Hayr Pebble!!!
Bir necha kun avval aqlli soatlar ishlab chiqaruvchi kompaniya Fitbit o’zining raqibi bo’lgan Pebble’ni sotib olayotganligi haqida ma’lumotlar paydo bo’lgan edi. Kuni-kecha yangilik tasdiqlandi. Ushbu shartnomaning narxi 30-40 mln AQSH dollar atrofida bo’lar ekan. Bu haqida Pebble o’zining rasmiy blogida xabar qoldirdi:
Hurmatli Peblchilar,
Bizni jamoani va Pebble brendni qo’llab-quvvatlaganingiz va bizga sodiqligingiz uchun Sizlardan minnatdormiz. Birinchi loyihamizni Kickstarterda boshlayotganimizda Sizlar Bizga yordam bergan edingizlar. Sizlarning qo’llab-quvvatlashlaring natijasida Biz dunyo bo’ylab 2 milliondan ortiq qurilmalarni o’z egalariga yetkazib berdik.
Shunga qaramay, ba’zi sabablarga ko’ra, Pebble endi mustaqil yuridik shaxs sifatida o’z faoliyatini olib bora olmaydi. Biz oson bo’lmagan qaror qabul qildik, kompaniyamizni yopamiz. Endi Pebble qurilmalari boshqa ishlab chiqarilmaydi.
Pebble foydalanuvchilari nimalarni bilishlari kerak:
- Qurilmalar odatiy ravishda ishlashda davom etadi;
- Vaqt o’tishi bilan qurilmalarning funksiyalari va ularga ko’rsatiladigan xizmatlar kamaytirilishi mumkin;
- Kickstarterda oxirgi qilingan buyurtma bergan qatnashchilarga 2016-yil 16-dekabrga qadar ular to’lagan pullar qaytarilib beriladi
- pebble.com sayti orqali buyurtmalar qabul qilinmaydi;
- Pebble qurilmalari boshqa texnik xizmat ko’rsatilmaydi, ular ta’mirlanib berilmaydi;
- Sotib olingan soatlarni sotuvchining qaytarib olish siyosatiga ko’ra qaytarib berish mumkin.
Pebblening yangi ho’jayini uning bozordagi raqibi, Fitbit bo’ldi. Shartnoma 6-dekabr 2016-yilda imzolangan. Shartnomaga ko’ra Fitbitga nafaqat Pebble kompaniyasi balki, uning intellektual mulki, hamma aktivlari va brendi o’tadi.
Shartnoma imzolagandan so’ng Fitbit darhol Pebble soatlari boshqa ishlab chiqarilmasligini va ishchilarning 40% bo’shatilishini e’lon qildi.
Pebblening sotilishiga asosiy sabab sifatida aqlli soatlar bozorining o’sish tezligi pastligi ko’rsatilmoqda. Ko’plab analitiklar bu yo’nalishga aslidan ko’ra yuqoriroq baho berishgan. Bundan tashqari kompaniya muntazam ravishda mablag’ yetishmasligidan qiynalgan. Va unga doimiy ravishda investorlardan pul mablag’lari to’lab borilishi zarur bo’lgan.
Hayr Pebble!!!
Manba:
Yangiliklar
Hayr Pebble!!!