HAYRAT UL-ABROR
«HAYRAT UL-ABROR» («Yaxshi kishilarning hayratlanishi») — Alisher Navoiy «Xamsa»sining birinchi dostoni (1483). Pand-nasihat ruhidagi taʼlimiy-axloqiy, falsafiy doston. 3988 baytdan iborat boʻlib, 64 bob, 29 maqolatdan tashkil topgan. Aruznint sareʼ bahrida yozilgan. Asar anʼanaviy muqaddima — hamd va naʼt bilan boshlanadi. Navoiyning dunyo haqidagi qarashlari mana shu muqaddimada oʻz aksini topgan. Uningcha, dunyoning boshi ham, oxiri ham, yaratuvchi ham, kuzatuvchi ham Allohdir: Avval oʻzung, mobayn oʻzung, Barchaga xoliq, boriga ayn oʻzung.
Ensiklopediya.uz
HAYRAT UL-ABROR