Havoni tozalovchi gullar
Turli xil maishiy texnika, plastik mebellar, linoleum, panellar, bo‘yoqlar, kir yuvish kukunlari va yuvish vositalari kvartira va ofislardagi havoni benzol, fenol, formaldegid, karbonat angidrid gazi, azot oksidlari va ammiak bilan zaharlaydi. Bugun biz kvartira va ofislarda ekologik vaziyatni yaxshilashga yordam beruvchi xona gullari bilan tanishamiz. 1. Shefflera (Schéfflera yoki Soyabon daraxti) – chekuvchilar yashaydigan yoki ishlaydigan xonalarda o‘stirish mumkin. Bu o‘simlik tamaki tutuni tarkibidagi nikotin va smolani tez “yutib yuboradi”. 2. Tillarang ssindapsus (Epipremnum aureum yoki Potos) havoni benzoldan tozalaydi. O‘simlikning keng barglari bu moddani katta miqdorda ham “o‘zlashtira” oladi. Potos tez o‘sadi, uni ko‘p sug‘orish ham talab etilmaydi. 3. Dratsena (Dracaena) formaldegidni zararsizlantiradi. Bu o‘simlik oz miqdorda bo‘lsa ham laklar, yelim va mebeldan chiqadigan formaldegidni zararsizlantiradi. 4. Xlorofitum (Chlorophytum) – havoga chiqariladigan gazlarni yaxshi “o‘zlashtiradi”. Shuning uchun birinchi va ikkinchi qavatda istiqomat qiluvchilar uchun bu gul juda foydali. 5. Xamedoreya (Chamaedorea elegans yoki xonaki palma) havoni namlantiradi, plastmassadan chiqadigan moddalarni filtrlaydi. 6. Pechak (Hedera helix) – havoni tozalash bo‘yicha rekordchi o‘simlik hisoblanadi. U formaldegid, benzol, ammiak kabi zaharli moddalarni o‘ziga singdiradi. 7. Benjamin fikusi (Ficus benjamina) – havoni eng yaxshi tozalovchi o‘simliklardan ikkinchi o‘rinda turadi. Pechak singari ko‘pgina zaharli moddalarni o‘ziga singdiradi va changni oxanrabodek o‘ziga tortib oladi. Manba: turfaolam.comHavoni tozalovchi gullar
DO`STLARGA ULASHING:
Havoni tozalovchi gullar