HAVONI KONDITSIRLASH
HAVONI KONDITSIRLASH, havoni moʻtadillash — maxsus qurilmalar va vositalar yordamida xonalarda optimal t-ra. namlik va sof havoni taʼminlash. Insonning sogʻ-ligʻi va kayfiyati, sanʼat asarlari va ashyolari yaxshi saqlanishini taʼminlash, texnologik jarayonlar, jihoz va asboblarning ishini boshqarishda eng qulay sharoit yaratib berish uchun qoʻllanadi. Havoni konditsirlashda avtomatik boshqa-riladigan tizimlar mavjud. Har bir tizim quyidagilardan tashkil topa-di: datchik (uzatkich) buyuruvchi asbob, ijrochi mexanizm, aloqa vositasi. Datchik atrof muhitdagi oʻzgarishlarni qayd etadi va bu haqda buyuruvchi asbobga axborot uzatadi. Buyuruvchi asbob, oʻz navbatida, ijrochi mexanizmga impuls beradi. Ijrochi mexanizm berilgan impulsga muvofiq tegishli manbalar (suv, havo va b.) ni harakatga keltiradi.
Ensiklopediya.uz
HAVONI KONDITSIRLASH