HAYITMETOV Abduqodir Hojimetovich

HAYITMETOV Abduqodir Hojimetovich

HAYITMETOV Abduqodir Hojimetovich (1926.27.5, Dangʻara tumani Qiyoliqum qishlogʻi — 2005.7.5, Toshkent) — adabiyotshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1978), Filol. Fanlari d-ri (1965), prof. (1970). Oʻrta Osiyo un-tining sharqshunoslik f-tini tugatgan (1949). Oʻzbekistan FA Til va adabiyot in-tida kichik (1953-57), katta ilmiy xodim (1957—67), direktorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari va boʻlim mudiri (1967—70; 1971—98), ilmiy maslahatchi (1998—2003), yetakchi ilmiy xodim (2003 ydan). Hayitmetovning adabiy-ilmiy faoliyati 50-y. larda hikoya va maqolalar yozish bilan boshlangan. Keyinchalik u faqati. t. ishlari bilan shugʻullangan va uning ilmiy faoliyati, asosan, buyuk oʻzbek shoiri Alisher Navoiy ijodini oʻrganishga bagʻishlangan. Hayitmetov «Alisher Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari» (1959), «Navoiy lirikasi» (1961), «Navoiyning ijodiy metodi» (1963), «Sharq adabiyotining ijodiy metodi tarixidan», «Navoiy dahosi» (1970), «Hayot-baxsh chashma» (1974), «Navoiyxonlik suhbatlari» (1993) kabi asarlari bilan navoiyshunoslik fanini yangi bos-qichga koʻtargan.

Ensiklopediya.uz
HAYITMETOV Abduqodir Hojimetovich