HAVONING TURBULENTLIGI

HAVONING TURBULENTLIGI

HAVONING TURBULENTLIGI — atmosferatsagi havoning tartibsiz, girdob tarzida harakatlanishi. Turli tezlikda harakat qiluvchi havo qatlamlari orasidagi ichki ishqalanish tufayli vujudga keladi. Atmosferada namlik va issiqlikni vertikal hamda gorizontal boʻyicha tekis taqsimlaydi va maʼlum qatlamlarda atmosfera tarkibining bir xil boʻlishiga olib keladi. Havo qatlamining harakat tezligi oʻrtacha 4 m/sek boʻladi. Havoning turbulentligi erkin atmosferada (2—3 km) katta oʻlchamdagi siklon yoki antitsiklon vujudga kslgan vaqtlarda avj oladi. Bunda, asosan, havo va undagi suv bugʻi, har xil qattiq va suyuq zarrachalar hara-katlanadi. Havoning turbulentligi intensivligini qor uch-qunlarining tartibsiz harakatida, tru-balardan havoga koʻtarilayotgan tutunlarda, bulut turlarida, xususan yashin va doʻl hosil qiladigan qora bulutlarda hamda oʻqtin-oʻqtin esib turuvchi kuchli shamollarda kuzatish mumkin. Havoning turbulentligi hosil boʻlishida, asosan, dinamik va termik omillar muhim rol oʻynaydi.

Ensiklopediya.uz
HAVONING TURBULENTLIGI