirtqich yov.
Mo‘yimizni asrardik.
Aqlning balosidan,
O‘yimizni asrardik.
Fikr qildi odamzod –
Quvib ilm ortidan,
Bo‘ldi bizga etti yot!
Shundan raxna tashlangan.
Ustara kashf etilgach,
Begonalik boshlangan.Mushuk haqida sherlar (Mushukning sartaroshi)
Qirqqan edim yashirib,
Buvim rosa koyidilar,
Bobom so‘kdi oshrib.
Ishdan kelib ko‘rdilar.
Etmaganday ular rosa,
Ta’zirimni berdilar.
Qayta-qayta so‘z berdim.
Sartaroshlik menga emas,
Mana sinab ham ko‘rdim.
Ishlar teskari oldi.
Yaxshilikka yomonlikmi?
Savolim ichda qoldi.Qora mushukcha
Popuk taqib qo‘yaylik.
Oyi, qora mushukchani,
Oppoq rangga bo‘yaylik.
Quvmas daydi bolalar.
“Falokatning belgisi” deb,
Atamaydi xolalar.
Deydi: “Buncha chiroylik!”.
Oyi, qora mushukchani,
Oppoq rangga bo‘yaylik.Ohu haqida sherlar (Ohujon)
Ohujon.
Qop-qora shahlo ko‘zing,
Ohujon.
Ohujon.
Sen nimadan qo‘rqasan,
Ohujon.
Yo‘q xatar.
Biz holingdan doimo,
Boxabar.
O‘tlayver.
Qir-u adrda sakrab,
O‘ynayver.
Ohujon.
Sahro suluvi o‘zing,
Ohujon.
Hayvonlar haqida sara sherlar to‘plami