HAYDARKON SIMOB KONI

HAYDARKON SIMOB KONI

HAYDARKON SIMOB KONIQirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyatidagi kon. Olay togʻlarining shim. yon bagʻridagi Fargʻona simob-surma mintaqasining sharqiy qismida. Fargʻona viloyati Soʻx sh. dan 19 km shim.sharqda. Kon 1926-y. da topilgan. Geo-logik jihatdan Ishmetov togʻining markazida shakllangan antiklinal strukturaning gumbaz qismida joylashgan. Uning yadrosidagi ohaktoshlar avtoxton va alloxton qumtosh-slanesli qatlamlar bilan qoplangan. Rudalarning asosiy qismi ohaktoshlar va ularni qoplovchi slaneslarning chegara qismlarida rivojlangan metasoma-toz mahsuli boʻlgan kvars-karbonat tarkibli jasperoidlarda mujassamlashgan. Kondagi rudalar majmuali tarkibga ega boʻlib, asosan, simob-surma-flyuoritlardan iborat. Asosiy sanoat minerallari — kinovar, baʼ-zan antimonit, flyuorit, xalkopirit, markazit. Surma, simob, qoʻrgʻo-shin sulfatuzlari uchraydi. Ulardan tashqari realgar va auripigment ham bor. Noruda minerallardan kvars, kalsit, ankerit va b. mavjud. Konning jan. qismida (Jan. struktura) 1500—4000 m2 li muvofiq yotgan may-donlarda qalinligi 2—11 m li kino-varli qatlamsimon ruda tanalari tarqalgan. Konning shim. qismida (Shim. struktura) tik yotgan, kesishgan va qatlamsimon muvofiq yotuvchi ruda tanalari rivojlangan, rudalar mavjud.

Ensiklopediya.uz
HAYDARKON SIMOB KONI